2-mavzu. Shaxs va shaxsning psixik taraqqiyoti Reja
Shaxs shakllanishining ijtimoiy shart-sharoitlari
Download 260.78 Kb.
|
2-mavzu. Shaxs va shaxsning psixik taraqqiyoti Reja-fayllar.org (1)
Shaxs shakllanishining ijtimoiy shart-sharoitlari.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilganidek, shaxs taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchlari irsiyat va muhitdir deb o‘ylash xato bo‘lar edi. Lekin bundan shaxsga xarakteristika berishda irsiyat va muhitni e’tiborga olmaslik kerak, degan ma’no mutlaqo chiqmasligi kerak. Ko‘pchilik odamlar o‘rtasida (xususan ota-onalar o‘rtasida) odam shaxsiga xos ma’lum bir xususiyatlarning paydo bo‘lishida irsiyat ustunlik qiluvchi rol o‘ynaydi, degan tasavvur keng tarqalganligini pedagog e’tiborga olishi lozim bo‘ladi. Bunday taxminlarning qandaydir asoslanganligini dalilsiz inkor qilish bilangina cheklanmay, mazkur murakkab masalani ilmiy aasosda tushuntirib berish ham zarurdir. Hozirgi kunda, garchi batamom isbotlanmagan bo‘lsa ham, miyaning tuzilishi va funksiyasiga doir ayrim xususiyatlarning nasliy yo‘l bilan ato qilinishini to‘g‘ri deb bilishga asos bordir. Bunday nasliy yo‘l bilan ato qilinadigan xususiyatlarga gipotetik tarzda oliy nerv faoliyatining tug‘ma tiplarini hosil qiluvchi xislatlar kiritilishi mumkin (nerv jarayonlarining kuchi, muvozanati va harakatchanligi). Biroq bunday inson shaxsi strukturasining tarkib topishida vaning sifat hamda xususiyatlarining taraqqiyotida bunday tug‘ma (ehtimol nasliy) xususiyatlarning ishtirok haqida chuqur xulosa chiqarib bo‘lmaydi. Tabiiy xislatlar shaxs strukturasidagi ijtimoimy sabablarga bog‘liq bo‘lgan xususiyatlardir. Shaxsning taraqqiyoti ijtimoiy jarayon ekanligini e’tiborga olinadigan bo‘linsa, shaxsning tarkib topishida yyetakchilik roli maqsadga muvofiq ta’sirotlarga, ya’ni tarbiyaga bog‘liq ekanini ko‘ramiz. Tarbiya shaxs taraqqiyotini jamiyatning oldiga qo‘ygan maqsadlariga muvofiq ravishda yo‘llaydi va tashkil qiladi. Bunday tarbiya bolaning hayoti va faoliyatini faqat ma’lum tarzda tashkil qilish hamda tartiblashtirish bilangina cheklanib qolmay, balki hozirgi mavjud pedagogik prinsiplarga muvofiq ravishda, konkret shaxsning imkoniyatlarini yaxshilab ro‘yobga siqaradigan, maxsus individual muhit yoki taraqqyoit vaziyatini tashkil etadi, shaxsning aktivligini tarkib toptira va yo‘llay borib, uning namoyon bo‘lishi uchun sharoit yaratadi. Diqqat deb ongimizni bir nuqtaga to‘plab, ma’lum narsa va hodisalarga faol yo‘naltirilishiga aytiladi. Diqqat sezish jarayonida, idrok qilishda, xotira, xayol va tafakkur jarayonlarida har doim ishtirok etadi. Demak, diqqat barcha aks ettirish jarayonlarimizning doimiy yo‘ldoshidir. Diqqat inson faoliyatining barcha turlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishning va ularni samaradorligini ta’minlovchi muhim shartlardan biridir. Kishi faoliyati qanchalik murakkab, serzahmat, davomiylik jihatdan uzoq muddatli, mas’uliyat hissini taqozo qilsa, u diqqatga shunchalik yuksak shartlar va talablar qo‘yadi. Inson ziyraqligi, farosatliligi, tez payqashi, sinchkovligi, dilkashligi uningturmush sharoitida, shaxslararo munosabatida muhim omil sifatida xizmat qiladi. Diqqat aqliy faoliyatning barcha turlarida ishtirok etadi, insonning hatti harakatlari ham uning ishtirokida sodir bo‘ladi. Psixologiya fanida diqqatga har xil ta’rif beriladi, uni yoritishda psixologlar turli nazariyaga asoslanib yondashadilar. Diqqat deb ongni bir nuqtaga to‘plab, muayyan bir obyektga aktiv (faol) qaratilishi aytiladi (P.I.Ivanov). P. I. Ivanovning fikricha, biz faoliyatimiz jarayonida idrok va tasavvur qiladigan har bir narsa, har bir hodisa, o‘zimiz qilgan ishimiz, o‘y va fikrlarimiz diqqatning obyekti bo‘la oladi. Diqqatning fiziologik asoslari. Diqqatning nerv-fiziologik asosida orientirovka yoki tekshirish deb aytiladigan maxsus reflekslar yotadi. Orientirovka yoki tekshirish refleksi diqqatning fiziologik asosi hisoblanadi, chunki bu refleks bosh miya yarim sharlarining po‘stida kuchli qo‘zg‘olish jarayonidan iborat bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, har bir daqiqada organizmga turli narsalarning ta’siridan hosil bo‘lgan qo‘zg‘olishlarga nisbatan, orientirovka yoki tekshirish refleksini hosil qilgan narsaning ta’siridan yo‘z bergan qo‘zg‘olish kuchli bo‘ladi. Diqqat ma’lum nerv markazlarining qo‘zg‘alishi va miyadagi boshqa nerv markazlarining tormozlanishi bilan bog‘liqdir. Bu esa subyekt ahamiyatli bo‘lgan qo‘zg‘atuvchilarni ajratishni, ya’ni psixik faoliyatning yo‘naltirilishini ta’minlaydi. Bunday yo‘naltirilishning sodda misoli sifatida oriyentatsiya refleksini ko‘rsatish mumkin. Har qanday yangidan yuzaga kelgan qo‘zg‘atuvchi, agar u yetarli darajada intensiv (kuchlanishga ega) bo‘lsa, tegishli qo‘zg‘alish jarayonini yuzaga keltiradi, bu refleks, I.P.Pavlov aytganidek «nima u» degan refleks bilan ifodalanadi, bu esa sodda turdagi diqqatning fiziologik asosidir. I.P.Pavlov ta’limoti bilan akademik A.A.Uxtomskiy olib borgan tekshirishlari bir–biriga to‘g‘ri keladi. Agar nerv sistemasiga bir qancha qo‘zg‘ovchilar bir vaqtda ta’sir qilsa bosh miya po‘stida shu ongning o‘zida bir necha qo‘zg‘alish o‘choqlari paydo bo‘ladi. Shu bilan birga, har bir qo‘zg‘alish o‘chog‘i bosh miya po‘stining hamma yog‘iga tarqalishga iradiatsiyalanishga moyildir. Shuning uchun ayrim qo‘zg‘alish o‘choqlari o‘rtasida to‘qnashish va «kurash» sodir bo‘ladi. Bu kurash natijasida qo‘zg‘alish o‘choqlaridan biri hukmron (dominanta) bo‘lib oladi Mana shu hukmron bo‘lib olgan qo‘zg‘alish o‘chog‘ini akademik Uxtomskiy «dominanta» deb ataydi. Uxtomskiyning bergan ta’rifiga ko‘ra; Dominanta – bu ayni chog‘da markazda sodir bo‘ladigan reaksiyalar xarakterinni bir qadar belgilab beruvchi hukmron qo‘zg‘alish o‘’chog‘idir. Dominantalar mavjud bo‘lgan paytda boshqa qo‘zg‘alish o‘choklari («subdominantalar» - nisbatan kuchsiz qo‘zg‘alish o‘choqlari) ko‘pincha yo‘qolib ketmaydilar. Ular dominantaga qo‘shilib, uni kuchaytiradilar yoki dominanta bilan kurasha boshlaydilar. Bu kurash jarayonida subdominanta dominanta bo‘lib olishi mumkin, ilgarigi dominanta esa – subdominanta bo‘lib qolishi mumkin. Hukmron qo‘zg‘alish o‘chog‘i bo‘lgan dominanta diqqatimizning ma’lum narsaga yo‘naltirilishi va tuplanishining fiziologik asosidir. Download 260.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling