O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SUV XO‘JALIGI VAZIRLIGI
SURXONDARYO VILOYATI SUV OMBORLARIDAN
FOYDALANISH BOSHQARMASI
B U Y R U Q
2023- yil "____" __________ _____ -sonli
Qumqo‘rg‘on t.
O’zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi
PQ-465-sonli qarori ijrosini ta’minlash
bilan bog’liq chora-tadbirlar haqida
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi “2023-2025-yillarda O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-465-sonli qarori bilan belgilangan topshiriqlar va prognoz ko’rsatkichlar ijrosini belgilangan muddatda, to’laqonli va sifatli taminlash yuzasidan boshqarmaning barcha darajadagi rahbar-xodimlarning shaxsiy mas’uliyati va javobgarligini kuchaytirish maqsadida,
B U Y U R A M A N
1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi “2023-2025-yillarda O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-465-sonli qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilishni boshliq o‘rinbosari F.Abduraimov zimmasiga yuklatilsin.
Boshqarma boshlig‘i: I.Xolboyev
Kiritdi: Kadastr bo‘yicha bosh mutaxassis: Ch.Aymatov
Kelishildi: Boshliq o‘rinbosari: F.Abduraimov
Bosh hisobchi v.v.b: M.Choriyev
F va TTEB muhandis: N.Mirzayev
Bosh yuristkonsult: E.Aminov
Do'stlaringiz bilan baham: |