Kirdi-chiqdi, oldi-berdi, oldi-sotdi kabi juft fe’llar ot so’z turkumi guruhidan o’rin olganligiga guvoh bo’lamiz.
Takror fe’llar bir fe’lning takroridan hosil bo’ladi. Ularning ayrimlari ot so’z turkumiga o’tganligiga ham guvoh bo’lamiz. Dedi-dedi, mindi-mindi (o’yin turi), mish- mish (emish-emish) kabilar bunga misol bo’ladi.
Fe'lning sintaktik tabiati borasida manbalarda yetarlicha fikr bayon etilgan.Bu o’rinda quyidagilarni aytish bilan cheklanamiz. Fe'llar chapda boshqa so’zlar bilan boqlanib, kesim, ega, to’ldiruvchi, hol, aniqlovchi vazifasida kelishi mumkin. Buning uchun fe'l maxsus shakllarga ega bo’ladi. Turli gap bo’laklari vazifasida kelish uchun xoslangan fe'l shakllari fe'lning vazifa shakllari sanaladi.
Xullas, fe'l turkumiga oid so’zlar semantik, morfologik, sintaktik jihatdan o’z tabiatiga ega. Uning semantik jihati nisbatan o’zgaruvchan bo’lib, morfologik, sintaktik tabiati esa nisbatan barqarordir.
Biz bu o’rinda mazkur turkumning grammatik, qisman semantik xususiyatiga qisqa to’xtaldik. Ishimizning keyingi bo’limlarida fe'lning semantik xususiyatiga alohida to’xtalamiz. Qolaversa, fe'l turkumining semantik xususiyati, ma'no tuzilishi, ma'no jihatdan turlari alohida kuzatishni talab etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |