2.2.-chizma. Statistik kuzatishning tashkiliy masalalari
Kuzatish organi – bu statistik kuzatishni bevosita tashkil qiladigan va
o`tkazadigan tashkilotlardir.
Kuzatish vaqti va muddati kuzatishni qachon va necha kunda amalga
oshirishni aniqlaydi. Masalan, 1989 yilga aholi ro`yxati 12 yanvardan 19
yanvargacha bo`lgan, 8 kun davomida o`tkazilgan. SHu davr aholi ro`yxati uchun
kuzatish muddati edi.
Kritik fursat (moment) deyilganda ma`lumotlarni ma`lum vaqt (daqiqa, soat,
kunga)ga to`g’rilab (moslab) ro`yxatga olish tushuniladi. Aynan shu holatga
nisbatan hodisalar ro`yxatga olinadi. Masalan, 1989 yilgi aholi ro`yxatida kritik
fursat 11 yanvardan 12 yanvargacha o`tar kechasi – soat 24 ga belgilangan edi.
Mavjud aholi aynan shu fursatga to`g’rilab ro`yxatga olingan, ya`ni 12 yanvar soat
00 gacha tug’ilgan bolalar ro`yxatga olingan, undan keyin tug’ilganlar esa ro`yxatga
olinmagan. SHu vaqtgacha o`lgan shaxslar esa ro`yxatdan o`tmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |