2-mavzu. Tabiatshunoslik ta’limotining shakllanishi va rivojlanishi. Boshlang‘ich maktab tabiatshunoslik fanining ta’limiy va tarbiyaviy vazifalari reja
Download 36.55 Kb.
|
2-ma\'ruza tabiatshunoslik
3-sinfda
4-sinfda
O’qituvchi tushunchalar tarkibini bilib, ularni tashkil qiluvchi elementlar bo’yicha o’quvchilar bilimini obyektiv baholashi mumkin. Tushunchalarni o’zlashtirilishining qadrini bilish o’qituvchiga o’qitishning borishini fahmlashga, bilimni o’zlashtirish jarayoniga to’g’ri rahbarlik qilishga yordam beradi. Tushunchalarni ajratib o’qituvchi tegishli metodik uslublarni tanlaydi va qo’llaydi (savollami takrorlash tizimini puxta tuzadi, eng samarali ko’rgazmaii qurollami aniqlaydi). Tabiiy material bilan ish olib borilganda taqqoslashga, tafakkuming rivojlanuvchi mantiqiga alohida ahamiyat beriladi. Bu uslubning muhimligini hisobga olib, uni kengroq qarab chiqishga to’g’ri keladi. Taqqoslash — narsa va hodisalar o’rtasidagi o’xshashlik va tafovut belgilarini aniqlash demakdir. Taqqoslash — aqlning tahliliy ishi. Taqqoslash jarayoni murakkab, o’z ichiga sintez, umumlashtirish va xulosani oladi. O’quvchilar narsalaming belgilarini ajrata olsalar, muhimni uncha muhim bo’lmagandan farq qilsalar, bu sintez, umumlashtirish va xulosali taqqoslash bo’lishi mumkin, chunki bunda faqat muhim belgilar bo’yicha taqqoslash mumkin bo’ladi. Taqqoslash uchun topshiriqlar tuzishda quyidagi talablarga rioya qilish zarur: Faqat bir-biriga daxlli bo’lgan narsa va hodisalami, ya’ni ular o’rtasida o’xshashlik yoki tafovut bo’lganlari (archa va qarag’ay, zarang va chinor)ni taqqoslash kerak. Taqqoslash maqsadga yo’nalgan holda (masalan, bo’ri va it, it va mushuk) bo’lishi, taqqoslash faqat tashqi belgilari bo’yichagina emas, balki xarakteri va keltiradigan foydasiga qarab ham bo’lishi mumkin. Taqqoslash xulosa bilan tugallanishi kerak. Mashqni ikki narsa yoki hodisani taqqoslash bilan boshlamoq zarur. Keyin uch, to’rt va hatto undan ko’proq obyektlarni taqqoslash mumkin bo’ladi. Taqqoslashni bir-biriga qarama-qarshi jihatlami qo’yishdan boshlash qulay (qum sochiluvchan, loy esa yopishqoq). Bolalar asta-sekin faqat farq qiladigan belgilarni emas, balki o’xshashlarini ham ajrata boshlaydilar, hodisa va narsalaming eng muhim belgilarini aniqlaydilar. Kuzatish va suhbatlar taqqoslash uchun materialdir. Taqqoslashga kirishishdan oldin ularni qanday bilib borish kerakligini ko’rsatish kerak. Suhbat jarayoni shu ma’noda juda qulay. Chunonchi, 3-sinfda «O’simlik va hayvonot olami» mavzusini o’rganishda tabiatdagi kuzatishlardan keyin ushbu savollar bo’yicha suhbat o’tkazish mumkin: sen yashayotgan joyda qaysi o’simliklar ariq bo’ylaridagi nam tuproqda, qaysilari ariqdan uzoqda — quruq tuproqda o’sadi? O’simlklar va hayvonlar hayotidagi o’zgarishlar jonsiz tabiatdagi qaysi o’zgarishlar bilan bog’liq? Nima uchun kuz oylarida havoning harorati o’zgaradi? Suvda o’sayotgan qamish quruqda o’sayotganlaridan tashqi ko’rinishi bo’yicha nima bilan farq qiladi? Qurbaqa va baqaning tuxumlarida qanday farq bor? Maktab maydonidagi gulzorda o’suvchi o’simliklarni poyasi, barglari, gullari, mevalari bo’yicha taqqoslashni taklif qilish mumkin. Taqqoslash asta-sekin mustaqil hikoya belgilarini kasb etib boradi. Taqqoslash yordamida o’qituvchi O’quvchilar bevosita kuzatmagan, yaqqol ko’rmagan, qabul qilish vositasida sezgilari sezmagan hodisalar o’rtasidagi bog’lanishlarni ochib berishi mumkin. Tahlil butunni belgilangan qismlarga ajratish, maxsus belgilarga bo’lish, o’xshash narsalarda tafovutni ajrata bilishdir. Masalan, hamma g’alla o’simliklarining ildizi, poyasi, guli va mevasi bo’ladi. Ammo bu belgilarning o’xshashligida, masalan, bug’doy va makkajo’xorida farqlar ham bor. Download 36.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling