2.1-chizma Statistik kuzatishning dasturiy-uslubiy masalalari
Kuzatish dasturi deyilganda o`rganilayotgan to`plamning har bir
boshlang’ich unsuri haqida kuzatish davomida qayd (registratsiya) qilinishi lozim
bo`lgan belgilar to`plami tushuniladi. Masalan, aholi ro`yxati dasturi – bu ro`yxat
varaqasiga va boshqa formulyarlarga kiritiladigan savollar bo`lib, ro`yxat o`tkazish
jarayonida mamlakatdagi har bir kishi yoki aholining ayrim guruhlaridan bu
savollarga javob olinadi.
Kuzatish ob`ekti deyilganda o`rganilayotgan hodisa va jarayonlar to`plami
tushuniladi.
Ayrim hollarda kuzatish ob`ektini belgilayotganda maxsus tsenzlardan
foydalaniladi. TSenz deganda barcha ob`ektlar ichidan ayni kuzatishda hisobga
olinishi lozim bo`lganlarini belgilash uchun qabul qilingan ma`lum miqdoriy me`yor
tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |