2-mavzu: Tarixning antik falsafasi Reja Yunonistonda tarix fani. Gerodot ilmiy tarixning yaratilishi
Download 18.18 Kb.
|
2tf
Polibiy.
Eramizdan avvalgi II asrning ikkinchi yarimida Polibiy “umumiy tarixni” yozgan. Unda eramizdan avvalgi 264-146 yillardagi voqealar bayon qilingan. Uning bu asari ilmiy tadqiqotdir. Polibiy grek istoriografiyasining eng yaxshi ananalariga amal qilgan. Ammo uning siyosiy qarashlari Rim jamiyatidagi konservativ tabaqalarning manfatlarini ifoda qilgan. Polibiy Rimning o’rta dengiz sharqiy qismining hayotiga aralashishini kuzatib, unda Rim hokimiyati o’rnatilishi muqarrar degan hulosaga kelgan. U o’zining asrida Rimning bir qancha qabilalar va halqlarni o’ziga bo’ysundirilishining sabablarini ko’rsatib berishga, yani rim davlatining vujudga kelish tarixini yaratishga xarakat qilgan. Polibiy Rim davlatining qudratini uning davlat tuzumidagi xususiyatlaridan deb bilgan, uning nazarida bu tuzumni idora qilishining aristokratik, demokratik va monarxik shakllari ajoyib tarzda bir – biri bilan qo’shilib ketgan. Polibiy manbalarni juda sinchiklab tekshirgan, mamlakatning geografik xolati va uning iqlimini o’rgangan. U antik davr tarixining odat xukmidagi adabiy usullaridan foydalangan. U voqeaning bayonotida voqeada ishtirok qiluvchi nutqlarini kiritgan. Polibiy bu bilan ularning gaplariga mumkin qadar “haqiqiy” tus berishga xarakat qilgan. U manbalarning naqadar rostligini aniqlab, tarixiy voqealarning sabablarini ayrim shaxsning ish va xarakatlarida ko’rgan xolos. Polibiy tarix chinakam voqealarni izohlashga va bu voqealarning keyinchalik taraqqiyot yo’lini belgilashga imkon beradi. Yani tarix “nasixat berishi” “o’rgatishi” mumkin amaliy jihatdan foydali bo’lishi mumkin deb faraz qilgan. Tit Liviy. Tit Liviy Rimning afsonaviy zamondan boshlab o’zi yashagan davrga o’tgan butun tarixini yozishga harakat qilgan. Uning bu g’oyat puxta asari 142 ta kitobdan iborat bo’lgan, lekin undan atigi 38 tasi va boshqa bazi kitoblaridan parchalar saqlangan xolos. Tit Liviy tarixni yodgorlik deb bilgan. Uning fikricha, tarix o’rnak bo’la oladigan namunalarni ko’rsatishi bizning avlodlarimiz ko’p yillar davomida ko’rib kelgan, ofatlardan qanday qilib, saqlanishiga o’rgatishi lozim. Tit Liviy voqealarning sababli bog’lanishlarini aniqlash ularni izohlash va bu voqealar rostmi – yo’qmi, bu haqda bosh qotirmagan. Uning asarlarida Fukidid, Polibiy asarlariga xos tarixiy tanqidlar yo’q. Tit Liviy, Tsitseronga taqlid qilishga uringan u bu urinishda muvaffaqiyat qozona olmagan. Uning birinchi ikkinchisidan asrlar ajratib turgan qaxramonni bir xil chiroyli fikr yuritishadi, bir xil harakat qilishadi va bir xil gapirishadi. Tit Liviyning respublika tarixidan qimmatli manba bo’lish asarlari muallifning fikricha kitobxonga chuqur tasir qilmog’i lozim bo’lmagan. Uning asarlari ilmiy tadqiqot emas, balki V. G. Belinskiy aytganidek, sanatkorning asari sanat asaridir. Download 18.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling