2-mavzu: Tarixning antik falsafasi Reja Yunonistonda tarix fani. Gerodot ilmiy tarixning yaratilishi
Download 18.18 Kb.
|
2tf
- Bu sahifa navigatsiya:
- Geradot – ilmiy tarixning yaratilishi.
2-mavzu: Tarixning antik falsafasi Reja 1. Yunonistonda tarix fani. 2. Gerodot ilmiy tarixning yaratilishi. 3. Rim tarixchilari. Tit Liviy. Korneliy. Tatsit. Yunonistonda tarix fani birdaniga vujudga kelgan emas. Greklarning tasavvuricha tarix fan emas, balki sanatdan va pand – nasihatdan iborat, shu sababli qadimgi greklar boshqa fanlar singari tarihning ham o’z muzasi bor, bu muza Kliodir Klmo boshqa muzalar bilan bir qatorda sanatlar xudosi Apolon ayonlari orasida bo’lgan, deb hisoblaganlar . Greklar tarixiy voqealar to’g’risida chiroyli va pand – nasixatli hikoyani xammadan ko’proq qadirlaganlar. Ular tarixning asosiy vazifasi pand – nasixatdan iborat deb hisoblaganlar. Dastlabki vaqtlarda logograf deb ataluvchi kishilar (“logos” “so’z”, “grafo”- yozaman demakdir) shaharlarning odatda o’zlari tug’ilgan shaharlarning tarixi to’g’risida yozganlar. Logograflar eramizdan avvalgi VII asrda va V asrning boshlarida yashaganlar. O’z asarlarida ular biron shaharning tarixini yozganlar, lekin ular bu tarixni afsona bilan aralashtirganlar. Geradot – ilmiy tarixning yaratilishi. Geradotni biz tarixchi sifatida yaxshi bilamiz. Uning to’qqiz to’mli tarix asarining har biri yuz ellik va undan ortiq hikoya, rivoyat va o’ziga xos tarixiy novellalarni o’z ichiga oladi. Geradot asarlari Plutarx, Yustin, ijodlariga ham katta tasir o’tkazgan, taniqlitadqiqotchi M, Mandesning fikricha Yustinning ko’pgina fikrlari Geradotdan olinganligi, Diadorning ko’pgina tasvirlari Fukididga yaqin turganligi qayd etiladi. Arrian Ksenofont ijodini davom ettirganligini ochiq oydin aytadi. Geradot yoshligididan sayoxat qilishni yashi ko’radi. Galikarnos port shahri, savdo-sotiq bilan shug’illanuvchi savdogarlar, yo’lovchilar shahri bo’lgani uchunmi o’spirinlik yillaridayoq u yaqin atrofdagi mamlakatlarga borib qoladi. Dengiz shunqori va sayohlari tilidan g’aroyib sarguzashtlarni tinglashni juda – juda yoqtiradi. “eron tarixi kitobi” Geradot etiborini ayniqsa o’ziga tortadi. Xaronning “Eron tarixi” kitobida Ahamoniylar davlatiga qaram bo’lgan Osiyodagi ko’pgina malumotlar haqida qimmatli malumotlar bor. Gerodot tug’ilgan o’lka tarixiy sarguzashtlarga boy edi. Bunday tarixiy voqealarni ko’p eshitgan Gerodot keyinchalik haqli ravishda tarixiy hikoyalar ijodkori bo’lib, qoladi. Gerodotning ona shahri Galikarnos hokimi Lagdimid qarshi ko’tarilgan isyonda Paniasid bilan bostiriladi. Geradot esa mamlakatdan quvg’in qilinadi. Shundan so’ng bo’lajak tarixchi Osiyo bo’ylab safarga chiqishga qaror qildi. Geradot qora dengiz qirg’oqlari bo’ylab safardaligida Olviya shahri va ularga yaqin joylashgan skiflar haqida qiziqarli malumotlarni eshitadi. Undan ilgari ham skiflar haqida talaygina kitoblarni o’qib ularning hayot kechirish tarziga qiziqib qolgan edi. Geradot Samos orolida bir muncha vaqt bo’lib, Osiyo bo’ylab safarga jo’naydi. Geradot dastlab, Ahamoniylar davlatining markazi bo’lgan suz shahriga keladi. Efes va Sard shaharlarida bo’ldi. Kichik Osiyodagi Galis, Mesopatamiya- 28 dagi Efrat va Tigr daryolaridan o’tadi. Geradotning fikricha, Kaspiy bo’ylarida ko’chmanchi massagetlar yashaydi. Massagetlar baliq go’shti, parranda va sutli taomlarni istemol qilishadi. Bu erning xalqlari juda jangari bo’lishgan. Aytishlaricha Eron shohi Kir xam ularni o’ziga bo’ysudira olmagan. Geradot Mesopatamiya va Vaviloniya o’lkalarining tabiatiga ham keng to’xtaladi. Bu joylar Orol dengiziga yaqin bo’lib, ayrim tadqiqotchilar bu o’lkalarga Geradot kelmagan deyishsa, boshqalar kelgan deyishadi. Geradot O’rta Osiyo haqida muhim malumotlar keltiradi. Bu erda bir necha hokimliklar mavjudligini, ularning hammasi ulkan Eron davlatiga qaram ekanligini tasdiqlaydi. Bu hokimliklarni aniq nomi bilan ataydi. Jumladan, Baqtriya, Girkaniya, Kaspiy, so’g’dlar, saklar, xorasmiylar va oriylar, bu o’rinda izoh talab nomlardan oriylar Afg’onistonning g’arbiy qismiga joylashgan elatlardir. Baqtriyaning poytaxti o’sha vaqtda Balh shahri bo’lgan kaspiy hokimligida Turkmanistonning janubi- g’arbiy qismida joylashgan qabilalar kirgan Xorazmiylar xorazmliklar, so’g’dlar Politmet (Zarafshon) bo’ylarida, saklar Tyanshan tog’ining g’arbiy etaklarida joylashgan edilar. Shundan so’ng Geradot Hindiston o’lkasida sayohatini davom ettirib, Panjobga boradi. Bu erga bostirib kelgan Doro haqida qimmatli malumotlar to’playdi. Geradot keyingi asarlarida Liviya, Misr o’lkalarini ham keng tasvirlaydi. Geradot tarixning shunchaki xabarchisi emas, balki tarixni jonlantirib ko’rsatuvchi etuk ijodkordir. Uning skiflar haqidagi asarlari nihoyatda bebaxo va qadrli. Geradotning “skiflar” asari jahon xazinasida munosib o’rin tutgan, bu asar juda ko’plab tillarga tarjima qilingan. Skiflarni birinchi bo’lib, jahonga tanitgan ham Geradotdir, XVII – XVIII asrlardayoq rus imperatorlari Geradotning “skiflar” asarini juda katta qiziqish bilan o’qishgan va juda ko’p nushalarda tarjima qilishga buyuruq berishgan. Natijada, asar bir necha marta tarjima qilinib, qayta-qayta nashr etiladi. Skiflar haqida Geradotdan ilgari Yunon olimlari Gomer, Esxil ham yozganlar, lekin skiflarning xaqiqiy va birinchi targ’ibotchisi Geradot edi. Geradotning “skiflar” asarining uslubi, undagi hikoyalarning xarakterli xususiyatlari haqida bir qancha ilmiy tadqiqot ishlari yuzaga keldi. Bu ilmiy tadqiqotlar ichida ayniqsa, I. Ya. Timoshenkoning “ Geradot va uning asari” Vitold Klingerning “hikoyachilik motivlari” asarlari shuningdek, sharq halqlarini tarixiy hikoyalari” kabi juda katta axamiyatga ega bo’lgan ijod durdonalari yuzaga keldi. Geradot katta ishga qo’l uradi. Faqat skiflarni emas Yevropa va Osiyodagi hatto Afrikadagi ko’pgina qabilalarning hayotiga oid malumotlarni aks ettiradi. Geradot ijodi Tarix nomli To’qqiz kitobi katta ilmiy xazinani tashkil etib, bu kitoblarning har qaysisi yuzlab hikoyalarni o’z ichiga olgan. Geradot antik davrdagi boshqa olimlardan shu bilan farq qiladiki, u fidoyi tarixchi edi. O’z hayotini taxlikaga qo’yib bo’lsa – da ijod dardida uzoq yurtlarni kezdi. Jahongashta tarixchi ne - ne xavf – xatarlarlarga duch kelmadi. Bu safarlarida u avval o’z ko’zi bilan ko’rib, qulog’i bilan eshitgach, keyin ijod qilardi. Xar qanday faraz va taxminlar uning uchun begona edi. U minglab qabila va elatlarda bo’ladi. Yuzlab daryolarni kechib o’tadi. O’sha paytda xech bir olimning qadami etmagan uzoq o’lkalarni kezadi.xali ko’p ko’rilmagan mavzularni birinchi bo’lib yoritadi. Shuning uchun ham Geradot nomi tariximizda alohida axamiyat kasb etadi. 29 Yuqoridagi faktlar asosida biz aytishimiz mumkinki ilmiy tarixning yaratilishida Geradotning Tarix asari muxim axamiyat kasb etadi. Download 18.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling