2-mavzu Tirik organizmlar to‘g‘risida ta’limot. Hayotning shakllanish darajalari. Reja


Download 162.04 Kb.
bet10/52
Sana12.12.2021
Hajmi162.04 Kb.
#180304
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   52
Bog'liq
BIOLOGIYA OʻSIMLIK

4. O‘tkazuvchi to‘qima. O‘simlik organlarida ikki xil moddalarning oqimi, ya`ni pastga tushuvchi va yuqoriga ko‘tariluvchi oqim bo‘lib turadi. SHunga asosan o‘tkazuvchi to‘qima ikkiga bo‘linadi. Poya va ildizning ksilema qismida joylashgan traxeylar (ochiq idishlar) va traxeidlar orqali tuproqdan olingan suv va unda erigan mineral moddalar poya bo‘ylab yuqoriga ko‘tariladi. Bu yuqoriga ko‘tariluvchi oqim deyiladi. Traxeylar silindirsimon shakldagi o‘lik hujayralar bo‘lib, devorlari qalinlashgan va yog‘ochlashgan bo‘ladi. U yopiq urug‘li o‘simliklarda uchraydi. Traxeidlarning hujayralari esa urchuqsimon tuzilishga ega va juda kichik bo‘lib, faqatgina ochiq urug‘li o‘simliklarda bo‘ladi. Ikkinchi xil o‘tkazuvchi to‘qimaga elaksimon naylar va uning yo‘ldosh hujayralari kirib, ular floema qismida joylashadi. Bularning hujayralari tirik yupqa po‘stli, ikki hujayra birlashgan joyida elakka o‘xshash teshiklari bo‘ladi. Ana shu to‘qimalar orqali bargda hosil bo‘lgan plastik moddalar poya bo‘ylab pastga ildizgacha boradi. Bu pastga tushuvchi oqim deyiladi. Faqat shuni aytish kerakki ochiq urug‘li o‘simliklardagi elaksimon naylarda yo‘ldosh hujayralar bo‘lmaydi.


Download 162.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling