10-mavzu. Beton uchun yashlyatilyadigan toʼldiruvchilar reja


To‘ldiruvchilar xajmini tekis o‘zgarishi


Download 1.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/48
Sana13.04.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1355019
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
Bog'liq
10 Мавзу

To‘ldiruvchilar xajmini tekis o‘zgarishi 
To‘ldiruvchilarning hajmining tekis o‘zgarishi deganda to‘ldiruvchining fizik 
sharoitlarni o‘zgarishi natijasida uning o‘zgarishiga qarshiligi tushuniladi. 
To‘ldiruvchilarning hajmining notekis o‘zgarishini to‘ldiruvchi va sement 
ishqorlari orasida boradigan kimyoviy reaksiyalar tufayli kengayishidan farqlash 
lozim bo‘ladi. To‘ldiruvchilarning hajmining doimiy o‘zgarishining asosiy fizik 
sabablaridan biri, bu uning muzlashi va erishi, mo‘‘tadil xaroratda harorat 
deformatsiyasi, vaqtinchalik namlanishi va qurishi hisoblanadi. 
Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, to‘ldiruvchilar hajmining notekis o‘zgarishi, 
ya’ni yuqorida keltirilgan sabablarga ko‘ra hajmiy deformatsiyalar, betnni 
nurashiga olib keladi, natijada beton qavatlanadi, uning yuzasida uzun yoriqlar 
vujudga keladi, etarlicha chuqurlikda beton nurashi sodir bo‘ladi. Bunday 
nuqsonlar betonning yuzasida hamda konstruksiyalarda ham kuzatilishi mumkin. 
To‘ldiruvchilar hajmining notekis o‘zgarishi ayniqsa g‘ovak kremniyli 
slanetslarda, mayda g‘ovakli strukturali engil slanslarda, bir qancha turdagi gilli 
slanslarda, shishuvchi gil tarkibli oxaktoshlada, tarkibida gilli minerallar qisman 
montmorillonitli va illit guruxiga mansub bo‘lgan boshqa tog‘ jinslarida 
kuzatiladi. Masalan, modifitsirlangan doleritni namlanishi va qurishi natijasida 
nisbiy deformatsiya 0,0006 ga etadi. Bunday to‘ldiruvchi asosida tayyorlangan 
betonni o‘zgaruvchan namlash va quritishda nurashi yuzaga keladi, bu holat uni 
muzlashi va erishi davrida ham kuzatiladi. 
Amerika standarti ASTM C 88-05 hamda Britaniya standarti BS 812-121: 1989 
(2000) da to‘ldiruvchilarning hajmini tekis o‘zgarishini tadqiq etish metodikasi 
keltirilgan. Fraksiyalangan to‘ldiruvchi namunasi vaqti vaqti bilan natriy sulfat 
yoki magniy sulfat eritmasiga solinadi va so‘ngra 
quritiladi. To‘ldiruvchi g‘ovaklarida tuz kristallarini yuzaga kelishi, xuddi muz 
kabi donalarni nurashiga sabab bo‘ladi. 
Bir qancha sikllardan so‘ng to‘ldiruvchi donalari o‘lchami kichrayadi, bu o‘z 
vaqtida donadorlik tarkibni analizi davrida aniqlanadi, hamda to‘ldiruvchi 
hajmining notekis o‘zgarish darajasini belgilaydi. Olingan tadqiqot natijalariga 
asosan to‘ldiruvlarni ekspluatatsiya sharoitida o‘zini qanday tutishini taxminan 
aytish mumkin. Biroq olingan ma’lumotlar bu yangi turdagi to‘ldiruvchining 
yaroqliligi to‘g‘risidagi savolni echish uchun etarlicha bo‘lmaydi. 


144 
Boshqa usul bo‘yicha to‘ldiruvchilar namunasi ma’lum miqdordagi o‘zgaruvchan 
muzlatish va eritish sikliga tekshiriladi, ba’zan esa bu sinov ishlari shu 
to‘ldiruvchi asosida tayyorlangan qorishma yoki beton namunalari ustida 
bajariladi. Biroq bu sinov ishlarining birortasi ham to‘ldiruvchining normal 
haroratda nam-xaroratli real sharoitda o‘zini qanday tutishi haqida aniq ma’lumot 
bera olmaydi. 
Bundan tashqari, to‘ldiruvchilar beton tarkibida uzoq muddatga chidamliligiga 
muzlash va erish sharoiti qanday ta’sir etishini aniqlashning aniq bin usuli 
mavjud emas. Buning asosiy sababi shundan iboratki, to‘ldiruvchi bevosita uni 
o‘rab turgan sement toshi bilan bog‘langan bo‘ladi, shu sababli ham betonning 
ekspluatatsiya jarayonida to‘ldiruvchining uzoq muddatga chidamliligini 
baholash mumkin. 
Ayniqsa to‘ldiruvchilar sovuq ta’siriga ta’sirchan bo‘ladi. Bunga- g‘ovak 
kremniyli slanslar, gilli slanslar, oxaktoshning bir qancha turlari, qumtoshlar 
misol bo‘ladi. Bu tog‘ jinslarining xarakterli belgilaridan biri bu ularning yuqori 
suvshimuvchanligi bo‘lib, shuni ta’kiblab o‘tish kerakki ko‘pgiga uzoq muddatga 
chidamli to‘ldiruvchilar yuqori suvshimuvchanlik xususiyatiga ega bo‘ladi(3.1-
rasm). 
To‘ldiruvchilarning sovuq ta’sirida nurashi yuzaga kelishi uchun, etarli kritik 
sharoit yaratilishi lozim, bunda ma’lum suvshimuvchanlik va namlikni 
yo‘qotishga erishish lozim. Bunday kritik sharoitni yuzaga keltirish 
to‘ldiruvchidagi g‘ovaklar shakliga va kesimiga bog‘liq bo‘lib, to‘ldiruvchi 
donalarining suvshimuvchanlik tezigi va shmiladigan suvning miqdori, hamda 
suvning chiqib ketish tezligi bilan xarakterlanadi. 
To‘ldiruvchi tarkibida o‘lchami 4-5 mk bo‘lgan g‘ovaklarning mavjud bo‘lishi 
kritik sharoitni yuzaga keltiradi, chunki bunday g‘ovaklar suvni shimib olishi 
uchun katta xisoblanadi, biroq bunday o‘lchamlarda suvning xarakatlanishi muz 
ta’sirida qishinlashadi. Bunday yopiq g‘ovaklikda harorat - 20 
0
S bo‘lganda 
bosim 204 MPa gacha etadi. 
SHu sababli ham to‘ldiruvchini maydalanishi va uni o‘rab turgan sement toshini 
nurashini oldini olish maqsadida to‘ldiruvchi va suvni shunday aralashtirish 
lozimki, bunda gidravlik bosim o‘zining kritik xolatiga kelguniga qadar suv 
to‘ldiruvchining ichiga kirib borib uning barcha g‘ovaklarini to‘ldirishi lozim. 
Bu to‘ldiruvchining uzoq muddatga chidamliligini faqat beton tarkibida 
bo‘lgandagina aniqlash mumkinligini bildiradi. To‘ldiruvchining donalari 
etarlicha mustahkam bo‘lishi va muzning bosimiga chidamli bo‘lishi mumkin, 
biroq uning kengayishi uni o‘rab turgan qorishmani nurashiga olib kelishi 
mumkin. 



145 

Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling