10-mavzu. Beton uchun yashlyatilyadigan toʼldiruvchilar reja


Download 1.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/48
Sana13.04.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1355019
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
Bog'liq
10 Мавзу



142 
10-MAVZU.
BETON UCHUN YASHLYATILYADIGAN TOʼLDIRUVCHILAR
 
Reja: 
1.Beton to‘ldiruvchilari. Betonlarning asosiy turlari va sinflari.
Betonlarga ishlatiladigan to‘ldiruvchilarga qo‘yiladigan talablar
2.Yengil va mayda zarrachali govak to‘ldiruvchilar asosidagi yengil
betonlarning xususiyatlari. 
To‘ldiruvchilar donadorlik tarkibiga qo‘yiladigan talablar 
Biz to‘ldiruvchilarning donadorlik tarkibini qanday aniqlash mumkinligi haqida bilib 
oldik, biroq olingan donadorlik tarkib texnik shartlarlarda keltirilgan talablarni 
qondiradimi degan savolga aniqlik kiritishimiz lozim. Berilgan suv-sement nisbatga 
ko‘ra zichlangan betonning mustahkamligi to‘ldiruvchining donadorlik tarkibiga 
bog‘liq emas, biroq uning yaxshi joylashuvchanligiga ta’sir qilishi asosiy xususiyat 
hisoblanadi. Biroq berilgan suv-sement nisbatga ko‘ra to‘liq zichlangan betonning 
mustahkamligining ortib borishi etarlicha yaxshi joylashuvchanligi sababli ham 
erishish mumkin. SHu sababli ham shunday beton qorishmasini tayyorlash lozimki, 
bunda kam mexnat sarflab maksimal zichlanishga erishish lozim. 
Shuni ta’kidlash lozimki, to‘ldiruvchilarning bir qancha ratsional donadorlik tarkiblari 
mavjud bo‘ladi. Fizik talablardan tashqari iqtisodiy samaradorlikni ham inobatga olish 
lozim, chunki beton arzon to‘ldiruvchilardan tayyorlanishi kerak, shu sababli ham 
to‘ldiruvchilarning donadorlik tarkibiga qattiq talab qo‘yiladi. 
To‘ldiruvchining donadorlik tarkibini aniqlashda quyidagi faktorlar inobatga olinadi: 
to‘ldiruvchining solishtirma yuzasi, bu to‘ldiruvchi yuzasini namlashda ketadigan suv 
miqdoriga qarab aniqlanadi; to‘ldiruvchining nisbiy hajmi, bu uning donalari orqali 
to‘ldiriladi; beton qorishmasining qulay joylashuvchanligi va uning qavatlanishga 
moyilligi. 
Shuni ta’kidlash lozimki, beton qorishmasining qulay joylashuvchanligi va uning 
qavatlanishi orasida farq mavjud. To‘ldiruvchining katta donalari orasidagi 
bo‘shliqlarga turli o‘lchamdagi mayda donalar qanchalik zich to‘ldirsa, bunday mayda 
to‘ldiruvchilar bu bo‘shliqlardan oson chiqa oladi. Beton qorishmasini tarkibini to‘g‘ri 
tanlashda qorishmadan yirik donalar ajralib qolmasligi lozim. 
To‘ldiruvchilarning fraksiyalash natijasida beton qorishmasining qavatlanib qolishiga 
yo‘l qo‘ymaslik lozim. Beton qorishmasini qulay joylashuvchanlik xususiyatiga ega 
holda ishlab chiqarishning yana bir sharti mavjud: Qorishma tarkibida №52 elakdan 
o‘tgan kerakli miqdordagi materiallar bo‘lishi lozim. Bu materiallar tarkibiga sement 
donalari ham kiradi, shu sababli ham moyli qorishmalarni qulay joylashuvchanligi 
uchun ularda mayda donadorli qumlar kam bo‘lishi lozim. 


143 
Agar qumning donadorlik tarkibida mayda donlar etarli bo‘lmasa, u holda 
mayda va yirik to‘ldiruvchilar orasida nisbat vaziyatni tuzatmaydi, o‘rta 
yiriklikdagi donalarning ko‘payishiga olib keladi, o‘z vaqtida beton 
qorishmasining qattiqligini oshiradi. Beton qorishmasining qattiqligi ortadi
qachonki uning tarkibida bironta yiriklikdagi donalar ortiqcha bo‘lsa. 

Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling