2-mavzu. Tabiatshunoslik ta’limotining shakllanishi va rivojlanishi. Boshlang‘ich maktab tabiatshunoslik fanining ta’limiy va tarbiyaviy vazifalari reja
Download 36.55 Kb.
|
2-ma\'ruza tabiatshunoslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tabiatshunoslik
Tushunchalar hajmiga qarab, alohida va umumiy bo’ladilar. (Masalan, tabiatshunoslik kursida «O’z o’lkamizning tabiati», «Tabiatda mavsumiy o’zgarishlar» tushunchalarini umumiy deb atash mumkin, ular hissiy qabul qilishlar bilan bog’liqdir va alohida tushunchalar, umumiy tasavvurlardan iborat. Alohida va umumiy tushunchalar ham geografik, ham biologik kelib chiqishiga ega bo’lishi muinkin.
Geografik tushunchalar alohida (Toshkent) va umumiy (tog’lar, foydali qazilmalar) tushunchalarga, biologik tushunchalar tur (chittak, lola, archa, avlod, hayvonlar, bargli o’simliklar) tushunchalariga bo’linadi. Har xil tushunchalarni shakllantirishda tasavvurlar bilan tushunchalar o’rtasiga chegara qo’yish mumkin. Tasavvurlar tobora umumlashib borib, tushuncha belgilariga ega bo’ladi. Tushuncha muayyan holga kelib, tasavvurga o’tadi. Tabiatshunoslik kursida tabiat va odamlar faoliyatini o’rganishda dastur qator tasavvur hamda tushunchalarning o’zlashtirilishini nazarda tutadi. Birinchi tabiatshunoslik darsida o’quvchilar «tabiat», «jonsiz tabiat», «jonli tabiat» kabi tushunchalar bilan tanishadilar va maktabgacha bo’lgan yoshda ham 1-4-sinflarda shakllangan tabiatning real qismlari va hodisalari to’g’risidagi tasavvurlar sistemaga olinadi. Tushunchalarning eng muhim belgilari sistemalashtirishning asosi bo’ladi. Masalan, «jonsiz tabiat» tushunchasi shunday eng muhim belgilarga egaki, ularni kichik maktab bolalari ham aniqlab olishlari kerak: jonsiz tabiat jismlari ovqatlanmaydilar, o’smaydilar, nafas olmaydilar, ko’paymaydilar. Bu tushunchalar keyinchalik tabiatshunoslikni o’rganishda chuqurlashadi va kengayib boradi. Tushunchalar umumiylashtirish, ya’ni umumiy xossalarga ega bo’lgan jism va hodisalarni birlashtirish jarayonida shakllanadi. Umumlashtirish narsa va hodisalar muhim belgilari bo’yicha birlashtirilgandagina to’g’ri hisoblanadi. Masalan, «metall» tushunchasi quyidagi: jaranglash, issiqlik o’tkazish xususiyati, erish (4-sinf) kabi umumiy belgilarga ega. Tushunchalarni shakllantirishda shuni nazarda tutish kerakki, tushuncha ayrim elementlardan tarkib topadi. Chunonchi, «tepalik» tushunchasi quyidagi elementlardan: cho’qqisi, tagi, tik yonbag’irlik, yotiq yonbag’irlik kabilardan tarkib topadi. «Daryo» tushunchasi quyidagi unsurlami: quyilish joyi, boshi (boshlanishi), o’zani, o’ng va chap qirg’og’i kabilami o’z ichiga oladi. Tabiat obyektlari va hodisalari to’g’risida to’g’ri tushuncha hosil qilish uchun avval ularni kuzatish, keyin ularning tasvirini (surat, jadval, xarita, sxema) qarab chiqish, o’qituvchining hikoyasi yoki suhbatini eshitish va olingan tushunchani darslik bo’yicha mustahkamlash kerak. O’qituvchining maqsadga yo’nalgan ishi tushunchalarning muvaffaqiyatli shakllanishiga yordam beradi. Yakka tabiatshunoslik tushunchalarini shakllantirish. Yakka tushunchalar boshqa narsalar, hodisalarga xos bo’lgan yakka belgilardir. Agar umumiy tushunchalar atamalar bilan mustahkamlansa, yakka tushuncha nom yoki shaxsiy ism bilan ifodalanadi, chunki uning nomida boshqa obyekt bo’lmaydi. O’quvchilar e’tiborini obyektning umumiy tushuncha bilan bog’lanishiga qaratmoq, ya’ni obyektning yakka xususiyatini ta’kidlamoq zarur; agar u geografik obyekt bo’lsa, unda obyektga fazoviy xarakteristika berish, ya’ni joylashgan o’rnini xaritadan aniqlash kerak. Tabiatshunoslik tushunchalarini shakllantirishda umumiy bo’lmagan tushunchalardan umumiyroq bo’lgan tushunchalarga kelish bo’yicha o’tkaziladigan mashqlar katta ahamiyatga ega. Masalan, tur do’rasidagi «bo’ri», «tulki», «yo’lbars», «sher» tushunchalari avlod do’rasidagi «yirtqichlar» tushunchasiga kiradi. Bunda farq ettiruvchi xususiyatlar (tur belgilari): junlarining rangi, tana tuzilishi, harakatlanish xususiyatlari shu hayvonlaming tashqi ko’rinishidayoq ma’lum bo’ladi. Ularning avlod do’rasidagi umumiy belgisi boshqa hayvonning go’shti bilan oziqlanish qobiliyatidir. O’quvchilarni avlod do’rasidagi belgilarni tur do’rasidagi belgilardan farqlashga o’rgatish uchun har bir tushuncha aniq ifodalangan va aniq belgilarni o’zida saqlagan bo’lishi kerak. Masalan, «na’matak, siren, ligustrumlar — buta», degan ta’rif noto’g’ri, chunki unda aniqlik yo’q. Buning o’miga «na’matak, siren, ligustrumlar — buta, chunki ularda asosiy poya yo’q, ildizdan esa birdaniga bir nechta novdalar o’sgan», deyish kerak. Yakka tushunchalarni shakllantira borib, umumiy tushunchani ochishga alohida e’tibor berish lozim. Chunonchi, «daryo» umumiy tushunchasini shakllantirish uchun daryoni kuzatish, tahlil qilish va umumlashtirish jarayonida uning muhim belgilarini ajratish kerak. Buning uchun o’qituvchi xaritadan Sirdaryo, Amudaryo, Chirchiq daryolarini ko’rsatishi, ya’ni yakka tushunchalar berishi va bolalardan nimalar umumiy ekanligini so’rashi mumkin. (Ularning hammasi oqimga, boshlanish va quyilish joyiga, irmoqlarga, o’ng va chap qirg’oqlariga ega). Shu belgilar asosida «daryo» umumiy tushunchasi shakllantiriladi. Tabiatshunoslik darslarida yakka tushunchalardan tashqari yig’ma tushunchalar ham shakllantiriladi. Ular umumiy belgilarga ega bo’lgan yakka mintaqa tushunchalardan tarkib topadi. Masalan, cho’llar uchun xos o’simliklar (saksovul, qum akatsiyasi, yantoq)ni bir zonada bo’lishi va umumiy belgilari (uzun ildizlar, yirik barg plastinkalarning yo’qligi, tikanlarning bo’lishi) birlashtiradi. Yig’ma tushunchaga kiradigan har bir yakka tushuncha o’zining individual xususiyatlarini saqlaydi. Subtropik o’simliklar dafna, magnoliya, choy, kiparis cho’l o’simliklari — saksovul, qum akatsiyasi, yantoqdan keskin farq qiladi. Shunday qilib, o’simliklar uchun ularni bir tushurfchaga birlashtiradigan mintaqaviy belgilar umumiy hisoblanadi. Umumiy tushunchani shakllantirib, keyin har bir zona o’simliklarining individual xususiyatlarini jadval, surat, gerbariylardan ko’rsatib o’rganishga o’tish kerak. Tabiatshunoslik tushunchalarini samarali o’zlashtirilishini ta’minlovchi metodik sharo’tlar. O’quv materialini o’quvchilar tomonidan puxta o’zlashtirmaslik hollari ham mavjud. Buning sababi shundaki, ularning bilimlari tasavvurlar darajasida qolgan. Darsda bir mavzu bo’yicha shakllantirilgan tushunchalar keyinchalik rivojlantirilmaydi va boshqa tushunchalar bilan bog’lanmaydi. Tushunchalarni rivojlantirishning zarur sharo’ti tizimdir. Jumladan, tabiatshunoslik tushunchalarining hosil bo’lishi muayyan metodik sharo’tlarda amalga oshadi. Chunonchi: tabiiy obyektni kuzatishlar; qabul qilishni aniqlovchi mashqlar; o’qituvchining hayajonli hikoyasi qabul qilishning to’g’ri bo’lishini ta’minlaydi. O’qituvchining savollari; yoddan rasm chizish, har xil narsalarni tanib olish bo’yicha mashqlar tasavvurlarning to’g’ri bo’lishiga yordam beradi. Tushunchalarning to’g’ri bo’lishini esa: Muammoning aniq qo’yilishi; O’qituvchi tomonidan o’quv materialini bayon qilish mantiqi; Aniqlash va taqqoslash bo’yicha mashqlar; Tushunchalarni bog’lovchi va rivojlantiruvchi takrorlash tizimi; Umumlashtirishni talab qiluvchi savollar; Tushunchalarni o’quv va ko’nikmalar bilan bog’lovchi savollar ta’minlaydi. Tabiatshunoslik tushunchalari bevosita qabul qilish — kuzatishlarga asoslanib, o’rganilayotgan narsa yoki hodisa to’g’risida aniq va ravshan tasavvur hosil qilingan sharo’tda to’g’ri bo’lishi mumkin. Tushunchani birlamchi tarzda hosil bo’lishida obyektlar va ko’rgazmali materialning har xil turlari (jadvallar, sxemalar, suratlar va hokazolar) katta ahamiyatga egadir. O’quvchilar tafakkurini rivojlantirmasdan, ularni fikrlash ishiga jalb qilmasdan turib tushunchalarning o’zlashtirilishiga erishish mumkin emas. O’quvchilarning fikrlash faoliyatini rag’batlantirish uchun o’qituvchi mavzu va darsni boshlab, ular oldiga muammolar qo’yadi. O’quv materialini bayon qila borib, o’quvchilarni sabab va oqibatlarni, tabiat hodisalari o’rtasidagi bog’lanishlarni aniqlashga jalb qilishga harakat qiladi. Jonajon o’lkaning tabiati mavzusi misol bo’lib xizmat qilishi mumkin, unda har xil o’simliklar hayotining tuproq, suv, oziq moddalar va boshqa omillarga bog’liqligi (3-sinf), o’simlik va hayvonlar hayotining tabiiy sharo’tlarga bog’liqligi (4-sinf) ko’rsatilgan. Tabiatshunoslik tushunchalarining o’zlashtirilishida predmetlararo (nutqni rivojlantirish, o’qish, matematika, ona tili, musiqa, ashula, mehnat, rasm olish bilan) aloqa o’rnatish muhim rol o’ynaydi. Predmetlararo aloqadan muntazam, uzluksiz foydalanish bolalarni ilgari olingan bilimlarini hayotda qo’llashga, o’quv faoliyatlarining barcha turlarida mantiqiy bog’lanish o’rnatishga o’rgatadi. O’quvchilarni faol fikrlashlarini tarbiyalashda o’qituvchining savollari katta rol o’ynaydi. Tabiatshunoslik darslarida darslik matnini tiklashda (esga olishda) tahlilni, sintezni, umumlashtirishni talab qiluvchi savollar berish kerak. Javobda sintezni, talab qiluvchi, tushunchalarni kengaytiruvchi savollar alohida ahamiyat kasb etadi. Bunga quyidagi savollar misol bo’lishi mumkin: cho’lda yashovchi hayvonlarning qaysi moslanishlari ularga qurg’oqchilikka va jazirama issiqqa chidashga yordam beradi? Dasht va cho’l tabiatining o’xshashligi nimada? Nima uchun tundrada katta daraxtlar o’smaydi? va hokazolar. Tushunchalarni rivojlantiruvchi savollar majmuasi tabiiy narsalarni jadvaldagi ularning tasviri bilan taqqoslashni, sxemalar chizishni, doskada ularni rasm va gerbariylar bilan uzviylashtirishni o’z ichiga oladi. Masalan, 3-sinfda quyidagilar shunday savollardan bo’lishi mumkin: chigit ekilgandan keyin unda qanday jarayon boradi? Qish vaqtida daraxt bilan butani bir-biridan qanday ajratish mumkin? Yerda hamma tomonlaiga harakat qilganda ham janubga boradigan joy bormi? (Xarita yoki globusdan ko’rsating). Tabiatda suv aylanishining sxematik tasvirini bering. O’quvchilar jadvaldan foydalanib, o’simlik va hayvonlaming tashqi xususiyatlarini taqqoslaydilar, ular har xil tabiiy sharo’tlarda yashashga qanday moslanganliklarini hikoya qiladi. Tushuntirish jarayonida o’qituvchi o’quvchilarning o’z ijodiy daftarlariga ko’chirib olishlari uchun doskaga oddiy sxemalarni chizishi mumkin. O’quvchilarga uyda sxemalar chizishni taklif qilish ham mumkin, kelgusi darsda esa chizilgan sxemalar birgalikda aniqlanadi va to’ldiriladi. Shunga o’xshash ishlar o’qituvchi tomonidan oldindan ilib qo’yilgan jadvallami to’ldirish bo’yicha ham o’tkaziladi. Jadvallar taqqoslash va umumlashtirish uchun sinfda (umumlashtiruvchi darslarda) hamda uyda to’ldirilishi mumkin. Solishtirma jadvallar sinfdagi amaliy ishlarda tirik tabiat burchagida hamda maktab o’quvtajriba maydonchasida tajribalar o’tkazishda qo’laniladi. Jadval materiali bilan olib boriladigan kontrol ishlar har bir o’quvchining muayyan tushunchalarni qanchalik o’zlashtirganligini aniqlashga imkon beradi. O’quv yili oxirida tabiatshunoslik bo’yicha quyida keltirilgan shakllarda mustaqil ish o’tkazish mumkin. Download 36.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling