Tizimini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish


-bob. Investitsiya dasturining tuzilmasi


Download 136.39 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/11
Sana18.11.2023
Hajmi136.39 Kb.
#1784956
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
10-mavzu Davlat investitsiya dasturi

4-bob. Investitsiya dasturining tuzilmasi 
19. Investitsiya dasturi tuzilmasini quyidagilar tashkil etadi: 
birinchi moliyaviy yilga investitsiyalarning asosiy parametrlari, moliyalashtirish manbalari, 
tarmoqlar va yo‘nalishlar bo‘yicha keyingi ikki yil uchun prognoz ko‘rsatkichlar; 
XMI/XHMT, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining mablag‘lari, markazlashtirilmagan 
manbalari hisobidan birinchi yilda mablag‘lari o‘zlashtiriladigan loyihalarning manzilli qismi
ikkinchi yilda moliyalashtirishni boshlash va mablag‘larni o‘zlashtirish uchun birinchi yilda 
loyihaoldi va loyiha hujjatlari ishlab chiqiladigan, muvofiqlashtiriladigan va tasdiqlanadigan 
investitsiya loyihalarining ro‘yxati; 


ikkinchi va (yoki) uchinchi yili moliyalashtirishni boshlash va mablag‘larni o‘zlashtirish 
uchun dastlabki ikki yilda ishlab chiqilishi kerak bo‘lgan istiqbolli tarmoq va hududiy investitsiya 
loyihalarining ro‘yxatlari. 
Bunda Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarning ikkinchi yildagi va keyingi yillardagi 
ko‘rsatkichlariga birinchi yili tugallanmagan loyihalarni hisobga olgan holda, tarmoqlarni 
rivojlantirish bo‘yicha tasdiqlangan davlat dasturlariga muvofiq, shu jumladan, boshlanmagan 
loyihalar o‘rniga yangi loyihalarni kiritish orqali har yili aniqlik kiritiladi; 
yig‘ma jadvallarga ega tahliliy qism, shu jumladan, Investitsiya dasturini amalga oshirish 
hisobidan erishilishi kerak bo‘lgan maqsadli ko‘rsatkichlar. 
5-bob. Investitsiya dasturi amalga oshirilishini monitoring va nazorat qilish 
20. Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarni amalga oshirish jarayonini monitoring va 
nazorat qilish “investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish” 
avtomatlashtirilgan axborot tizimini joriy etish va undan foydalanishni tashkil etish reglamentiga 
muvofiq investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha tasdiqlanadigan kompleks tarmoq jadvali 
asosida amalga oshiriladi. 
Kompleks tarmoq jadvali reglamentda belgilangan tartibda axborot tizimi yordamida 
shakllantiriladi, muvofiqlashtiriladi va tasdiqlanadi. 
21. Loyiha tashabbuskorlari har oyning beshinchi kunidan kechiktirmasdan, axborot tizimi 
orqali Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga Investitsiya dasturi doirasida amalga oshirilgan 
ishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritib boradi. 
22. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi har oyning o‘ninchi kunidan kechiktirmasdan, 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga Investitsiya 
dasturini amalga oshirish ishlarining borishi haqidagi jamlanma tahliliy ma’lumotni taqdim etib 
boradi. 
23. Loyiha tashabbuskorlari investitsiya loyihalarining o‘z vaqtida va sifatli amalga 
oshirilishi uchun javobgar hisoblanadi. 

Download 136.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling