2-mavzu. Sharq va G‘arb falsafasining vujudga kelishi, rivojlanish tarixi. (2-soat)


Download 99.32 Kb.
bet19/28
Sana03.04.2023
Hajmi99.32 Kb.
#1322350
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   28
Bog'liq
2-мавзу семинар

Rene Dekart.Agar F.Bekon YAngi zamonning xususiyati sifatida tabiatni o‘rganishining tajribaga asoslangan tajribaviy usulini ishlab chiqishni boshlab berganligi bilan, Gobbs esa tajribaga asoslanganlikni chuqurlashtirganligi bilan belgilab bergan bo‘lsa, fransuz olimi va faylasufi Rene Dekart (1596-1650) aksincha, tajribaga aql bergan ma’lumotlarning oddiy amaliy tekshirish o‘rnini ajratib, afzallikni aqlga qaratdi.
YAngi zamon ratsionalizmining asoschisi bo‘lgan Dekart barcha fanlar uchun umumiy bo‘lgan usulni ishlab chiqish vazifasini qo‘ydiki, u ko‘p hollarda bilimlar natijasini belgilab beruvchi inson aqlida borligi taxmin qilingan «tug‘ma g‘oyalar» yoki aksiomalar deb atalgan narsalarni taqozo etar edi. Dekart fikricha, yulduz va sayyoralarning tizimlari moddaning quyunsimon harakati natijasida tashkil topadilar. Dunyoviy modda cheksiz, bir xil bo‘lib, bo‘shliqqa ega emas va cheksiz ravishda bo‘linishi mumkin.
Dekart moddiy javhar bilan bir qatorda (uning tomonidan uzunlik sifatida tushuniladigan) Xudoning va uning tomonidan yaratilgan ruhiy, fikrlovchi javhar jonning mavjudiligini tan olishga majbur bo‘ldi. SHunday qilib, Dekart falsafasining alohida xususiyati dualizm edi.
Dekart ratsionalizmi juda ko‘plab o‘z davomchilariga ega bo‘ldiki, ular ichida eng yirigi Niderland faylasufi Benedikt Spinoza (1632-1667) edi. Alohida olingan maxsus javhar (substansiya) sifatidagi fikr haqidagi tasavvurni rad etib, Spinoza Xudoni yagona cheksiz javharga qo‘shdi, ya’ni g‘oyaviylik va moddiylikni birlashtirdi. Ushbu javhar o‘z o‘zining sababi bo‘lib, hech qanday boshqa sabablarga muhtoj emas. SHaxs sifatida mutlaq mahrum bo‘lgan Spinoza talqinidagi Xudo tabiatga ayniyatdadir. YAgona javhar bo‘lgan Xudo -tabiat ikki sifatga - uzunlik (masofa) va ongga ega. Garchi turli darajada bo‘lsa ham, fikrlash qoibiliyati eng oddiy ashyolardan tortib inson miyasigacha tarqalgandinr. Fikr Spinoza tomonidan tabiatni o‘z-o‘zini idrok etishi sifatida talqin qilinadi. Bundan muhim xulosa kelib chiqadi: g‘oyalarning tartib va aloqasi, ashyolarning tartib va aloqasi kabidir.
Leybnits (1646-1716) falsafiy tizimining o‘zagi yagonalik haqidagi ta’limot - monadologiyadir. Dunyo monadalardan yoki ruhiy unsurlarning zarrachalaridan tashkil topgandir. Monadalar faollikga ega bo‘lib, mustaqildirlar, ular uzluksiz ravishda o‘zgarishda bo‘lib, azob-uqubat chekishga, idrok etishga va ongga qodirdirlar. Monadalarning birligi va bir-biriga muvofiqligi Xudo tomonidan «tayin etilgan uyg‘unlik» natijasidir. Rivojlanish darajalariga qarab Leybnits uch xil monadalarni farqlaydi. Kuyi darajadagi monadalarga faqat noaniq tasavvurlar xosdir (jonli bo‘lmagan va o‘simliklar dunyosi ana shunday holatdadir). YUqori darajadagi monadalar his-tuyg‘uga ega bo‘lib, ularga tayangan holda oydinroq tasavvurlar sohibidirlar (hayvonlar va inson). Ushbu ikki monadani Leybnits jon monadalari sifatida ifodalaydi. Monadalar o‘zlarining eng yuqori rivojlanish bosqichlarida appersepsiyalarga (ongga ega bo‘lish) qodir bo‘ladilar. Leybnits ularni monada-ruhlar sifatida ifodalaydi. Monadalarning har birida rivojlanish imkoniyati mavjuddir. Har bir monada o‘zida o‘z kelajagini ham, o‘zining o‘tmishini ham olib yuradi.
Djordj Berkli (1658-1753) sub’ektiv idealizmning yirik vakillaridan biri edi. Berkliga Lokkning birlamachi va ikkilamchi sifatlar haqidagi g‘oyalari ta’sir o‘tkazgan edi. Ammo Berkli, Lokkdan farqli o‘larok, barcha sifatlarni ikkilamchi (ya’ni sub’ektiv) hisoblaydi. Og‘irlik va barcha makoniy xususiyatlar va aloqalar bizning hissiy a’zolarimizning qobiliyatlari bilan ifoda qilinadilar. Berklining dalilicha, biror ashyoning o‘zi bizga katta ham ko‘rinishi (undan kam masofadagi uzoqlikda) va kichik ham bo‘lib tuyilishi (undan katta masofadagi uzoqlikda) mumkin. Bundan shu narsa kelib chiqadiki, katta-kichiklik va uzoqlashganlik turli his - tuyg‘u a’zolari vositasida hosil bo‘lgan his - tuyg‘uga tayanuvchi induktiv xulosa asosida paydo bo‘ladi. Berkli nazaricha, mavjud bo‘lishlik» - «idrok qilishda» demakdir. Ashyolarning ob’ektiv mavjudligini va tashqi dunyo hodisalarini, va demakki, «modda» tushunchasini Berkli rad etadi. Bu tushuncha umumiy bo‘lganligidan qalbakidir, negaki uning asosida shunday taxmin yotadiki, go‘yo biz, bizning his - tuyg‘ularimiz mazmunini tashkil qiluvchi ashyolarning ayrim xususiyatlaridan chetga chiqishimiz mumkin va «umuman modda» asosi bo‘lgan bizning barcha his - tuyg‘ularimiz uchun umumiy bo‘lgan abstrakt g‘oya tashkil topishi mumkin.
Ingliz faylasufi, ruxshunosi, tarixchisi va iqtisodchisi David YUm (1711-1776) Berklining zamondoshi edi. Tashqi dunyo mavjudmi, degan savolga, YUm ikkilanibroq «bilmayman» deb javob berar edi. Axir bizning aqlimiz, ular keltirib chiqargan narsalar bilan emas, balki bizning his - tuyg‘ularimizning mazmuni bilangina ish yuritadi. YUmning nuqtai nazaricha, to‘g‘ri bilim faqat mantiqiy bo‘lishi mumkin, ammo o‘rganilayotgan mavzular dalillarga tayanganligi tufayli va mantiqiy isbot qilish mumkin bo‘lmaganligi sababli tajribadan keltirib chiqariladi. Tajribani o‘zini YUm «taassurotlar» oqimi sifatida ifodalab, uning sabablari ma’lum emasligi va bilib bo‘lmasligini qayd etadi. Tajribani mantiqiy asoslab bo‘lmasligi omili shuning dalilidirki, tajribaviy bilim ishonchli bo‘la olmaydi. Masalan, tajribada biz biror voqea haqida avval bir taassurotga, keyin esa boshqasiga ega bo‘lamiz. Ammo ikki hodisaning birin-ketin kelishini mantiqiy jihatdan isbot qilib bo‘lmaydi, negaki, birinchi hodisa ikkinchining sababi bo‘lishi mumkin, ikkinchi esa - birinchining oqibati bo‘la oladi.
XVIII asrda Fransiyada falsafiy taraqqiyot Ma’rifatchilik panohida amalga oshirildi. Barcha ijodiy fikrlovchi fransuz faylasuflari amalda ma’rifatparvarlar edilar. Ularning mashhur vakillari orasida Volter, Russo, Didro, Lametri, Gelvetsiy va Golbax bor edi. Fransiyada ma’rifatparvarlarga e’tiroz bildiruvchi sifatida ilohiyotchilar chiqdilar. Ma’rifatparvar-faylasuflar o‘z qarashlarida mexanistik shakldagi moddiyuncha dunyoqarashni targ‘ib qildilar, garchi ularning ba’zilarining asarlarida, masalan, Didroning organizmlar taraqqiyoti haqidagi qarashlarida dialektik unsurlar ham mavjud edi. Didro nuqtai nazaricha, tabiat (materiya) barcha narsalarning sababi bo‘lib, o‘z o‘zicha yashaydi, abadiy mavjud bo‘ladi, negaki, u o‘zining sababidir. Ayrim olingan kishiga nisbatan modda shunday narsadirki, his - tuyg‘u a’zolariga qandaydir tarzda ta’sir o‘tkazadi; moddiy jismlar esa atomlardan tashkil topgandir. Ma’rifatparvarlar o‘zlarining birinchi navbatdagi vazifalaridan biri sifatida davlat hokimiyatini dunyoviylashtirish, ya’ni cherkovni davlatdan ajratishni maqsad qilib qo‘ygan edilar..

Download 99.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling