Kirish. Asosiy qism. Fe'l turkumining o'rganilishi


Download 39.04 Kb.
bet1/8
Sana05.01.2022
Hajmi39.04 Kb.
#220204
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
o'zbek tilida fe'l


Mavzu: O’zbek tilida fe’l so’z turkumi

Reja

  1. Kirish.

  2. Asosiy qism.

  1. Fe'l turkumining o'rganilishi.

  2. Fe'lning semantik-grammatik tabiati.

  3. Sodda yasama fe’llarning ma’no imkoniyatlari.

  1. Xulosa.

  2. Foydalanilgan adabiyotlar.


Kirish

Har bir xalqning madaniyati va ma'naviyatining tub asosida milliy til turishi isbob talab etmaydigan haqiqatdir. Yurtimizning Birinchi Prezidenti I.A.Karimov so’zlari bilan aytganla, “Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jazibasi bilan singari. Ona tili - bu millatning ruhidir”. Shu nuqtayi nazardan aytadigan bo’lsak, tilimizning nozik ma'no ifodalarini bilish va nutq jarayonida til imkoniyatlaridan to’laqonli foydalanish uchun til hodisalari tabiati, umumiy, xususiy jihatlari haqida har bir kishida, ya’ni shu tildan foydalanuvchilarda tilimiz keng imkoniyatlari to’g’risida ozmi-ko’pmi ma'lumot bo’lishi lozim. Til imkoniyatlari bevosita va bilvosita og’zaki va yozma so’z shaklida ro’yobga chiqadi. Bunda tadqiqotimiz manbayi bo’lgan fe’l turkumiga oid so’zlar guruhi ham faol qo’llanadi.

Fe'l leksemalari ma'no imkoniyatalri nihoyatda boy. Buning birlamchi sababi shundaki, fe'llarning aksariyati umumturkiy so’zlar hisoblanadi. Umumturkiy so’zlarda, odatda, ma'no imkoniyat keng taraqqiy topgan bo’lishi tabiiy. Chunki ular qadimiy tadrijiy rivojlanish bosqichi davomida turli semalar ifoda etishga ixtisoslashib borgan. Ikkinchidan, nutqimizda boshqa turkum so’zlariga nisbatan fe'llardan ko’proq foydalanamiz. Mana bu holat ham fe'l ma'no imkoniyatlarining kengayishiga zarurat tug'dirgan desak, yanglishmaymiz.

Fe'l turkumiga oid so’zlarning luqaviy ma'no guruhlari o’ta keng. Ular haqida manbalarda fikrlar aytilgan. Biroq fe’lning ma’no imkoniyatlari haqidagi fikrlarni yetarli deb bo’maydi. Qolaversa, aytigan ayrim fikrlarni to’ldirish,sistemalashtirish, yig’ish, o’rni bilan ularga munosabat bildirish bugungi kun fani oldida turgan vazifalardan biridir.




Download 39.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling