2-Mavzu: Shaxs va shaxs psixik taraqqiyoti Mavzu rejasi


Download 482.85 Kb.
bet26/37
Sana06.01.2023
Hajmi482.85 Kb.
#1080691
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   37
Bog'liq
2-Mavzu Shaxs va shaxs psixik taraqqiyoti Mavzu rejasi

Xotira turlari.
Xotira insonning hayoti va faoliyatining barcha sohalarida qatnashishi tufayli uning namoyon bo‘lish shakllari, holatlari, shart-sharoitlari, omillari ham xilma xil ko‘rinishga egadirlar. Odatda, xotiraning turlariga va ularni muayyan turlarga ajratishda eng muhim asos qilib, uning xarakteristikasini esda olib qolish, esda saqlash, qayta esga tushirish, tanish singari jarayonlarni amalga oshiruvchi faoliyatning xususiyatlariga bog‘liqligi olinadi. Umumiy psixologiyada xotira 5 ta muhim mezonga (bizningcha) muvofiq ravishda turlarga, ko‘rinishlarga ajratiladi:
I. Ruhiy faoliyatning faolligiga ko‘ra xotira quyidagi turlarga bo‘linadi:
a) harakat yoki motor-harakat xotirasi;
b) obrazli xotira;
v) his-tuyg’u yoki hissiyot xotirasi;
g) so‘z-mantiq xotira.
II. Ruhiy faoliyatning maqsadiga binoan;
a) ixtiyorsiz, b) ixtiyoriy, v) mexanik.
III. Ruhiy faoliyatning davomiyligiga ko‘ra:
a) qisqa muddatli xotira;
b) uzoq muddatli;
v) operativ (tezkor) xotira.
IV. Ruhiy faoliyat qo‘zg‘atuvchisining sifatiga ko‘ra:
a) musiqiy, b) eshitish xotirasi.
V. Ruhiy faoliyatning inson yo‘nalishiga qarab:
a) fenomenal, b) kasbiy.
Esda qoldirish jarayonida odamning ongli ravishda irodaviy aktivlik ko‘rsatish darajasi turlicha bulishi mumkin. Shu jihatdan esda qoldirish ixtiyorsiz va ixtiyoriy xillarga ajratiladi. Ixtiyorsiz esda qoldirishda odam oldindan hech bir maqsadni ko’zlamagan holda va maxsus usullarni kullamasdan esga olib koladi. Ixtiyoriy esda qoldirish maqsadga qaratilgan bo‘ladi va esga olishning maxsus usullaridan foydalanishini nazarda tutadi. Esda qoldirish jarayonida o‘quvchining irodaviy zur berishi shuningdek fikriy aktivligi o‘rganiladigan materiallarning moxiyatini tushunishi katta rol’ uynaydi. Esda qoldirish fikriy aktivlik darajasiga qarab mexanik va ma’nosiga tushunib logik esda qoldirish xillariga ajratilishi mumkin. Mexanik esda qoldirish yondoshlik bo‘yicha yakka tartibdagi vaqtli bog‘lanishlarga asoslangan bo‘lib bunda esda qoldirish kishidan ko’p vaqt sarflashni talab etadi va uncha mustahkam bo‘lmaydi. Ta’lim jarayonida shubxasiz ma’nosiga tushunib esda qoldirishiga suyanib ish ko‘rish kerak. Bunda esda qoldirish o‘rganiladigan hodisalarning mohiyatini tushunishga va bu hodisalar urtasidagi sabab natija bog‘lanishlarini aniqlashga asoslangan bo‘ladi. Ma’nosiga tushunish va sabab natija bog‘lanishlarini topishgina esda qoldirishning yuksak darajada samarali va puxta bo‘lishini ta’minlaydi. Darsda esga olingan materialni xotirada mustahkam saqlab qolishda takrorlash muhim rol o‘ynaydi. Takrorlash esda olib qolish lozim bo‘lgan materialni boyitish binobarin yuzaga keluvchi muvaqqat nerv bog‘lanishlarini mustahkamlash demakdir.
Materialning muvaffaqiyatli esga tushushi avvalo uning puxta to‘la aniq esga olingan bo’lishiga bog‘liqdir. Esga olish jarayonida yuzaga kelgan muvvaqqat nerv bog‘lanishlarining keyinchalik muayyyan qo‘zg‘atuvchilar ta’sirida qayta jonlanishi esga tushurishning fiziologik asosi hisoblanadi. Esga tushurishning eng soda ko’rinishi tanishdir. Bunday hol ilgari idrok etilgan ob’ektning yana yangidan idrok etishiga kelgan paytda ro’y beradi. Ilgari bir marta idrok etilgan odam, joy ham qisqa vaqt ichida, oradan ma’lum vaqt o’tgandan keyin yana to’qnash kelgan paytimizda biz ularni taniymiz. Esga tushurish ikki xilga ixtiyorsiz va ixtiyoriy esga tushurishga ajraladi.
Ilgari idrok qilingan materialning odamda hech bir maqsadsiz esiga tushub qolishi ixtiyorsiz esga tushirish bo‘lib bunda ilgari idrok qilingan narsa va hodisalarning obrazlari odamda uning xohishiga bog‘liq bo‘lmagan holda ongida gavdalanadi. Ta’lim jarayonida ham ko‘pincha ixtiyoriy esga tushirishga tayanib ish ko‘rishga to’g’ri keladi. Esga tushirishda kishidan irodaviy zo’r berishni talab etuvchi aktiv fikrlash jarayoni eslash deb ataladi. Eslash ixtiyoriy esga tushirish va tanishning eng murakkab ko’rinishidir.
Tormozlangan bog‘lanishlar oradan bir necha vaqt utgandan keyingina yana jonlana oladi. Bu kechikkan esga tushirish bo‘lib reminissensiya deb ataladi. Bunday hodisa ayniksa kichik yoshdagi maktab ukvchilarida qiyin materialni ko’p marta takrorlashi natijasida yuz beradi. Perseveratsiya hodisasi turli obrazlarning irodamizga bog‘liq bo‘lmagan va xatto irodamizga buysunmagan xolda ongimizda uz-uzidan gavdalanishidir.
Esga olingan materialning esda saqlanishi uni turli shakllarda esga tushirishning zarur shartidir. Fiziologik nuktai nazardan qaraganda, esda saqlash nerv sistemasining alohida xossasi uning platikligi bilan bog‘liqdir, bu xossa, jumladan, nerv sistemasining ilgari hosil qilingan nerv bog‘lanishlarini uzida saqlab qolish kobiliyatida namoyon bo‘ladi. Unitish esda saqlashning teskarisi bo‘lgan jarayondir. Unitish ilgari esda qoldirilgan materialni to‘liq yoki qisman esga tushira olmaslikdan, uni eslay yoki taniy olmaslikdan iboratdir.
Xotira inson hayot iva foliyatining barcha sohalarida qatnashishi tufayli namoyon bulish shakllari ham nihoyat darajada har xildir.
Xotiraning har xil turlarini ajratishda eng umumiy asos qilib xotira xarakteristikasining esda olib qolish va qayta esga tushirish jarayonlari amalga oshiriladigan faoliyat xususiyatlariga bog‘liqligi olinadi, bunda xotiraning ayrim turlari uchta asosiy kriteriyaga muvofiq ravishda bo‘linadi.
1.Ko‘proq faoliyatda ko‘rinadigan psixik faollik xarakteriga qarab, xotirani harakat, emotsional, obrazli va so’z-mantiqiy xotira turlariga bo’linadi.
2.Faoliyat maqsadi xarakteriga ko’ra, ixtiyoriy va ixtiyorsiz xotira turlariga bo’linadi.
3.Materailani qancha vaqt esda olib qolish va esda saqlash muddatiga qarab (faoliyatda xotiraning roli va urni jihatidan) qisqa muddatli, uzoq muddatli operativ xotira turlariga bo‘linadi.
A) Harakat xotirasi-turli xil harakatlar va ularning sistemalarini esga olish, esda saqlash va qayta esga tushirishdan iboratdir
B) Emotsional xotira odamning ilgari uz boshidan kechirgan xis-tuyg‘ularini, emotsional xolatlarini esda olib qolishidir. Bu tuyga xissiyotga xos xotiradir.
V) Obrazli xotira tasavvurlar,tabiat va hayot manzaralari,shuning bilan birga tovushlar, hidlar, tamlar, bilan bog‘liq xotiradir. Obraz xotirasi orqali material birinchi signallar tarzida, ko‘rish, eshitish, harakat, tuyush va boshqa sezgi tasavvurlari haqida esda olib kolingan. Ba’zan eydetik deb atalgan(«eydos»-yunoncha suzdan olingan bo‘lib, obraz degan ma’noni anglatadi)xotira turlariga ega bo‘lgan odamlar uchrab turadi.
Xotiraning eydetik obrazlari yoki konkret ko‘rgazmali obrazlari tashqi taa’ssurotlar tufayli sezgi a’zolarining qo‘zg‘alish natijasidir.
G) So’z mantiqiy xotira mazmunini bizning fikrlarimiz tashkil qiladi. So’zlar bo‘lmasa, fikrlar ham bo‘lmaydi. Shuning uchun ham fikrlarimizga xos xotira shunchaki mantiqiy xotira deb atalmay,balki so’z-mantiqiy xotira deb ataladi.
So’zlar orqali ifodalangan fikrlar so’z mantiq xotirasi yordamida esda olib qolinadi.
D) Fenomenal xotira–bir vaqtning o’zida juda katta hajmdagi ma’lumotlarni esda olib qolishdir. Masalan Yuliy Sezar, Napoleon, Motsart, Farobiy, Imom Al-Buxoriy.
Esda olib qolish jarayonlarining faoliyati maqsadlariga muvofiq ikki asosiy turi ixtiyoriy va ixtiyorsiz esda olib qolish farq qilinadi.
A) Biror maqsad qo’yish esda olib qolish ixtiyoriy xotiradir. Bunda xotira jaryonlari o’ziga xos tarzdagi mnemik harakatlar sifatida yuzaga chiqadi.
B) Ixtiyorsiz esda olib qolingan material o’z-o’zidan eslab qolganidek bo’ladi. Ixtiyorsiz esda olib qolishning unumli bo’lishi uchun muayyan faoliyatda tutgan o’rni muhimdir. Ixtiyoriy esda olib qolish maxsus mnemik harakatlar ya’ni asosiy maqsadni eslab qolishdan iborat bo‘lgan harakatlar mahsulidir.
Qisqa muddatli va uzoq muddatli operativ xotira
Ma’lum qisqa daqiqa mobaynida hozir bevosita idrok qilmayotgan narsalarni ko‘rishda, eshitishda va hokozoda davom etamiz. Bu jarayonlar beqaror va o’zgaruvchandir, lekin bu protsesslar shu qadar maxsus va tajriba ortirish mexanizmlarining ishlarida ularning roli shu qadar ahamiyatliki, bu protsesslarga yesda olib qolish, esda saqlash va informatsiyalarni qayta esga tushirishning alohida turi sifatida qaraladi, bu jarayon qisqa muddatli xotira degan nom olgan. Juda ko’p qaytarishlar va qayta tiklashlar natijasida materialni uzoq muddat davomida esda saqlab qolish xarakterli bo‘lgan uzoq muddatli xotiradan farq qilgan xolda, qisqa muddatli xotira bir marta hamda juda qisqa vaqt oralig‘ida idrok qilish va shu ondayok qayta tiklashdan sung juda qisqa muddatli esda olib qolish bilan xarakterlanadi.
Eydetik obrazlar. Umumiy psixologiyada izchil obrazlardan eydetik obrazlarni farqlash an’ana tusiga kirgan («eydos» — yunoncha «obraz» degan ma’noni anglatadi) Eydetik obrazlar, ilmiy tekshirishlarning ko‘rsatishicha, bolalik va o‘spirinlik davrlarida muayyan muddat hukm suradi va vaqtning o‘tishi bilan uning izlari asta-sekin so‘na boradi.
Tasavvur obrazlari. Tasavvur obrazlari xotiraning yanada murakkabroq turi bo‘lib hisoblanadi va ularning xususiyatlari haqida tasavvurga egamiz. Inson daraxt, meva, gul to‘g‘risida tasavvurga ega ekanligi shuni ko‘rsatadiki, uning ilgarigi tajribalari sub’ektning ongida shu obrazlarning izlarini qoldirgan. Ilmiy tushunchalar talqin qilinganida tasavvur obrazlari eydetik obrazlarga juda yaqindek tuyuladi. Lekin eydetik obrazlar haqidagi psixologik tahlil shuni ko‘rsatadiki, tasavvur obrazlari unga qaraganda ancha boy bo‘lib, o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Xullas, tasavvur obrazlari xotiraning murakkab faoliyat mahsuli hisoblanib, ular izchil yoki eydetik obrazlarga nisbatan murakkab psixologik hodisadir. Tasavvur obrazlari xotira izlarining murakkab turi bo‘lib, uning aushy jarayon bilan yaqinligi inson bilish faoliyatining muhim tarkibiy qismidan biri ekanligidan dalolat beradi.
Operativ xotira. Inson tomonidan bevosita amalga oshirilayotgan faol, tezkor harakatlar, usullar uchun xizmat qiluvchi jarayonni anglatuvchi mnemik holat operativ xotira deb ataladi.
Chunonchi, biz qandaydir murakkab arifmetik harakatni bajarar ekanmiz, uni ayrim qismlarga bo‘lib, uni oz-ozdan bajaramiz. Bunda ishni bajarish davomida ayrim oraliq natijalarini «yodimizda» saqlab turamiz, bajarayotgan ishimizning oxirgi natijasiga yaqinlashganimiz sari, konkret «ishlangan» materiallar esdan chiqib qolishi mumkin. Operativ xotira tushunchasi kim tomonidan bevosita amalga oshirilayotgan harakatlar faoliyat uchun xizmat qilayotgan mnemik jarayonlarni anglatadi. Operativ xotiraning bu xususiyati uni uzoq va qisqa muddatda xotiradan farqli turadi. Operativ xotirada u yoki bu turdagi xotiradan kelib turadigan materiallar mavjud. Shaxsning o’zi o‘ylab topib, o’zi bevosita bajargan ishlari juda oson esga tushadi. Bu hodisa psixologiyada generatsiya effekti deb ataladi

Download 482.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling