2-mavzu Tirik organizmlar to‘g‘risida ta’limot. Hayotning shakllanish darajalari. Reja


Download 162.04 Kb.
bet18/52
Sana12.12.2021
Hajmi162.04 Kb.
#180304
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   52
Bog'liq
BIOLOGIYA OʻSIMLIK

O’simliklarning turli tumanligi

Viruslar bo’limi – Virophyta. Viruslar (yunoncha— virus—zahar) yuqumli kasalliklarga sabab bo’ladigan ultramikroskopik tanachalardir. Tabiatda keng tarqalgan viruslar odam va hayvonlarda, o’simlik hamda hasharotlar organizmida parazitlik qilib yashaydi. Ular tayoqcha, shar, ipsimon, bukilgan shakllarda bo’ladi.

Viruslarni birinchi bo’lib 1892 yilda R.I. Ivanovskiy tamaki o’simligining mozaika kasalligini o’rganishda kashf qilgan. Mayda ultramikroskopik tuzilishga ega bo’lgan viruslarning o’rtacha kattaligi 450-500 nm bo’ladi.

Qoramollarda oqsil kasalligini tarqatuvchi virusni 1898 yilda F. Lefler va P. Frashlar kashf qilgan. Bu virusning kattaligi esa 20 nm dir. 1931 yilda jo’ja embrionidagi hujayralarda viruslarni o’stirish imkoniyati paydo bo’lgandan keyin ularni laboratoriya sharoitida keng o’rganila boshlandi. Elektron mikroskop kashf qilingandan keyin, 1956 yilda Amerikalik olim Stenli viruslarning ichki tuzilishini o’rgandi. Uning tekshirishicha voyaga yetgan virusning tarkibiy qismi asosan ikkita nukliyen kislotasidan ya’ni RNK yoki DNK dan tashkil topgan. Uning atrofida oqsil moddasidan tuzilgan po’st yoki kapsid bo’ladi. Kapsid virus genomini virus xromosomasini shikastlanishdan asraydi.

Viruslar genomi har xil tuzilishga ega masalan, bakteriya viruslari genomi M13 va M134 bir molekulali yumaloq DNKdan tashkil topgan bo’lsa, qoramollar, cho’chqalar, mushuklar, kalamushlar va shunga o’xshash boshqa hayvonlar viruslarida bir zanjirli lineykasimon DNK bo’ladi. Chechak kasalligin tarqatuvchi viruslar DNK-si ikki zanjirli bo’ladi.

Ko’pchilik viruslar DNK sida o’zlarining fermentlari bo’lib, ular yordamida DNK replikasiyasi bo’lib turadi. Bu fermentlar soni to’rt xil bo’ladi. Masalan, Bakteriya viruslar genomida T4 30 dan ortiq fermentlar mavjud. Yirik viruslar gemomida nukleaza fermentlari mavjud bo’lib, ular xo’jayin-hujayralarining DNKsini yemirilishiga olib keladi.

Inson va hayvonlar organizmida yashaydigan viruslar o’simlik va bakteriyalardagi viruslarga qaraganda ko’proq o’rganilgan chunki ular ba’zan davolash qiyin bo’ladigan og’ir kasalliklarni tug’diradilar. Insonlarda ko’p uchraydigan virus kasalliklaridan: gripp, polimilit, qutirish, chechak, kana, insefalit va boshqalar hayvonlarda esa, qutirish, oqsil, o’lat, chechak, ensefalomilit va boshqalardir.

Ba’zi bir xil viruslar insonlarda turli shish (opuxol) kasalliklarini tug’dirishi mumkin. Bu xil viruslarni shish tug’diruvchi yoki onkogen viruslar deyiladi. Ana shunday viruslarga maymunlar hujayrasidan ajratib olingan SV40 virusi misol bo’ladi.

Onkogen viruslarni o’rganish ularning faqat turli xil shakllarini bilib olish uchun emas, balki onkologik kasalliklarning oldini olish va ularni davolash usullarini ishlab chiqarishda muhim ahamiyatga egadir. Pirovardida insonlarda keyingi vaqtda topilgan va ko’pincha o’lim bilan tugaydigan VICh kasallik SPIDni tarqatuvchi immunodefisit viruslari aniqlandi. Bu virus insoning immun sistemasini ishdan chiqaradi. VICh viruslar birinchi bo’lib, 1959 yilda zoir, ikkinchi bo’lib 1969 yilda AKSh da topilgan.

O’simlik viruslari ham tabiatda keng tarqalgan bo’lib, ularga tamaki mozaika kasalligini tarqatuvchi virusdan tashqari yana tamaki nekrozi, kartoshkaning sariq pakana, sholg’omning sariq mozayka kasalligini va madaniy hamda yovvoyi o’simliklarda boshqa xil kasalliklarni tarqatuvchi viruslar kiradi. O’simliklarda kasallik tug’diruvchi viruslar ko’pincha tayoqchasimon yoki yumaloq shakllarda uchraydi. Ularning tayoqchasimon shakllarining kattaligi 300 - 480 x 15 nm, yumaloq viruslarniki esa 25-30 nm bo’ladi.

Viruslar bir o’simlikdan ikkinchi o’simlikka fizik kontakt, tuproq orqali hamda o’simliklarni payvandlashda o’tadi. Ba’zan hashoratlar ham viruslarni tarqatishda katta rol o’ynaydi. Bakteriya viruslari yoki baktereofaglar har xil sistematik guruhdagi bakteriyalarga zarar yetkazadilar.

Ko’p uchraydigan bakteriofaglarga barabansimon tayoqcha shaklidagi T-guruh bakteriofaglari kirib, ularning kattaligi 100 x 25 nm bo’ladi. Ularning genomi DNK dan tuzilgan. Ular bakteriyalar hujayrasida uchrab ularning yemirilishiga olib keladi. Shu sababli tibbiyotda ba’zi bir bakterial kasalliklarni davolashda va ularni oldini olishda bakteriofaglardan foydalaniladi.


Download 162.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling