Bevosita kuzatish usuli. Bu usulning xarakterli tomoni shundaki, tekshirishni
amalga oshirayotgan tashkilotning vakili kuzatishda bevosita qatnashadi. U
kuzatayotgan narsalarni birma-bir ko`rib, sanab, tortib va o`lchab, olingan natijalarni
kuzatish varaqasiga yozadi. Masalan, kuzatuvchi paxta punktidagi paxtani maxsus
asboblar bilan tekshirish natijasida uning 80 foizi birinchi, 15 foizi ikkinchi, 5 foizi
uchinchi nav ekanligini aniqlaydi. Bu erda kuzatuvchi boshlang’ich ma`lumotlarni
olishda bevosita kuzatish usulini qo`llaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |