Kirish. Asosiy qism. Fe'l turkumining o'rganilishi
Sodda yasama fe’llarning ma’no imkoniyatlari
Download 39.04 Kb.
|
o'zbek tilida fe'l
Sodda yasama fe’llarning ma’no imkoniyatlari.
Manbalarda fe’lning yasalishi borasida yetarlicha fikrlar mavjud. Fe’l turkumiga xos yasovchi affikslarning ma’no imkoniyati umumiy so’z yasovchi affikslarning uslubiy xususiyatlari bilan bog’liq. Fe’l yasashga xizmat qiluvchi qo’shimcha shakllar, ularning grammatik tabiati borasida tadqiqotchilar tomonidan bir qator fikrlar aytilgan. Biz bu o’rinda faol fe’l yasovchi affikslarning qo’shimcha ma’no imkoniyatlari borasida to’xtalishni maqsad qildik. Nisbatan keyingi tadqiqotlarda faol so’z yasovchi affikslar sifatida -la, -lan, - lash, -lantir, -lashtir kabilar aytilishida ishimizning oldingi bandida aytib o’tdik. Tilshunos olim A.Hojiyevning ta’kidlashicha, fe’l yasovchi boshqa affikslar o’z vazifasini to’xtatib, mahsulsiz affikslarga aylangan. Bu kabi (jumladan, - a:guldurra; -i: boyi, tinchi; - a(r): oqar, ko’kar; -a(y): sarg’ay, ko’pay) affikslarning mahsulsiz bo’lishiga sabablar bor. -la affiksi. Fe’ldan boshqa barcha turkum so’zlardan fe’l yasashga xizmat qiladi. Bu shakl otdan fe’l yasaganda quyidagi ma’no ifodalarga ega bo’ladi. Asbob-qurol bildiruvchi so’zlarga qo’shilib, asosdan anglashilgan asbob- qurol bilan bajariladigan ishni qilish ma’noli fe’l yasaydi: egovlamoq, arralamoq, randalamoq, qoliplamoq va h.k. Predmetni so’z yasalish asosidan anglashilgan narsa bilan ta’minlash, shunga ega qilish ma’noli fe’llar yasaydi: moylamoq, nikellamoq, asfaltlamoq kabi. Xlorlamoq, magnitlamoq, mazutlamoq so’zlari nisbatan yangi so’zlar sanaladi. Predmetni so’z yasalish asosidan anglashilgan joy, holatga olish ma’noli fe’llar yasaydi. Bunda so’z yasalish asosi kishi tana a’zolarini bildiruvchi so’zlar bo’ladi: orqalamoq, yelkalamoq, quchoqlamoq, changallamoq va b. Predmetni so’z yasalish asosi anglatgan narsani yuzaga keltirish, hosil qilish ma’noli fe’llar yasaydi: buklamoq, burdalamoq, g’aramlamoq, kukunlamoq va b. So’z yasalish asosidan anglashilgan narsani, ish-harakatni qilish, bajarish, yuzaga keltirish ma’noli fe’llar yasaydi: davolamoq, yakunlamoq, jazolamoq, hisoblamoq va b. Shaxs yoki predmetda so’z yasalish asosi anglatgan narsaning yuzaga kelishi, paydo bo’lishi ma’noli fe’llar yasaydi: gullamoq, boshoqlamoq, shoxlamoq, terlamoq va h.k. Joy, makon, shuningdek, narsaning yo’nalishi, joylashish o’rnini, tomonini bildiruvchi so’zlardan shaxs yoki predmetning shu o’rin, tomonga bo’lgan, shu obyektdagi harakatini, yo’nalishini bildiruvchi fe’llar yasaydi: balandlamoq, pastlamoq, olislamoq, oralamoq kabi. Mazkur shakl belgi bildiruvchi so’zlar, ya’ni sifat va ravishlardan ham so’z yasay oladi. Bu qo’shimcha sifatning ma’no jihatdan barcha turidan emas, balki holat-xususiyat, shakl sifatlaridan so’z yasay oladi. Bu qo’shimchaning ravishdan fe’l yasashi cheklangan. Nutqimizga oid narsa-tushunchalarni anglatuvchi so’zlardan -la affiksi yordamida so’z yasalish asosi bildirgan narsani aytish, nutqiy ifodalash ma’noli fe’llar yasaladi; onamlamoq, ruschalamoq, sizlamoq. -lan affiksi. Bu affiksning -la hamda nisbat shaklini yasovchi -n affiksining birikuvidan hosil bo’lgani lingvistik adabiyotlarida aytilgan. Mazkur murakkab qo’shimcha quyidagi tipdagi fe’llar yasaydi.
Shaxs yoki predmetda so’z yasalish asosidan anglatgan narsaning yuzaga kelishi, paydo bo’lishi ma’noli fe’llar yasaydi: rohatlanmoq, odatlanmoq, tashvishlanmoq, shubhalanmoq kabi. Shaxs yoki narsa-predmetning so’z yasalish asosi anglatgan ish, narsani qilish ma’nosidagi fe’llar yasaydi: harakatlanmoq, himoyalanmoq, foydalanmoq, oziqlanmoq kabi. So’z yasalish asosi anglatgan narsaga o’zini ega qilish ma’noli fe’llar yasaydi: qurollanmoq, odatlanmoq, qanoatlanmoq kabi. Tuzsizlanish, Download 39.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling