2-mavzu: sotsiologiyaning strukturasi reja


Fundamental sotsiotsiologiya


Download 61.32 Kb.
bet2/6
Sana12.11.2023
Hajmi61.32 Kb.
#1768512
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ma\'ruza 2

Fundamental sotsiotsiologiya.Fundamental sotsiologiya boshqa elementlardan o‘zinig hal qilayotgan muammolarining darajasi va ahamiyati bilan farq qiladi. Fundamental sotsiologiya mohiyatidan muammolar, abstraksiyannng (mavxumlik) oliy darajasi bilan shug‘ullanib, sotsial olamning taraqiyoti va borligi uchun zarur bo‘lgan umumiy qonun va qonuniyatlari izlash bilan faoliyat ko‘rsatadi. Fanning asosini ijodiy ishlashning uchta asosiy aspektini ajratib ko‘rsatish mumkin. Birinchisi, ontologik, ya’ni sotsial voqelikni mohiyati masalalarini yanada aniqroq aytadigan bo‘lsak sotsiologiya ob’ektini, uning faoliyat ko‘rsatish shakllarini tahlil qilib o‘rganadi. Ma’lumki, sotsial dunyo murakkab ko‘p qatlamlik, dinamik va o‘zgaruvchanlik hususiyatiga egadir. Ontologiya borliq haqidagi ta’limot sifatida falsafada vujudga keladi va ushbu fanning bosh mavzusi hisoblanadi. Nafaqat bilishning shakl va metodlarini qayta ko‘rib chiqish ehtiyoji paydo bo‘ldi va yana sotsiologiyaning ob’ektini mohiyati, bilishning darajalari va mezonlarini ham qayta ishlash zaruriyati tug‘ildi. Ontologik muammo masalalarini sotsiologiyadagi barcha nazariy yunalish vakillari o‘zlaricha hal qilishga harakat qilganlar.
Ayniqsa, sotsiologik muammoga ekzistensional va fenomenologik maktablar chuqur etibor bilan qaraydilar. Lekin realistik yo‘nalish vakillari tomonidan ham bu muamoga kengroq etibor beradilar. Sotsial reallik insonlarning mustahkam o‘zaro harakati yangilanayotgan strukturaning natijasi sifatida tushuniladigan sinflar, jarayonlar va interpretatsiyadir.
Realistik yo‘nalish reallikni har hil darajasi, tabaqasini ajratib tahlil qildiki, bular shunday jabhalardir real, aktual va empiriklikdir. Bu intilishlar esa metodologik munosabat sifatida juda muhimdir. Reallikning ushbu jabhalari orasidagi o‘zaro borlig‘lik ularning sotsial voqelikni shakllantirishdagi o‘rni va ahamiyatining tashkil etilishi ushbu yo‘nalishning behiyos xizmatidir.
Fundamental sotsiologiya nafaqat nazariy asoslarni ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi, binobarin bilishning umumsotsiologik fundamental prinsiplarini ham keng ma’noda ishlab chiqadi. Sotsiologik bilishning mohiyati vazifalari, bilimlarning obyektivligi, u yoki bu prinsip va yondoshishlarni qo‘llash ham fundamental sotsiologiya muammolari majmuasiga taalluqlidir.
Fundamental sotsiologiyaning maqsadi — bu sotsial olamning to‘liq tasvirini yaratashdir va bu sotsial olamning taraqqiyot manbai va shakllarini aniqlashdir. Ilk bor fundamental nazariyalar tabiiy fanlar taraqqiyotiga tayangan, ayniqsa biologiya va fizikaga. Sotsiologiya fanining asoschilari huddi shu fanlarning eksperimental va empirik negizga o‘xshagan negiz asosida yangi sotsial fanni yaratishmokchi bo‘ldilar. XIX asrning ikkinchi yarmidagi yo‘nalishlar —pozitivizm, naturalizm va psixologizm sotsial hayotning doimiy harakatlanuvchi mexanizmini kashf etish, sotsiologiyada empirik metodni yaratish uchun o‘z kuch-g‘ayratlarini birlashtiradilar.

Download 61.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling