2-Mavzu statistik kuzatish uslubiyati reja


Statistik kuzatish shakllari,turlari va usulari


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/22
Sana09.01.2022
Hajmi0.74 Mb.
#262739
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
Bog'liq
2 Мавзу.Статистик кузатиш услубияти (маъруза матни) dd77d05e0d590bfe49ce2cf05a110b8b

2.2. Statistik kuzatish shakllari,turlari va usulari 

Mamlakatimizda statistik kuzatish ikki shaklda:  

  statistik hisobotni taqdim etish; 



  maxsus  uyushtirilgan  statistik  tekshirishlarni  amalga  oshirish 

yo`li bilan tashkil etiladi (2.3.-chizma).  

 

 



 

 

 



 

 

2.3-chizma. Statistik kuzatish shakllari 

Statistik kuzatishning tashkiliy masalalari 

Kuza-

tish 


organi  

  

Kuzatish 



vaqti va 

muddati


 

Kuza-


tish 

joyi 


 

Kadrlarni 

tanlash 

va 


o’qitish  

Kuzatish varaqa-

larini ko`payti-

rish va joylarga 

jo`natish

 

Statistik kuzatish shakllari 



Statistik hisobot 

 

Maxsus uyushtirilgan 



statistik kuzatishlar

 



Statistik  hisobot  deyilganda  Makroiqtisodiyot  va  statistika  vazirligi  yoki 

uning  mahalliy  tashkilotlari  hamda  Moliya  vazirligi  tomonidan  tasdiqlangan, 

tegishli  ko`rsatkichlarga  ega  bo`lgan,  mustaqil  balansda  turuvchi  barcha  korxona, 

muassasa  va  tashkilotlar  tomonidan  belgilangan  muddatlarda  qonuniy  tartibda 

uyushtiriluvchi,  statistika  va  yuqori  tashkilotlarga  yuborilib  turiladigan  hisobot 

shakllari tushuniladi.  

Hisobot  statistik  kuzatishning  asosiy  shakli  bo`lib,  u  barcha  korxonalar  va 

tashkilotlar faoliyati haqidagi boshlang’ich haqqoniy ma`lumotlarni keng dasturda 

muttasil olib turish imkoniyatini yaratadi. Buxgalteriya va operativ-texnika hisobi 

hujjatlarida  qayd  etilgan  boshlang’ich  hisob-kitob  yozuvlari  hisobot  uchun 

ma`lumotlar manbai hisoblanadi.  

Hisobot  buxgalteriya  hisoboti  va  statistik  hisobotlarga  bo`linadi. 

Buxgalteriya hisoboti buxgalteriya balansi va schetlaridagi ma`lumotlarni sharhlash 

va batafsil tekshirish uchun xizmat qiladi.  

Statistik  hisobotning  asosiy  vazifasi  xalq  xo`jaligini  rivojlantirish  bo`yicha 

ko`zlangan  rejalarning  bajarilishi  ustidan  nazorat  olib  borishdir.  Har  bir  statistik 

hisobotda quyidagi uch turdagi ma`lumotlar keltiriladi:  

  joriy davrda haqiqatda erishilgan ko`rsatkichlar; 



  joriy davr rejalarida ko`zlangan topshiriqlar; 

  o`tgan (bazis) davrda haqiqatda erishilgan ko`rsatkichlar. 



Har bir hisobot shakli quyidagi rekvizitlarni (unsurlarni) o`z ichiga oladi: 

  hisobotning nomi va raqami; 



  tasdiqlangan vaqti; 

  taqdim etiladigan manzili; 



  qaysi  davr  uchun  tuzilayotganligi  va  qachon  yuborilishi 

lozimligi; 

  hisobotni yuborayotgan tashkilotning manzili; 



  hisobot ma`lumotlari yoziladigan jadval maketi; 

  o`lchov birliklari; 



  korxona rahbarlarining imzosi va muhr bosilgan vaqt. 

Bunday  hisobotni  har  bir  korxona,  muassasa  va  tashkilot  belgilangan 

muddatda tzib, statistika tashkilotlariga topshirishga majburdirlar. Bu tartibga rioya 

qilmaslik hisobot intizomini buzish demakdir. 

Statistik kuzatish quyidagi turlarga bo`linadi (7-chizma).  




Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling