2.2.Statistik kuzatishni tayyorlash uslubiyati.
Statistik kuzatishni tashkil qilish va uni o'tkazishda qo'pol xatolarga
yo"1 qo"yilsa. statistik kuzatish natijalarining samaradorligi pasayadi. Shllning
uchun ham bu murakkab ishni boshlashdan oldin har tomonlama muhokama va
ekspertiza qilingan kuzatish rejasini tllzish zarur. Statistik kuzatish rejasi dasturiy-
llslllbiy va tashkiliy masalalarni o"z ichiga oladi.
O`rganilayotgan hodisa va voqealarni tavsiflovchi ma`lumotlar yagona dastur
va metodologiya asosda to`planishi lozim. Ma`lumotlarni to`plash dasturi va
metodologiyasi hamma hududlar, idora va tashkilotlar hamda davrlar uchun bir xil
bo`lishi kerak. Aks holda ular taqqoslama bo`lmaydi va ilmiy tekshirish uchun
yaroqsiz hisoblanadi.
Kuzatishning dasturiy-uslubiy masalalari quyidagilarni o`z ichiga oladi (2.1-
chizma).
Do'stlaringiz bilan baham: |