2-mavzu: Soliqqa tortishning asosiy tushunchalari.
Joriy nazorat savollari.
Soliqlar tizimi deganda nimani tushunasiz?
Soliqqa doir qanday tushunchalarni bilasiz?
Soliq tizimining tarkibiy elementlarini sanab bering.
Soliqqa tortish (mexanizmlari) tizimi qanday komponentlardan tashkil topadi?
Soliq tizimi (qonunchiligi) o‘zgarishiga olib keluvchi asosiy sabablar nimalardan iborat?
2-mavzu. «Soliqqa tortishning asosiy tushunchalari»
bo‘yicha test savollari
1. SKda belgilangan “soliq” ta’rifi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javob variantini belgilang?
a) SKda belgilangan, O‘zRning Davlat byudjeti yoki davlat maqsadli jamg‘armasiga to‘lanadigan majburiy beg‘araz to‘lov
b) SKda belgilangan, O‘zR davlat byudjetiga to‘lanadigan majburiy beg‘araz to‘lov
c) SKda belgilangan, O‘zR davlat byudjetiga to‘lanadigan majburiy beg‘araz bo‘lmagan to‘lov
d) Davlat soliq qo‘mitasi va Moliya vazirligining qarori bilan belgilangan, O‘zR Davlat byudjetiga yoki davlat maqsadli jamg‘armasiga to‘lanadigan majburiy beg‘araz to‘lov
2. SKda belgilangan "yig‘im" ta’rifi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javob variantini belgilang?
a) SKda byudjet tizimiga yoki boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan majburiy to‘lov tushuniladi, bu yig‘imning to‘lanishi uni to‘lovchi shaxsga nisbatan vakolatli organ yoki uning mansabdor shaxsi tomonidan yuridik ahamiyatga ega harakatlarni amalga oshirish, shu jumladan unga muayyan huquqlarni yoxud ruxsat etuvchi hujjatlarni berish shartlaridan biri bo‘lishi
b) SKda belgilangan byudjet tizimiga majburiy to‘lov, uni to‘lash vakolatli organ yoki uning mansabdor shaxsi tomonidan ushbu to‘lovni to‘lovchiga nisbatan qonuniy ahamiyatga yega harakatlarni amalga oshirish, shu jumladan ma’lum huquqlarni berish yoki ruxsat berish shartlaridan biridir
c) O‘zRning "Davlat boji to‘g‘risida"gi Qonunida nazarda tutilgan majburiy to‘lov
d) SKda nazarda tutilgan barcha majburiy to‘lovlar, soliqlar bundan mustasno
3. Quyidagi soliqlardan qaysi biri yuridik shaxslar tomonidan to‘lanmaydi?
a) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;
b) mol-mulk solig‘i;
c) yer solig‘i;
d) foyda solig‘i;
4. O‘zR Konstitutsiyasining qaysi moddalarida soliqqa tortish bilan bog‘liq normalar aks ettirilgan?
a) 63 va 149 moddalar
b) 51 va 128 moddalar
c) 51, 125 va 128 moddalar
d) 51 va 123 moddalar
5. Davlat soliq siyosatining asosiy vazifalari bilan bog‘liq bo‘lmagan javobni toping?
a) kommunal to‘lovlar to‘lanishini ta’minlash
b) davlatni moliyaviy resurslar bilan ta’minlash
c) iqtisodiyotni tartibga solish uchun shart-sharoitlar yaratish
d) soliqqa tortishda ijtimoiy adolatni ta’minlash
6. Soliq siyosatining turi noto‘g‘ri ko‘rsatilgan variantni belgilang?
a) soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash siyosati
b) maksimal soliq siyosati
c) yetarli soliq siyosati
d) minimal soliqlar siyosati
7. Ushbu ta’rifga mos tushunchani belgilang “soliq va boshqa vakolatli davlat organlari tomonidan budjetga soliqlar va yig‘imlarni undirish, soliq nazoratini amalga oshirish, o‘z vaqtida bajarilmagan soliq majburiyatining bajarilishini ta’minlash usullaridan foydalanish va soliq qarzlarini majburiy undirish choralari tizimi (majmui), shuningdek, soliqqa doir davlat xizmatlarini ko‘rsatish”
a) soliq ma’murchiligi
b) soliq nazorati
c) soliq siyosati
d) kameral nazorat
8. Quyidagi javoblarning qaysi birida soliq solish sohasidagi vakolatli organlarga tegishli davlat organi noto‘g‘ri ko‘rsatilgan?
a) statistika organlari
b) soliq organlari
c) bojxona organlari
d) ichki ishlar organlari
9. Soliqning yig‘imdan asosiy farqini ko‘rsating?
a) noekvivalentlik
b) budjet tizimiga yo‘naltirilganlik
c) adolatlilik
d) majburiylik
10. Soliqning umume’tirof etilgan belgilari to‘g‘ri keltirilgan javobni tanlang.
a) majburiy, qonunga asoslangan, budjetga yo‘naltirilgan,
noekvivalent, ijtimoiy xarakterli
b) majburiy, budjet tizimiga yo‘naltirilgan, adolatli, ekvivalent
c) adolatli, majburiy, samarali, teng qaytimli, beg‘araz, sodda
d) majburiy, aniq, sodda, qonuniy, ekvivalent, beg‘araz
Do'stlaringiz bilan baham: |