2-mavzu: sotsiologiyaning strukturasi reja


Sotsiologlar jamiyatni makro va mikro darajadan o‘rganadi


Download 61.32 Kb.
bet6/6
Sana12.11.2023
Hajmi61.32 Kb.
#1768512
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ma\'ruza 2

2.5.Sotsiologlar jamiyatni makro va mikro darajadan o‘rganadi.
Mikrosotsiologiya – sotsiologiyada nisbatan katta bo‘lmagan ijtimoiy tizimlardagi ijtimoiy hodisalar va jarayonlarni tahlil qilishga qaratilgan, alo-hida olingan hodisalarning mikrodarajadagi (kichik) jarayonlar bilan aloqa-sini individlar, kishilar xulq-atvorini shaxslararo o‘zaro ta’sirda o‘rganadi.
Makrosotsiologiya – katta ijtimoiy guruhlar va tizimlarni (masalan, ja-miyat, sivilizatsiya va hokazo) jarayonlarni, harakatlarni va hodisalarni, shuningdek, guruhlar faoliyatini uzoq muddat davomida o‘rganadi. Bunda asosiy e’tibor har qanday jamiyat mohiyatini tushunishga yordam beruvchi xulq-atvor modeliga qaratiladi. Ushbu model yoki tarkiblar oila, ta’lim, din, iqtisodiy va asosiy tuzum kabi ijtimoiy insitutlarni tashkil etadi. Makroso-siologiya jamiyatning turli qismlari orasidagi o‘zaro aloqa va ularning o‘z-garish dinamikasini o‘rganadi.
Sotsiologiya katta amaliy ahamiyatga ega. Amaliy sotsial islohotlar bir necha yo‘nalishda boradi. Ular, birinchidan, ijtimoiy vaziyatni to‘g‘ri tu-shunish, uni nazorat qilishga imkon beradi; ikkinchidan, sotsiologiya har qanday vaziyatda madaniy qadriyatlar orasidagi tafovutni baholashga sharoit yaratadi, bizning dunyoni madaniy qabul qilishimizni bildiradi; uchin-chidan, biz o‘zimizning muayyan siyosiy dasturlar qabul qilish (qasddan, o‘ylab, o‘ylamasdan shoshma-shosharlik bilam) faoliyatimizga baho bera olamiz; to‘rtinchidan sotsiologiya insonning o‘z-o‘zini bilishiga, o‘rga-nishiga yordam beradi, individlar va guruhlarga o‘z yashash sharoitlarini o‘zgartirishga imkon yaratadi.
Download 61.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling