2. Asosiy fondlarning yemirilishi va amartizatsiyasi. Asosiy fonlardan foydalanish ko‘rsatkichlari


Download 38.22 Kb.
bet1/10
Sana01.03.2023
Hajmi38.22 Kb.
#1238973
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
3-mavzu


Mavzu: Korxonaning asosiy fondlari (kapitali)
va ishlab chiqarish quvvati.


Reja:


1. Asosiy kapital-asosiy fondlar tarkibi, strukturasi, hisobga olinishi va baholash usullari..
2. Asosiy fondlarning yemirilishi va amartizatsiyasi.
3. Asosiy fonlardan foydalanish ko‘rsatkichlari.
4. Asosiy ishlab chiqarish fondlardan foydalanishni yaxshilash yo‘nalishlari.


1. Asosiy kapital-asosiy fondlar tarkibi, strukturasi, hisobga
olinishi va baholash usullari.

Mamlakatning qudrati, iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishi, jamiyat a’zolarining moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini to‘laroqqondirish shu mamlakat resurslari, ayniqsa, asosiy va aylanma fondlarining miqdori va sifati bilan belgilanadi. Mamlakat va uning sanoati, boshqa tarmoqlari, korxona (fir­ma)lari qanchachik ko‘p resurslarga ega bo‘lsa, u shunchalik qudratli va rivojlangan bo‘ladi. Agar u ana shu resurslardan to‘la-to‘kis, oqilona foydalana olsa, albatta, buyuk davlatga aylanadi.


Korxonada ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun ishlab chiqarish vositalari kerak bo‘ladi. Ishlab chiqarish vositalari jamiyatning muhim ishlab chiqaruvchi kuchi hisoblanadi. Korxonaning mehnat jamoasi mehnat qurollari vositasi bilan tabiatga va boshqa predmetlarga ta’sir ko‘rsatadi, tabiat ne’matlarini o‘z iste’moliga moslashtiradi. Qurollangan inson mehnati va inson mehnati qaratilgan mashinalar, asbob-uskunalar hamda mehnat predmetlarni kapital deb yuritiladi. Har bir korxona o‘zida ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun jamg‘arilgan kapitalga ega bo‘lishi lozim, agar korxonada bu narsalar bo‘lmasa, u holda birorta tovarni ishlab chiqarish haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas.
Korxonaning resurslari - bu moddiy boyliklarni ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan omillardir. Iqtisodiy resurslar deganda barcha tabiiy, inson va inson mehnati bilan yaratilgan resurslarni tushuniladi. Iqtisodiy resurslar tovar va xizmatlar ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Iqtisodiy resurslar ikki guruhga bo‘linadi:
1) moddiy resurslar – yer, kapital va xom-ashyo resurslari kiradi;
2) mehnat resurslari – ishchi kuchi va tadbirkorlik kiradi.
Yer resurslari tarkibiga barcha turdagi yerlar, foydali qazilmalar, o‘rmonlar, daryo, ko‘l va dengizlarning suvlari kiradi.
Kapital va investitsion resurslar tarkibiga barcha ishlab chiqarish vositalari kiradi. Ishlab chiqarish vositalarining eskirish qismini jamg‘arilishi investitsiyalash deb ataladi.
Tadbirkorlik – bu inson faoliyatining ishlab chiqarish vositalardan samarali foydalanishga qaratilgan yo‘nalishdir. Tadbirkorlik ishni tashkil qilishda (smenali yoki uzuluksiz), ishlab chiqarishni (nimani, qachon va kim uchun) va ishchi xodimlarni boshqarishda (demokratik, ma’muriy, diktatik), resurslardan tejamli foydalanishda (chiqitsiz texnologiyani qo‘llash), vaqtdan samarali foydalanishda (zarur mahsulotni vaqtida yetkazish) va boshqa yo‘nalishlarda amalga oshirilishi mumkin.
Korxonadagi resurslar doimo, chegaralangan, ular yetishmaydi. Korxonalarda resurslar sotiladi va sotib olinadi. Mehnat resurslari mehnat bozoridan, ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqarish vositalari bozoridan xarid qilinadi.
Sanoat ishlab chiqarishi faoliyatida asosiy fondlarning alohida o‘rni bor. Chunki ularsiz birorta ishni bajarish, xiz­mat ko‘rsatish va mahsulot ishlab chiqarish mumkin emas.
Ma’lumki, harqanday ishlab chiqarish jarayonida mehnat buyumlari, mehnat qurollari (mehnatvositalari) va in­son mehnati ishtirok yetadi. Mehnatbuyumlarigaxomashyo, aso­siyvayordamchimateriallar, yarim tayyor mahsulotlar, yoqilg‘i, elektrquvvati, ta’mirlashuchunehtiyotqismlarva h.k.lar, mehnat vositalariga esa, mashina va mexanizmlar, asbob-uskunalar, yuk tashuvchi va uzatuvchi vositalar, kompyuter va labora­toriya anjomlari, bino va inshootlar kiradi.

Download 38.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling