2-mavzu. Sharq xalqlari madaniyati va etnologiyasi Reja
William J. Duiker, Jackson J. Spielvogel .The Essential World History,Volume I: To 1800
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
2-mavzu ma\'ruza
William J. Duiker, Jackson J. Spielvogel .The Essential World History,Volume I: To 1800: Boston, 2007. Р. 31.
sohasida o‘zining nozik did, ulug‘vorlik va insonparvarlikni tarannum etuvchi, kishini hayratga soluvchi asarlarni yarat-ganlar. Bularga xudo Vishna (Krishna) va Shiva timsolidagi haykallarni nis-bat berish mumkin. Hind madaniyati O‘rta Osiyo, Xitoy singari qo‘shni mamlakatlar xalqlari ma’naviy hayotiga ham ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatgan. Shunday qilib, qadimgi Hindiston madaniyati jahon sivilizatsiyasi-ning qadimgi beshiklaridan biri sifatida shuhrat topib, u jahon madani-yati rivojiga o‘z samarali ta’sirini ko‘rsata olgan. Xitoy Markaziy va Sharqiy Osiyodagi eng qadimgi davlat. Tabiati kes-kin o‘zgaruvchan va mo‘tadil. Markaziy Xitoy tog‘laridan boshlanib Tinch okeani havzalariga quyiladigan Xuanxe (Sariq daryo) va Yantszi daryolari Sharqiy Xitoy pasttekisligi orqali oqib o‘tadi. Yog‘ingarchilik vaqtlarida Xuanxe daryosi toshib, ko‘plab tashvishlar keltirganligi uchun unga xitoy-liklar «Tentak daryo», «Xitoyning sho‘ri», «Ming xil kulfat keltiruvchi dar-yo» deb nom berishgan. Shu daryolarning bo‘ylaridagi yerlar unumdor bo‘-lib, ilk dehqonchilik vujudga kelgan. Bu o‘lka qadimdan o‘simliklar va hay-vonot olamiga boy, yerosti qazilma boyliklari ham mashhur bo‘lgan. Xitoy sivilizatsiyasi mil.avv. 3-mingyillik oxirida shakllandi. Xitoy tarixini birinchi bo‘lib, tarixchi Sima Szyan 30 bobdan iborat «Tarixiy xotiralar» asarida yoritilgan sulolaviy davrlarga bo‘lgan. Qadimgi Xitoy-da ko‘hna Mesopotamiya va Misr singari qadimiy o‘ziga xos madaniyat yaratilgan. Xitoyliklar Shan sulolasi davrida (mil.avv. 2-minginchi yil o‘rtalarida) o‘z yozuvini yaratganlar. Bu yozuv bir necha o‘n ming belgi-ierogliflardan iborat. Milodning I asrigacha bu ierogliflar hozirgi yozuv ko‘rinishiga ega bo‘ldi 9 . Qadimgi Xitoy yozuvi asosida keyinchalik Koreya, Vetnam va Ya-pon yozuvlari paydo bo‘ldi. Chjou davrida Xitoyda metall tangalarni (dunyoda birinchi marta) muo-malaga chiqarildi. Dengizlarda suzish uchun kompas ixtiro qilingan (uning strelkasi Shimolni emas, Janubni ko‘rsatgan). Dunyoda birinchi bo‘lib, Xitoyda porox ixtiro qilingan bo‘lib, undan bayramlardagi mushakbozlikda foydalanilgan. Artilleriya, miltiq, arbalet-miltiqlar ham dastlab Xitoyda yaratilgan. Mil. avv. I asr oxiri va yangi asr arafasida xitoyliklar latta, po‘stloq va bambuk aralashmasidan qog‘oz tayyorlaganlar. Qog‘oz yog‘och, bambuk va shoyiga qaraganda arzon bo‘lib, u yozish va saqlash uchun qulay hisob-langan. Qog‘ozning ixtiro qilinishi maorif, fan, madaniyatning rivojlanishi va davlat ishlarida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Buyuk Xitoy devori qurilishi mil. avv. IV asrda boshlanib, bir necha asrlar davomida shimoldagi Xunn qabilalarining hujumlaridan saqlanish va savdo-sotiq ishlarini ko‘zlab qurilgan. Devor Leodun qo‘ltig‘i qirg‘og‘idagi Shayxayguan shahridan boshlanib, g‘arbda Dunxuan qal’asigacha davom etgan. Devorning umumiy uzunligi 5.000-6.000 km, uning balandligi joyi-ga qarab 6-10 metr, qalinligi 5,5-7 metr bo‘lib, soqchilar uchun har 100-200 metrda mustahkam baland burj va minoralar qurilgan. Xitoy ajoyibotlaridan yana biri, bu ipakning kashf etilishi va Buyuk ipak yo‘liga asos solinishidir. Imperator rafiqasi Si-Lingchi tomonidan mil. avv. 2600-yili ipakning kashf etilishi va mil. avv. 128- yili Xitoy sayyohi-dip-lomati Chjan-Szyan tomonidan Buyuk ipak yo‘liga asos solinishi katta tarixiy o‘zgarish bo‘lgan. Buyuk ipak yo‘li birgina savdo-sotiq bilan cheklanibgina qolmay u ayni paytda diplomatiya, diniy va ma’naviy qadriyatlarni tarqalish yo‘li ham edi. U Sharq va G‘arb sivilizatsiyasini bog‘lovchi yo‘l bo‘lib, unda Mar-kaziy Osiyo xalqlari vositachilik rolini o‘ynaganlar. 9 Қаранг: Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling