2-mavzu. Texnologiya darslarida axbarot texnologiyalaridan foydalanish. Reja

Axborot texnologiyalari: tasnifi va rivojlanish istiqbollari

Download 25.4 Kb.
bet2/5
Sana19.06.2023
Hajmi25.4 Kb.
#1622712
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-maruza

Axborot texnologiyalari: tasnifi va rivojlanish istiqbollari
«Texnologiya» grekcha so’z bo’lib (techne) mohirlik, ustalik, biror ishni uddalay olishni anglatadi. Bu ma’lum bir jarayonga nisbatan qo’llanilgan. Jarayon deganda esa maqsadga erishishga yo’naltirilgan xatti-harakatlar majmui tuShunilgan. Ushbu jarayon kishi tomonidan tanlangan strategiya bilan belgilanadi va turli xildagi vositalar, usullar yordamida amalga oshiriladi.
Umumiy hollarda texnologiya deganda, mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida amalga oshiriladigan xom ‒ ashyo, material yoki yarim tayyor mahsulot shakli, xususiyati, holatining o’zgarishi, uni qayta ishlash, tayyorlash usullarining majmui tuShuniladi. Bu biror bir ishni yuqori darajada uddalash deganidir.
Axborot texnologiyalari to’g’risida gap ketganda, material sifatida ham, mahsulot sifatida ham axborot ishtirok etadi. Biroq bu ob’yekt, jarayon yoki xodisa to’g’risidagi sifat jihatidan Yangi ma’lumot bo’ladi. Texnologiya xodimning axborot bilan ishlash usuli va uslubi hamda texnik vositalar orqali namoyon bo’ladi.
Sanoat ishlab chiqarishida har qanday texnologiya mahsulotni yaratishning boshidan oxirigacha bo’lgan texnologik jarayonni qamrab oluvchi tarkibiy elementlari majmuining bayonini ifodalaydi. Tarkibiy elementlarining (texnologik operatsiyalar) tarkibi ikki asosiy omil bilan aniqlanadi: birinchidan, mazkur texnologik jarayon asosiga nisbatan sifatli usullar va prinsiplar orqali, ikkinchidan, mahsulotni tayyorlashning oxirgi jarayonidagi texnologik operatsiyani bajarish uchun jalb etish mumkin bo’lgan asbob ‒ uskuna vositalari orqali.
Axborot ‒ kommunikatsiya texnologiyalari. Axborotlarni yig’ish, uzatish, to’plash, qayta ishlash, saqlash, taqdim etish va foydalanish uslublari va usullari tizimi axborot ‒ kommunikatsiya texnologiyalari deb yuritiladi.
Axborot ‒ kommunikatsiya texnologiyalari avtomatlashgan va an’anaviy(qog’oz) ko’rinishda amalga oshiriladi. Avtomatlashtirish hajmi va texnik vositalardan foydalanish turi aniq bir texnologiyaning mohiyatiga bog’liq.
Texnologiya ta`limi darslarida AKTdan foydalanishning o`ziga hos hususiyatlari.
Jamiyatning har bir a’zosi, o’zining kundalik faoliyatida, uzluksiz ravishda turli axborot resurslaridan foydalanadi. Doimiy ravishda ortib borayotgan axborotlar hajmi jamiyatdagi intellektual salohiyatning oshishiga xizmat qiladi. Modomiki shunday ekan, o’qituvchi ham o’z kasbiy va pedagogik mahoratini zamonaviy axborot texnologiyalari oqimi asosida oshirib borishi mumkin. Har bir o’qituvchi mehnat faoliyati jarayonida axborot texnologiyalaridan unumli foydalanishi uchun avvalo o’z axborot muhitini shakllantirishga zamin yaratishi lozim.
Zamonaviy axborot texnologiyalari o’z muhitida axborot ob’ektlarini, ularning o’zaro aloqasini, axborotlarni yaratish, tarqatish, qayta ishlash, to’plash texnologiyalari va vositalarini, shuningdek axborot jarayonlarining tashkiliy va huquqiy tarkibini mujassamlashtiradi. Hozirgi kunda o’qituvchi ta’lim-tarbiya jarayonida o’quvchilarning imkoniyatlari va talablarini inobatga olishi zarur. O’qituvchi tomonidan targ’ib etilayotgan ta’lim va tarbiya tizimi shaxsga yo’naltirilgan xarakterda ega bo’lishi, ya’ni shaxsning har xil xususiyatlari va sifatiga e’tibor qilgan holda tabaqalashtirilgan bo’lishi kerak.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling