2-mavzu. Ta’lim tizimida sifat va raqobatbardoshlikka erishish omillari reja


Download 29.92 Kb.
bet1/2
Sana27.12.2022
Hajmi29.92 Kb.
#1069672
  1   2

2-MAVZU. TA’LIM TIZIMIDA SIFAT VA RAQOBATBARDOSHLIKKA ERISHISH OMILLARI
Reja:

  1. Ta’lim sifatini oshirish va raqobatbardoshlikning ta’minlanishini o‘rganilish tarixi.

  2. Ta’limda sifat menejmenti va sifat kafolati.

  3. Ta’lim sifatini oshirish metodlari.



Kalit so’zlar: mustaqil baholash, ta'lim, ta’lim sifati, malakasi, bitiruvchiningraqobatbardoshligi.

Ta’lim sifati ilmiy tadqiqot ob’ekti sifatida dunyoning rivojlangan davlatlarida keng o’rganilgan va joriy etilgan.


Ta’lim sifati bo’yicha turli tushuncha va turli yondashuvlar mavjud. Xususan, akademik A.Novikov fikricha, «Ta’lim sifati deganda - me’yoriy talablar, ijtimoiy va shaxs ehtiyojlariga mos keladigan ta’lim natijasi darajasini ifodalovchi ko’rsatkichlar tizimi tushiniladi». Bundan tashqari, A.M. Katsnning fikriga ko’ra “Ta’lim sifati shaxs, jamiyat va davlatning belgilangan talablarini qondirish darajasini ifodalovchi ta’lim elementlari yig’indisi” hisoblanadi. Shu bilan birgalikda, V.N. Malkovaning fikriga ko’ra “ta’lim sifati – o’quvchining mavjud ijtimoiy sharoitlarga moslashishini ifodalovchi munosabatlar tizimi”, degan qarashni bildiradi
Bizning fikrimizcha, ta’lim sifatida shaxs, jamiyat hamda davlat manfaatlari uyg’unligi ta’minlanishi muhim jihat hisoblanib shaxs manfaatlari ustun ahamiyat kasbetadi va natijada qolgan manfaatlarni “ko’rinmas qo’l” orqali ro’yoobga chiqishiga olib keladi.
Xorij tajribasiga ko’ra Oliy ta’lim muassasalari, univesitetlar o’quv rejalari, moddiy-texnik ba’zasi, ilmiy-metodik yondoshuvlari, kadrlarlarining salohiyati va boshqaruv strukturasi asosida shaxs, jamiyat va davlat tomonidan qo’yiladigan muayyan talablarga muvofiqligini hisobga olgan holda ta’lim sifatini kafolatlashi va baholash tizimini ishlab chiqishi zarur.
F.Weining ilmiy qarashlariga ko’ra,universitetning boshqaruvi murakkab jarayon bo’lib, o’zaro bir-biriga bog’liq vazifalarni amalga oshirishdan iborat.Boshqaruvning sifati, oliy ta’limning rivojlanishi va milliy oliy ta’limning muvafaqiyatlario’zaro to’g’ri bog’liqlikka ega. Universitetlar sifatli o’qitishning yangi metodlarini izlashi va ularga moslashuvchanligini ta’minlashi zarur.
Ta’lim sifatini ta’minlashning "frantsuz modeli" va “amerika modeli” lariga ko’ra ta’lim muassasalari va ta’lim dasturlarini akkreditatsiya qilishni talab etadi.
Amerikada ta’lim sifatini aniqlashda akkreditatsiya tizimi ta’lim sifatini nazorat qilish asosida ta’limini rivojlantirishga yo’naltiradi va quyidagi asosiy vazifalari amalga oshiradi:



  • oliy ta’lim strategiyasini amalga oshirishda ta’lim samaradorligini baholashning zamonaviy mezonlari va tamoyillarini ishlab chiqish;

  • uzluksiz nazoratni amalga oshirish va rejalashtirish orqali ta’lim muassasalarining rivojlanishini rag’batlantirish va ta’lim dasturlarini takomillashtirish;

  • Xususiy Oliy ta’lim muassasalarni shakllantirish va rivojlantirishda zamonaviy ta’lim dasturlarini ihlab chiqarishda ko’maklashish;

  • ta’lim muassasalarida ta’lim faoliyatini kengaytirishga va akademik erkinliklarini oshirishga ko’maklashish.


Download 29.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling