Tizimini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish


Download 136.39 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/11
Sana18.11.2023
Hajmi136.39 Kb.
#1784956
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
10-mavzu Davlat investitsiya dasturi



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING 
QARORI 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI INVESTITSIYA DASTURINI SHAKLLANTIRISH 
TIZIMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH VA SAMARADORLIGINI OSHIRISH 
CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA 
Investitsiya dasturlarini shakllantirish, ularni mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy holatiga 
keskin va ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan loyihalar bilan to‘ldirishni ta’minlash, loyihalarni amalga 
oshirishda hamda ular ishga tushirilgandan so‘ng investitsiyadan keyingi monitoring tizimini joriy 
qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini 
shakllantirish va amalga oshirishning sifat jihatidan yangi tizimiga o‘tish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 
2019-yil 14-maydagi PF-5717-son 
Farmoniga
 muvofiq: 
O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi tarmoqlar va hududlarni rivojlantirishning 
tasdiqlangan konsepsiyalari va dasturlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar 
Mahkamasining qarorlari asosida uning asosiy ko‘rsatkichlarini har yili aniqlashtirib va yangilab 
borgan holda uch yillik davrga shakllantirilishi
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Investitsiya dasturini, shu 
jumladan, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari, O‘zbekiston 
Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi, to‘g‘ridan to‘g‘ri chet el investitsiyalari va boshqa 
markazlashtirilmagan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli 
ro‘yxatini shakllantirish, shuningdek, Investitsiya dasturining amalga oshirilishini umumiy 
monitoring va nazorat qilish bo‘yicha vakolatli organ etib belgilanganligi ma’lumot uchun qabul 
qilinsin. 
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini 
shakllantirish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 
ilovaga
 muvofiq tasdiqlansin: 
investitsiya loyihalari ro‘yxatini xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya 
tashkilotlari, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi va boshqa markazlashtirilmagan manbalar 
hisobidan shakllantirish; 
Investitsiya dasturi loyihasini shakllantirish va tasdiqlash; 
Investitsiya dasturining amalga oshirilishini monitoring va nazorat qilish, investitsiya 
dasturining axborot ta’minoti, investitsiyadan keyingi monitoringini amalga oshirish tartibi. 
3. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2023-yil 
1-yanvardan boshlab Investitsiya dasturini “Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va 
monitoring qilish” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali monitoring qilish tartibiga to‘liq o‘tsin. 
Bunda axborot tizimida investitsiya loyihasi amalga oshirilgandan so‘ng monitoring qilishni 
nazarda tutuvchi funksional imkoniyatlar yaratilishi ko‘zda tutilsin. 
4. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Statistika agentligi va Bojxona qo‘mitasi bilan 
birgalikda investitsiya dasturlari doirasida ishga tushirilgan korxonalarda ishlab chiqarish 
quvvatlaridan to‘liq foydalanishga erishish maqsadida har chorakda investitsiya dasturlari doirasida 
yaratilgan ishlab chiqarish quvvatlari va eksport hajmlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Vazirlar 
Mahkamasiga kiritib borsin. 
5. Raqamli texnologiyalar vazirligi, Bojxona qo‘mitasi, Markaziy bank, tijorat banklari va 
boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tegishliligi bo‘yicha o‘z tizimlarini uch oy 
muddatda “Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish” 
avtomatlashtirilgan axborot tizimiga zarur bo‘lgan ma’lumotlarni integratsiya qilishni ta’minlasin. 
6. Belgilab qo‘yilsinki, 2023-yildan boshlab kelgusi yillarga mo‘ljallangan Investitsiya 
dasturi loyihasini shakllantirish “Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring 
qilish” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali amalga oshiriladi. 
7. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bir oy muddatda mazkur qarorga ilova bilan 
tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini shakllantirish va amalga oshirish tartibi 


to‘g‘risidagi 
nizom 
talablaridan kelib chiqib, tashqi beg‘araz ko‘mak mablag‘lari hisobidan 
moliyalashtiriladigan loyihalarni tayyorlash, amalga oshirish va monitoring qilish tartibini yanada 
takomillashtirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, 
sanoat va savdo vaziri zimmasiga yuklansin. 

Download 136.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling