2. Asosiy fondlarning yemirilishi va amartizatsiyasi. Asosiy fonlardan foydalanish ko‘rsatkichlari


Asosiy vositalar eskiradi, eskirishning ikki turi mavjud


Download 38.22 Kb.
bet5/10
Sana01.03.2023
Hajmi38.22 Kb.
#1238973
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
3-mavzu

Asosiy vositalar eskiradi, eskirishning ikki turi mavjud:
Jismoniy eskirish – asosiy fonlarning ishlab chiqarish jarayonida foydalanilishi va tabiiy eskirishi natijasida birlamchi hislatlarini yo’qotishidir. Jismoniy eskirish bir xilda yuz bermaydi va ko‘p jihatdan iqlim sharoiti, foydalanish qoidalariga rioya etilishi, uni ishlatadigan xodimning malakasiga bog‘liq bo‘ladi.
Ma’naviy eskirish – asosiy fondlarning qadrsizlanishiyoki texnik jihatdan muddatidan avval ish qobiliyatini yo’qotishidir. U ikki shaklda yuz beradi:
a) asosiy fondlar ishlab chiqarish qiymatining pasayishi natijasida qadrsizlanishi;
b) FTT natijasida yanada samaraliroq fondlarning paydo bo‘lishi.
Asosiy vositalarning eskirgan qismini amortizatsiya deyiladi va ishlab chiqargan mahsulotning tannarxiga qo‘shiladi. Asosiy vositaning amortizatsiyasini hisoblashning ikki usuli bor:
1) tayyor tasdiqlangan meyor, ya’ni meyoriy;
2) matematik usulda hisoblangan.
Intensiv foydalaniladigan asosiy vositalar bo‘yicha tezlashtirilgan amortizatsiya ajratmalari hisoblanadi. Masalan, uch smenada ishlaydigan, asosiy vositalar boyicha.


3. Asosiy fonlardan foydalanish ko‘rsatkichlari.

Asosiy ishlab chiqarish fondlari hajmi va ulardan foydalanish darajasi korxonaning ishlab chiqarish quvvati kattaligini belgilaydi. U ishlab chiqarish dasturini asoslashda katta rol oynaydi hamda korxonaning belgilangan nomenklatura va sifatli mahsulot ishlab chiqarish boyichapotensial imkoniyatlarini tavsiflaydi.


Bundan kelib chiqadiki, ishlab chiqarish quvvati – bu, ma’lum bir vaqt davomida ilg‘or texnologiyalardan foydalanish, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilishning ilg‘or sharoitlarida ishlab chiqarish mumkin bo‘lgan mahsulotlarning maksimal darajasidir. U qoidaga ko‘ra, ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmining natural ko‘rinishda, ushbu korxonaning ixtisoslashganligi va mahsulotning alohida turlari o‘rtasidagi o‘zaro nisbatiga ko‘ra aniqlanadi.
Korxonaning ishlab chiqarish quvvati ilg‘or (asosiy) sexlar quvvati bilan, sexlar quvvati bosh uchastkalar quvvati bilan, uchastkalar quvvati esa bosh uskunalar quvvatiga asosan aniqlanadi. Korxona ishlab chiqarish quvvati kattaligini belgilab beruvchi ko‘rsatkichlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • uskunalar tarkibi va turlar boyicha soni;

  • uskuna, agregat va dastgohlardan foydalanishning texnik-iqtisodiy norma (normativ) lari;

  • uskunalarning ishlash vaqti fondi;

  • ishchilar soni;

- ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi va assortimenti (turlari va xilma-xilligi).
Korxona ishlab chiqarish quvvatining quyidagi turlari mavjud:

  • boshlang‘ich (yilboshida);

  • yakuniy (yiloxirida);

  • o‘rtacha;

  • loyiha.

Loyiha quvvati qurilish loyihasida ko‘zda tutilgan bo‘ladi. Qayta tiklash, kengaytirish va texnik qurollantirish davomida loyiha quvvati kattalashtirilishi mumkin. Shu sababli amaliyotda loyiha quvvati ko‘pincha korxonaning amaldagi quvvati bilan solishtiriladi. Korxonaning amaldagi quvvati korxona ishlab chiqarish dasturini tayyorlash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Korxona ishlab chiqarish quvvatini aniqlashda zahiradagi uskunalardan tashqari, barcha o‘rnatilgan uskunalar hisobga olinadi. Ba’zi bir tsexlarda (yig‘uv, quyuv va boshq.) ishlab chiqarish quvvati ishlab chiqarish maydoniga asosan hisoblanadi.
Ishlab chiqarish quvvatini aniqlashda mahsulot birligiga sarflanuvchi vaqt meyori yoki har bir uskunaning unumdorlik meyorlari muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ular ilg‘or hamda progressiv bo‘lishi talab qilinadi.
Korxona bosh bo‘g‘inining (asosiy sexining) ishlab chiqarish quvvati quyidagi formula asosida hisoblanadi:



Download 38.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling