Foydalanish boshqarmasi buyru q 2022- yil " " sonli Qumqo‘rg‘on t


Download 46 Kb.
Sana19.01.2023
Hajmi46 Kb.
#1102250
Bog'liq
Vazirlikning 11.04.2022 y 76-sonli buyrug\'i



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SUV XO‘JALIGI VAZIRLIGI
SURXONDARYO VILOYATI SUV OMBORLARIDAN
FOYDALANISH BOSHQARMASI
B U Y R U Q

2022- yil "____" __________ _____ -sonli
Qumqo‘rg‘on t.
O’zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi
PQ-465-sonli qarori ijrosini ta’minlash
bilan bog’liq chora-tadbirlar haqida

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi “2023-2025-yillarda O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-465-sonli qarori bilan belgilangan topshiriqlar va prognoz ko’rsatkichlar ijrosini belgilangan muddatda, to’laqonli va sifatli taminlash yuzasidan boshqarmaning barcha darajadagi rahbar-xodimlarning shaxsiy mas’uliyati va javobgarligini kuchaytirish maqsadida,




B U Y U R A M A N

1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi “2023-2025-yillarda O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-465-sonli qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.


2. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2022-yil 11-apreldagi
76-buyrug‘ida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini yanada qisqartirish va xususiylashtirishni jadallashtirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-168-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan chora-tadbirlar rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Boshliq o‘rinbosari F.Abduraimov, bosh hisobchi v.v.b M.Choriyev, Kadastr bo‘yicha bosh mutaxassis Ch.Aymatov, F va TTEB muhandis N.Mirzayev, boshqarma tasarrufidagi suv va sel suv ombor boshliqlariga:
o‘n kun muddat ichida boshqarma tasarrufidagi suv va sel suv omborlaridagi bo‘sh turgan obyektlar ro‘yxatini shakllantirsin va ularni xatlovdan o‘tkazsin.
Mazkur muddat ichida aniqlangan bo‘sh turgan samarasiz foydalanilayotgan davlat ko‘chmas mulk obyektlaridan kelgusida samarali foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish choralarini ko‘rsin.
4. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilishni boshliq o‘rinbosari F.Abduraimov zimmasiga yuklatilsin.
Boshqarma boshlig‘i: I.Xolboyev

Kiritdi: Kadastr bo‘yicha bosh mutaxassis: Ch.Aymatov
Kelishildi: Boshliq o‘rinbosari: F.Abduraimov

Bosh hisobchi v.v.b: M.Choriyev


F va TTEB muhandis: N.Mirzayev




Bosh yuristkonsult: E.Aminov
Download 46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling