Tizimini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish
-bob. Investitsiya dasturining axborot ta’minoti
Download 136.39 Kb. Pdf ko'rish
|
10-mavzu Davlat investitsiya dasturi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7-bob. Investitsiyadan keyingi monitoringni amalga oshirish tartibi
6-bob. Investitsiya dasturining axborot ta’minoti
24. Investitsiya dasturining axborot ta’minotini shakllantirish va yuritish ishlari Investitsiya dasturiga kiritilgan kapital qurilish obyektlari, ko‘chmas mulk obyektlari, investitsiya loyihalari hamda ularga kiritilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar haqidagi ma’lumotlarni kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 25. Axborot ta’minotini shakllantirish va yuritishda davlat sirini tashkil qiluvchi ma’lumotlar bilan ishlash O‘zbekiston Respublikasining “Davlat sirlarini saqlash to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga rioya qilingan holda amalga oshiriladi. 26. Axborot ta’minoti resursiga kiritilgan, davlat siri hisoblanmagan ma’lumotlar Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi. 27. Axborot ta’minoti resursiga kiritilgan, davlat sirini tashkil qiluvchi ma’lumotlarni taqdim etish ishlari mansabdor shaxslari shunday axborotdan foydalanish uchun tegishli vakolati bo‘lgan organlar va tashkilotlarning so‘rovlari bo‘yicha amalga oshiriladi. 7-bob. Investitsiyadan keyingi monitoringni amalga oshirish tartibi 28. Investitsiya dasturi doirasida ishga tushirilgan obyektlarni monitoring qilish ishlari “investitsiya loyihalarini amalga oshirilishini nazorat va monitoring qilish” avtomatlashtirilgan axborot tizimi yordamida amalga oshiriladi. Axborot tizimida investitsiyadan keyingi monitoringni ko‘zda tutuvchi funksional imkoniyatlar yaratilgunga qadar ishga tushirilgan obyektlar Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan tegishli davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar, xo‘jalik birlashmalari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ishchi guruhlar tashkil qilgan holda joylarga chiqib, o‘rganish orqali amalga oshiriladi. 29. Ishchi guruhlar ishlab chiqarish quvvatlarining ishga tushirilganligi to‘g‘risidagi dalolatnomalar asosida o‘rganish olib boradi, o‘rganish natijasida yagona bazani hamda past quvvatda ishlayotgan korxonalar va chetlanishlar bo‘lgan mavjud korxonalar ro‘yxatini shakllantiradi. 30. Ishchi guruhlar ishga tushirilgan korxonalar bo‘yicha ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini (ma’lumotlarni), statistika organlari ma’lumotlari hamda boshqa turdagi ma’lumotlarni loyihalarning biznes rejalari, tasdiqlangan texnik-iqtisodiy asoslar yoki texnik-iqtisodiy hisob-kitobda ko‘zda tutilgan ko‘rsatkichlar bilan taqqoslab, nomuvofiqliklarni hamda obyektlardagi muammolarni aniqlaydi. 31. Ishchi guruhlar o‘rganish natijasida tayyorlangan ma’lumotlarni mohiyati, yo‘nalishi va tegishliligi bo‘yicha umumlashtirib, guruhlarga ajratib, mavjud holat va muammolarni aniq yoritgan holda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga kiritadi. 32. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bir hafta muddatda kelib tushgan ma’lumotlar jamlanmasini tegishli vazirliklar va idoralar bilan kelishgan holda, mavjud tizimli va yakka holdagi muammolar bo‘yicha, past quvvatlarda ishlayotgan korxonalarda ishlab chiqarishni to‘liq quvvatga yetkazish bo‘yicha yechimlarni ko‘zda tutuvchi tegishli chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalar bo‘yicha Hukumat komissiyasiga (keyingi o‘rinlarda — Hukumat komissiyasi) tasdiqlash uchun kiritadi. 33. Tegishli davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar, xo‘jalik birlashmalari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tasdiqlangan chora-tadbirlarning ijrosini ta’minlaydi. 34. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasining ijrosi bo‘yicha tizimli monitoring olib boradi va Hukumat komissiyasiga ma’lumotlarni kiritib boradi. Download 136.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling