2-mavzu. Sharq xalqlari madaniyati va etnologiyasi Reja


William J. Duiker, Jackson J. Spielvogel .The Essential World History,Volume I: To 1800


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana08.11.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1754944
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2-mavzu ma\'ruza

William J. Duiker, Jackson J. Spielvogel .The Essential World History,Volume I: To 1800: Boston, 2007. Р. 8.
6
Қаранг: 
William J. Duiker, Jackson J. Spielvogel .The Essential World History,Volume I: To 1800: Boston, 2007. Р. 22.


Yuqorida qayd qilinganidek, Mesopotamiyada ko‘p xudolik mavjud bo‘lib, oy xudosini 
shumerliklar – Nishar, akkadliklar esa Sin deb ata-ganlar. Quyosh xudosini shumerliklar – Utu, 
akkadliklar esa Shamash deb nomlaganlar. Venera sayyorasi xudosini shumerlar – Ianni, akkadliklar o‘z 
ma’budasi Ishtar bilan taqqoslaganlar. Dastlab qurbonlikka odamlar so‘yil-gan, keyinchalik qo‘y va 
qo‘zilar qurbon qilingan. 
Xulosa qilib aytganda, bu o‘lkada tabIIy iqlimning qulayligi, yeros-ti boyliklarining 
mavjudligi, geostrategik joylashuvning mosligi – bular boshqa o‘lkalarga nisbatan ertaroq sun’iy 
sug‘orishga asoslangan deh-qonchilik, hunarmandchilik va savdoning vujudga kelishiga hamda ri-
vojlanishiga sabab bo‘lgan. Moddiy madaniyatning rivojlanishi esa ma’-naviy madaniyat 
rivojlanishiga olib keldi. Ilk davlatlarning vujudga ke-lishi bilan esa madaniy taraqqiyot darajasi 
yanada tezlashdi. Natijada Mesopotamiya ilk sivilizatsiya beshiklaridan biriga aylandi. 
Hindiston haqli ravishda qadimgi Sharqning yuksak madaniyatli mam-lakatlaridan biridir. 
Hindiston yarim oroli qadimdan tabIIy rang-baranglik, boy o‘simlik, hayvonot va qimmatbaho yerosti 
boyliklariga ega bo‘lgan. Yarimorolda sersuv Hind va Gang kabi daryolar mavjud. 
Mil. avv. V mingyillikning oxiri IV mingyillikdan boshlab Hind daryosi vodiysida sun’iy 
sug‘orishga asoslangan dehqonchilik vujudga kelgan. IV mingyillik o‘rtalariga kelib bu joyda 
o‘ziga xos eng qadimgi hind madaniyati vujudga kelgan. Dehqonchilik, hunarmandchilik, chor-
vachilik, savdo-sotiqning rivojlanishi natijasida qishloq va shaharlar paydo bo‘lgan. Nihoyat, Hind 
daryosi va uning Panjob viloyatida qadimgi dav-latlar yuzaga keladi. Bu davlatlarning Mohinjo-
Daro, Xarappa kabi katta shaharlari bo‘lgan. Mohinjo-Daro hozirda Pokiston hududida joylashgan 
bo‘lib, shaharning maydoni 270 gektardan iborat. Bu yerdan arxeologlar ko‘chalar, pishiq va xom 
g‘ishtdan qurilgan turarjoylar, saroylar, om-borxonalar, ibodatxonalar va podsho qarorgohining 
qoldiqlarini topish-gan. Shaharda pishiq g‘ishtdan qurilgan suv tarmog‘i va kanalizatsiya ham 
bo‘lgan. Badavlat kishilarning uylari, shuningdek, ibodatxonalar 2-3 qavatli qilib pishiq g‘ishtdan 
4,5 ming yil avval qurilgan
7

Xarappa shahridan arxeologlar 500 ga yaqin yodgorliklar topishgan. Shahar qurilishi Mohinjo-
Daro bilan deyarli bir xil. Shaharda me’morchilik, to‘qimachilik, kulolchilik, toshtaroshlik, zargarlik, 
qurolsozlik ancha rivoj topgan. Xarappaliklar o‘zlarining ieroglif yozuvlariga ham ega bo‘lgan. Ikkala 
shaharda ham yirik g‘alla omborlari topilgan bo‘lib, bu davlatni markazlashganlik darajasini ko‘rsatadi. 
Hindlar dunyoda birinchi bo‘lib paxtadan mato to‘qib, kiyimlar tikkanlar, chunki shahardan kiyim tikish, 
qurolsozlik ustaxona qoldiqlarni topilgan. Xarappa suv yo‘li va quruqlik orqali shumerlar bilan savdo 
aloqalari olib borgan ilk quldorlik davlati edi. 
Mil. avv. II mingyillik o‘rtalaridan boshlab Eron va Turon orqali Hindistonga 
ko‘chmanchi, chorvador oriy qabilalari bostirib kiradi. Ular Gang va Panjob daryo vohalarining 
unumdor yerlariga kelib o‘rnash-ganlar va keyinchalik mahalliy xalq bilan aralashib ketganlar. 
Oriylar bi-lan mahalliy xalq o‘rtasidagi qonli janglar hindlarning xalq og‘zaki ijo-diyoti 
namunalari bo‘lgan «Mahabxarat» va «Ramayana» dostonlarida ham aks ettirilgan. 
Hindlar o‘zlarining qadimiy yozuvlariga ega bo‘lganlar. Ularda astro-nomiya va matematika 
ham ancha rivoj topgan. Hindlar quyosh va suv soat-laridan foydalanganlar, o‘zlarining taqvimlarini 
tuzganlar. Xalq og‘zaki ijodining yuksak namunasi – Vedalar, gimnlar, qo‘shiqlar, afsunkor va 
diniy duolardan iborat to‘plam tuzilgan. Vedalarda hayot va o‘lim masa-lalari bo‘yicha fikr 
yuritiladi. Bu ta’limotga ko‘ra jon doimo bo‘ladi va u kishi vafotidan keyin boshqa tanaga o‘tadi. 
Hindlarning Veda ta’limoti inson mutlaq jon bilan qo‘shilishi, o‘z jonini boshqara olmasligi, bu 
7
Қаранг: 

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling