2-Mavzu: Tadbirkorlik huquqiy munosabatlar, sub'ektlari, turlari, ularni tashkil etish. (2-qism) Mavzu Rejasi


Tadbirkorlik subyektlarini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish


Download 168.57 Kb.
bet3/5
Sana09.02.2023
Hajmi168.57 Kb.
#1180731
1   2   3   4   5
Bog'liq
ТХ 2-мазу

3. Tadbirkorlik subyektlarini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish

Ma’lumki, tadbirkorlik subyektlari o‘z bizneslarini amalga oshirish uchun ro‘yxatdan o‘tgach ayrim hujjatlari, faoliyat turlari, ta’sis hujjatlari, yuridik manzillari, ishtirokchilari, ta’sischilari va h.k.larda o‘zgarishlar bo‘lishi tabiiydir. Xo‘sh, bunday hollarda ularni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi qanday amalga oshiriladi? Avvalambor, shuni ta’kidlash joizki, quyida keltirilgan jadvaldagi ro‘yxat bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish ma’lumotlariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar majburiy qayta ro‘yxatdan o‘tkaziladi.




Qayta ro‘yxatdan o‘tkazish ham Internet tarmog‘i orqali, ham o‘zi kelgan holda amalga oshirilishi mumkin.
Quyidagi hujjatlar qayta ro‘yxatdan o‘tkazish so‘rovnomasiga ilova qilinadi:
• tadbirkorlik subyekti vakolatli boshqaruv organining ta’sis hujjatlariga ustav fondi miqdorining oshirilishi, ulushning (hissaning) boshqa shaxsga o‘tishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qarori;
• davlat tilidagi ta’sis hujjatlari;
• topshirish dalolatnomasi – qo‘shib yuborilganda va qayta tuzilganda;
• taqsimlash balansi – ajratib chiqarishda;
• tadbirkorlik subyekti vakolatli organining ta’sis hujjatlarida e’lon qilingan ustav fondi miqdori shakllantirilganligi to‘g‘risidagi hujjat - ustav fondi miqdori oshirilganda;
• tadbirkorlik subyekti - yuridik shaxs ishtirokchilari tomonidan qo‘shimcha hissalar va uchinchi shaxslar tomonidan to‘la miqdordagi hissalar kiritilganligini tasdiqlovchi hujjatlar - ustav fondi miqdori oshirilganda;
• ulushning (hissaning) boshqa shaxsga o‘tganligini tasdiqlovchi hujjat (shartnoma, xat, huquqiy vorislik, meros, sud qarori va shu kabilar) - ulush (hissa) boshqa shaxsga o‘tganda.
Ta’sis hujjatlariga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritish ta’sis hujjatlarni yangi tahrirda qabul qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunda ariza beruvchi qonun hujjatlari talablarini inobatga olgan holda, o‘z ixtiyoriga ko‘ra ta’sis hujjatlarining namunaviy shakllaridan yoki boshqa shakllardan foydalanish huquqiga ega.
Davlat boji to‘langandan keyin tizim ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ mas’ul xodimiga tegishli bildirishnoma yuboradi, kiritilgan o‘zgartirishlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi va ularni elektron hujjatlar repozitoriysida saqlaydi.

Download 168.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling