2-mavzu: sotsiologiyaning strukturasi reja


Download 61.32 Kb.
bet1/6
Sana12.11.2023
Hajmi61.32 Kb.
#1768512
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ma\'ruza 2


2-MAVZU: SOTSIOLOGIYANING STRUKTURASI
REJA:
2.1. Fanda struktura tushunchasi.
2.2.Fundamental sotsiotsiologiya.
2.3.Nazariy va amaliy sotsiologiya.
2.4.Sotsiologiyada maxsus va tarmoq yo‘nalishlar.
2.5. Makro va mikro sotsiologiya.
Tayanch iboralar:Struktural - funksionalizm ta’limoti, tarkibiy - funksional tahlil, empirik bilish, pozitiv oqim, obstraksiya, ontologiya, institutsional sotsiologiya, fundamental sotsiologiya, fenomenologiya, sotsiometriya.


Fanda struktura tushunchasi.Struktura bu fandagi asosiy elementlar ularning joylashishi munosabati va tartibidir. Struktura bevosita fanning rivojlanish darajasi va uning elementlariga bog‘liqdir. Fanning rivojlanib borishi davrida uning elementlari bir tizimga to‘planib, bu sistema orqali esa bilimlarni tashkil qilish vositaligi tayinlanadi. Buning natijasida esa nazariy, metodologik, metodik va boshqa elementlar o‘rganilayotgan voqelikni (reallikni) yaxlit ko‘rinishda aks ettiradilar. Sotsiologiyaning strukturasini har xil tahlil qilish mumkin. Ayniqsa, bu strukturani aniqlash nazariy sotsiologiya, metodologiya va empirik tadqiqotni ajratib olishlik bilan ko‘pincha yuzaga keladi.
Lekin bu sotsiologiyaning komponentlarini ajratib olish umumiyroq manoga ega, natijada esa fanning murakkab va har xil ko‘rinishga ega bo‘lgan strukturasining mazmuni kashf etilmaydi. Shuning uchun to‘laroq va har tomondama hususiyatga ega bo‘lish bilangina sotsiologiyani strukturasini ko‘rsatib berish lozim. Sotsiologiya strukturasida fundamental va amaliy yo‘nalishlarni, nazariy va empirik tadqiqotlarni, mahsus va tarmoq sohalarni ajratib ko‘rsatish darkor. Ular bir-birlari bilan juda murakkab o‘zaro dialektik aloqodorlar. Ayrim hollarda bir-birlariga qo‘shilib ketadilar, boshqa holatlarda esa bir-birlarinn inkor qiladilar. Tadqiqotimiz ilmiy, teran bo‘lishligi uchun sotsiologiya strukturasini bu elementlarini alohida tahlil qilib chiqishga harakat qilamiz.

Download 61.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling