2-mavzu Tirik organizmlar to‘g‘risida ta’limot. Hayotning shakllanish darajalari. Reja


Download 162.04 Kb.
bet52/52
Sana12.12.2021
Hajmi162.04 Kb.
#180304
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52
Bog'liq
BIOLOGIYA OʻSIMLIK

Biosfera evolyusiyasi.

Biosferaning evolyusiyasini 3 ta asosiy bosqichga ajratish mumkin:

1. Biotik bosqich aylanishga ega bo’lgan birlamchi biosferaning hosil bo’lishi. Bu bosqich taxminan 3 mlrd. yil ilgari boshlanib paleozoy erasining kembriy davrida nihoyaga yetadi.

2. 2-chi bosqichda ko’p hujayrali organizmlar hosil bo’lib rivojlanadi va biosferaning evolyusiyasi yanada davom etadi. Bu davr 0,5 mlrd. yillar oldin kembriy davridan boshlanib hozirgi zamon odamlari paydo bo’lishi bilan tugallanadi.

3. 3-chi bosqichda biosfera hozirgi zamon odamlari ta’sirida rivojlanadi. Bundan 40-50 ming yillar oldin boshlanib, hozirgi davrgacha davom etmoqda.

Biosfera tarixida u 2 xil omilning (tabiiy geologik, iqlim o’zgarishlari) ta’siri ostida rivojlanib keldi. Biosferaning birinchi va ikkinchi bosqichlari evolyusiyasi faqat biolgik qonuniyatlar asosida kechadi.

Shuning uchun xam bu ikkita davr biogen davri deb ataladi. Bu davrda hayot paydo bo’ladi va rivojlanadi. Uchinchi davr kishilik jamiyatining paydo bo’lishi bilan bog’liq.

Biogenez bosqichi.Yerda biosfera birinchi tirik organizmlar bilan birga paydo bo’lgan. Birinchi paydo bo’lgan organizmlar bir hujayrali geterotrof, anaeroblar edi. Ular taxminan 3 mlrd. yil avval paydo bo’lgan, energiyani bijg’ish jarayonlaridan olgan. Ular abiogen hosil bo’lgan tayyor organik moddalar bilan oziqlanib biomassani to’plab borgan.

Keyinchalik tabiiy tanlanish natijasida anorganik moddalardan organik moddalarni mustaqil sintezlab oladigan avtotrof organizmlar kelib chiqqan. Birinchi bo’lib xemosintezlovchi bakteriyalar fotosintezlovchi va ko’k yashil suvo’tlari paydo bo’lgan. Ular kislorodni ajratib turganliklar sababli atmosferada karbonat angidrid kamayib kislorod qo’payib borgan. Atmosferaning yuqori qatlamida kislorod ozon ekranini hosil qilgan. Ozon ekrani esa yer yuzidagi tirik organizmlarni quyoshning ultrabinfsha nurlaridan va kosmik nurlardan himoya qilgan. Bunday sharoitda dengiz yuzasida tirik organizmlar yanada ko’paya borgan.

Atmosferada erkin kislorodning mavjudligi yer yuzasida aerob tipida kislorod bilan nafas oluvchi organizmlarning va ko’p hujayralilarning kelib chiqishiga sabab bo’lgan. Asta sekin tirik organizmlar suv sharoitidan quruqlikka moslasha borgan. Birinchi ko’p hujayralilar atmosferada kislorodning konsentrasiyasi taxminan 3% ga yetganda, kembriy davrining boshida 500 mln. yillar oldin kelib chiqqan. Ular yer yuzasida keng tarqala boshlagan va paleozoy erasiga kelib hayot faqat suvdagina emas balki quruqlikka ham chiqib tarqalgan. Yashil o’simliklarning rivojlanishi va tarqalishi atmosferani kislorod bilan yanada boyitgan. Bu esa organizmlar tuzilishini yanada takomillashtirishga olib keldi.

Palezoyningo’rtalarigakelib, atmosferadagikislorodningmiqdoritaxminan 20% gayetdivabumuvozanathozirgachasaqlanibkelmoqda.

Noogenez bosqichi.Kishilik jamiyatining paydo bo’lishi bilan biosferaning noogenez davri boshlanadi. Bu davrda biosferaning evolyusiyasi insonning ongli mehnat faoliyati ta’sirida davom etadi. Noosfera tushunchasi 1924 yilda fransuz olimi E. Lerua tomonidan kiritilgan yunoncha "noos"-aql, "sfera"-shar so’zlaridan olingan. V.I.Vernadskiyning ta’biriga ko’ra noosfera inson mehnati va ilmiy faoliyati ta’sirida o’zgargan biosferadir. Odamning paydo bo’lishi biosferaning o’zgarishiga kuchli ta’sir etgan. Fanning, texnikaning va sanoatning juda tez rivojlanishi elementlarning biogen megrasiyasining tezlashtirib yubordi. Inson o’z faoliyatining dastlabki bosqichlaridan boshlaboq o’simliklar, hayvonlar ayrim turlarining yo’qolib ketishiga sabab bo’lgan. Tosh asrida yashagan odamlar mamontlar kabi yirik sut emizuvchilarning yo’qolib ketishiga sabab bo’lgan inson ham biosferaning bir qismi bo’lib, u o’ziga kerak bo’lgan narsalarning xilma xilini biosferadan oladi. Biosferaga esa faqat sanoat chiqindilarini ajratib chiqaradi. Keyingi vaqtlarda inson faoliyati natijasida tabiiy resurslar toboro kamayib ketmoqda. Ko’plab o’simlik va hayvonlar turlari yo’qolib bormoqda. Muhit sanoat, turmush chiqindilari zaharli kimyoviy moddalar tomonidan ifloslantirilmoqda va zaharlanmokda. Tabiiy ekosistemalar, ko’llar, o’rmonlar buzilmoqda. Biosferadagi bunday noqulay o’zgarishlar o’simliklar va hayvonot olamiga, insonning o’ziga ham kuchli ta’sir ko’rsatmoqda. Insonning gidrosferaga va atmosferaga ta’sirining tobora kuchayib borishi biosfera doirasida iqlimning o’zgarishga olib kelmoqda. Buni keyingi ma’ruzalarda batafsil yoritamiz.

So’ngi yillarda Antarktida atmosferasida ozonning juda kamayib ketishi natijasida "ozon teshiklari" hosil bo’lishi kabi ayanchli, xavfli hodisalar kuzatilmoqda. Bu hodisaning va ozon qatlami buzilishining oldini olish maqsadida Kanadaning Monreal shahrida 50 mamlakat vakillari (1987 y) freonlar ishlab chiqarishni o’rtacha 50% ga kamaytirish to’g’risida xalqaro bitimga qo’l qo’ydilar. Biroq atmosferaning ifloslanishi yildan yilga davom etib kelmoqda. Atmosferaning ifloslanishi sanoat korxonalarining chiqindilari, tranport vositalari ajratib chiqaradigan birikmalar ayniqsa, H2S, uglerod va og’ir metallardan qo’rg’oshin, mis, kadmiy, nikel va boshqa metallar zarrachalari hisobiga tobora ortib bormoqda. Atmosferaga har yili 100 mln.lab tonna ifloslanuvchi moddalar ajratiladi.

Tojikistoning Tursunzoda shahri atrofida qurilgan alyuminiy zavodi chiqindilari Surxondaryo viloyatidagi mashhur anorzorlar hosilining keskin kamayishiga, mevalarning maydalanib ketishiga, hayvonlar va odamlar orasida kasalliklarning ko’payishiga olib keldi. Sug’orish va sanoat korxonalari uchun suvdan isrofgarchilik bilan foydalanish kichik daryolarning qurib qolishiga yirik daryolar suvining keskin kamayib ketishiga olib kelmoqda. Bunday ayanchli hodisalarning tipik misoli Orol dengizi muammosidir. Mineral o’g’itlarning chorvachilik chiqindilari va kanalizasiyaning suv havzalariga qo’shilishi, suvda azot va fosforning ortib ketishiga, suv o’tlarining ko’payib ketishiga olib kelmoqda. Kislorod zahirasi kamayishi natijasida suvdagi hayvonlar ayniqsa baliqlar qirilib ketmoqda.

Keyingi vaqtlapda o’rmonlarning ko’prok kesilishi, yong’inlar natijasida ularning qisqarishi, iqlimninshg keskin o’zgarishiga, suvdagi baliqlarining kamayishiga, tuproq holatining yomonlashishiga olib kelmoqda.

Shu sababli tabiatni muhofaza qilish hozirgi vaqtda eng dolzarb masalalarga aylanmoqda. Tabiatni muhofaza qilish maqsadida xalqaro "Biosfera va inson" - (qisqacha MAV) Man End biosfera dasturi qabul qilingan. Bu dastur doirasida O’zbekistonda ham alohida dastur tuzilgan. "Biosfera va inson" dasturi atrof muhitning holatini va insoning biosferaga ta’sirini o’rganadi. Bu dasturning asosiy vazifasi hozirgi davrdagi inson xo’jalik faoliyatining kelajakda qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini aniqlash biosfera boyliklaridan oqilona foydalanish uni muhofaza qilish choralarini ishlab chiqishdir.

Muhokama savollari.

1. Bisofera haqida tushuncha bering.

2. Biosferadagi tirik organizmlar va ularning funksiyalari nimalardan iborat?

3. Tirik organizmlar xilma-xilligi, okean va quruqlik biomassalari to’g’risida nimalarni bilasiz?



4. Biosferada moddalarning aylanishi va energiyaning o’zgarishi haqida tasavvur bering?

5. Produsentlar, konsumentlar va redusentlarga tavsif bering va misollar keltiring.
Download 162.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling