Sintez bog’lanishlar o’rnatish, umumlashtirish va xulosa chiqarishdir (g’alla o’simliklarining ildizlari ko’pgina ingichka ildizchalardan iborat; poyasi kovak — poxolcho’p; bargi ensiz va uzun; mevasi — don).
Fikrlash natijasida ilgari ko’rilmagan yangi bog’lanishlarni o’rnatsa bo’ladi. Tafakkur jarayonida o’quvchi fikr yuritadi, tahlil qiladi, zarur bog’lanishlami aniqlaydi, unga berilgan aniq vazifaga mos keladigan yechim uslublarini fikran tanlaydi va qo’llaydi. O’qituvchi bolalarning har xil tushunchalardan foydalanishlarida, mantiqiy tafakkurning ayrim operatsiyalari jarayonida fikr yuritganlarida bu xatolami osonlik bilan payqaydi.
«Nima uchun?», «Nimaga?» savollariga javob talab qilib, o’qituvchi bolalami o’z fikrlarini asoslashga, o’z oldilariga savollar qo’yishga va ularga to’g’ri javob berish uchun harakat qilishga o’rgatadi.
Nazorat savollari
Taqqoslash nima?
Taqqoslash uchun topshiriqlar tuzishda qanday talablarga rioya qilish kerak?
Mavhumlashtirish va konkretlashtirish tushunchalarini shakllantirish qanday ahamiyatga ega?
Tabiatshunoslik tushunchalarini shakllantirishda umumlashtirishdan qanday foydalanish mumkin?
O’quvchilarda mantiqiy fikmi shakllantirishda o’qituvchi qanday vazifalami bajarishi kerak?
Tahlil nima?
Sintez deganda nimani tushunasiz?
Analiz va sintezning tabiatshunoslik tushunchalarini shakllantirishdagi ahamiyatini qanday tushunasiz?
Jadvallar va solishtirma jadvallar tabiatshunoslik tushunchalarini rivojlantirishda qanday ahamiyatga ega? ,
O’quvchilarda mantiqiy tafakkumi rivojlantirish qanday ahamiyatga ega?
Do'stlaringiz bilan baham: |