2-Mavzu: Shaxs va shaxs psixik taraqqiyoti Mavzu rejasi


Xotira haqida umumiy tushuncha


Download 482.85 Kb.
bet23/37
Sana06.01.2023
Hajmi482.85 Kb.
#1080691
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   37
Bog'liq
2-Mavzu Shaxs va shaxs psixik taraqqiyoti Mavzu rejasi

Xotira haqida umumiy tushuncha.
Hozirgi davrda qo‘llanib kelinayotgan adabiyotlarda xotiraga mana bunday tarzda ta’rif berilib kelinmoqda: «Individning o‘z tajribasida esda olib qolishi, esda saqlashi va keyinchalik uni yana esga tushirishi xotira deb ataladi». Lekin bu ta’rifda xotiraga taalluqli bo‘lgan juda ko‘p sifatlar, xossalar va xususiyatlar o‘z aksini topmagan, shuning uchun uni mukammal, ixcham, pishiq ifodalangan deyishga hech qanday haq-huquqimiz yo‘q. Ushbu qiyin holatdan chiqishning birdanbir yo‘li, bizningcha unga mana bunday tarzda ta’rif berishdan iborat: «Xotira atrofmuhitdagi voqelik (narsa)ni bevosita va bilvosita, ixtiyoriy va ixtiyorsiz ravishda, passiv va aktiv (faol) holda reproduktiv va produktiv tarzda, verbal va noverbal shaklda, mantiqiy va mexaniq yo‘l bilan aks ettiruvchi esda olib qolish, esda saqlash, qaytadan esga tushirish, unutish hamda tanish, eslashdan iborat ruhiy jarayon alohida va umumiy namoyon qiluvchi hodisa, barcha taassurotlarni ijodiy qayta ishlashga yo‘naltirilgan mnemik (yunoncha tpeta — xotira) faoliyatdir».
Xotirani o‘rganish sohasidagi eksperimental tadqiqotlarni dastavval assotsiativ psixologiya namoyondalaridan G.Ebingaus boshlab bergan. Keyinchalik xotira problemasi ko’p tadqiqotchilarning diqqatini o’ziga jalb etgan. Akademik Pavlovning oliy nerv faoliyati haqidagi ta’limotiga ko’ra, bosh miya postidagi nerv hujayralari nihoyat darajada plastiklik xususiyatiga egadir. Bu hujayralar nozik sezgirlik va o’zgaruvchanlik bosh miya pustida shartli reflekslarning, ya’ni assotsiyatsiyalarning yuzaga kelish imkonini beradi. Xotiraning fiziologik asosida bosh miya pustida turli murakkablikdagi shartli reflekslarning hosil bulishi, miyada uzoq muddat saqlanib turishi tormozlanib vaqtincha sunib qolishi keyinchalik yana qaytadan tiklanishidan iborat bo‘lgan murakkab jarayonlar yotadi.
Assotsiatsiya – bu biz idrok qilgan, ya’ni ongimizda aks ettirgan va xotiramizda mustahkamlanib qolgan turlicha narsalar hamda hodisalar o’rtasidagi bog‘lanishdir. Shartli reflekslar esa assotsiatsiyalarni moddiy, ya’ni nerv-fiziologik asosini tashkil etadilar. Bosh miya po’stlog’i muvaqqat nerv bog‘lanishlarining yuzaga kelishi, mustahkamlanishi va keyinchalik turli qo‘zg‘ovchilar ta’sirida qaytadan jonlanishi xotira jarayonlari – esga olish, esda saqlash va esga tushirishning fiziologik asosini tashkil qiladi. Bosh miya po’stlog’ida yuzaga kelgan muvaqqat nerv bog‘lanishlar, ya’ni assotsiatsiyalar deb atalmish bu bog‘lanishlar real voqelikdagi narsa va hodisalarning fazo hamda vaqt jihatidan o‘zaro yondoshlik aloqalarini, ular o’rtasiga o’xshashlik va tafovut munosabatlarini va, nihoyat, sabab-natija bog‘lanishlarini aks ettiradi. Bilish ob’ektlari yonma-yon to‘rgan yoki ketma-ket kelgan hollarda fazo yoki vaqt jihatidan yondoshlik assotsiatsiyasi ro‘y beradi va shu sababdan bunday ob’ektlar baravar esga olinadi hamda baravar esga tushiriladi.
O’xshashlik assotsiatsiyasining mohiyati shundan iboratki, narsa va hodisalarning obrazli va ular haqidagi fikrlar xuddi shularga o’xshash obrazlarni hamda fikrlarni esimizga keltiradi. Qarama-qarshilik asotsiatsiyasi biz idrok etayotgan, tasavvur qilayotgan, fikr yuritayotgan hodisalarga qarama-qarshi hodisalarning esimizga tushishini ta’min qiladi. Chunonchi, biz uzimizga keraqli familyani boshqa shunga qarma-qarshi ma’nodagi so‘zlardan tashkil topgan familya yordamida esga tushirishimiz mumkin (Chernov – belov) yoki chul kurinishi tog manzarasini xotirada tiklashi mumkin. Esga olish va esga tushirish jarayonlarida sabab natija bog‘lanishlarining roli ayniksa muhimdir. Bu bog‘lanishlar narsa va hodisalar urtasidagi eng muhim aloqalarni aks ettiradi.
Xotiraning asosida ilgari idrok qilingan narsa va hodisalarning obrazlari yotadi. Ayni chogda idrok kilinmasa ham ammo ilgari idrok etilgan narsa va hodisalarning miyada aks ettuvchi obrazlari xotira tasavvurlari deb ataladi. Tassavvurlar ko‘rish eshitish harakat hid tuyush va hokozo tasavvurlari bulishi mumkin. Ko‘rish tasavvurlarida odam o’zi ilgari idrok qilgan narsalarni guyo fikran kurayotgandek eshitish tasavvurlarida esa kuylarni qog’ozlarni fikran eshitgandek bo‘ladi. Odatda turli tasavvurlar bir biri bilan kushilib keladi. Biron kishininig tashqi qiyofasini ko’z oldimizga keltirigan tasavvur qilgan paytimizda uning ovozini ham fikran eshitib turgandek bo‘lamiz.

Download 482.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling