2-mavzu Tirik organizmlar to‘g‘risida ta’limot. Hayotning shakllanish darajalari. Reja


Download 162.04 Kb.
bet48/52
Sana12.12.2021
Hajmi162.04 Kb.
#180304
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52
Bog'liq
BIOLOGIYA OʻSIMLIK

Muhokama savollari.

O’sish va rivojlanish to’g’risida nimani bilasiz?

Gulli o’simliklarning rivojlanish davrlariga izoh bering.

O’sish va rivojlanishni boshqaruvchi omillarni ta’riflang.

Morfogenez nima?

v

7-mavzu. Biosfera.



Reja

1. Biosfera haqida tushuncha.

2. Tirik organizmlar biosferaning asosiy qismi.

3. Quruqlik va okean biomassalari.

4. Biosferada moddalarning davriyaylanishi va energiyaning o’zgarishi.

Tayanch iboralar: Biosfera evolyusiyasi,ekosistema, noosfera, noogenez, biogen, geologiya, redusentlar, konsumentlar, produsentlar, denitrifikasiya, biomassa.

Biosfera haqida tushuncha.

Biosfera (yunoncha "bios" - hayot, "sfera" - shar so’zlaridan olingan) bo’lib, bu atamani fanga birinchi marta Avstriyalik geolog olim E. Zyuss tomonidan kiritilgan. U yer shari hayot qavatini birinchi bo’lib biosfera deb atagan bo’lsada, lekin biosfera haqidagi ta’limotni rus akademigi V.I.Vernadskiy yaratgan va rivojlantirgan.

Biosfera tirik organizmlar yashaydigan va ular ta’sirida o’zgarib turadigan yer sharining bir qismi hisoblanadi. Yerdagi hamma biogeosenozlarning yig’indisi biosferani tashkil qiladi. Shunday qilib, biosferaning elementar (eng kichik) birligi beogeosenozlardir.

Biosferaga juda qadimiy bakteriyalardan tortib, odamgacha bo’lgan organizmlar kiradi. Biosfera tirik va o’lik tarkibiy qismdan iborat. Sayyoramizdayashaydigan hamma tirik organizmlarning yig’indisi (bakteriyalar, o’simliklar, hayvonlar) biosferaning tirik qismini tashkil etadi. Tirik organizmlar asosan yerning gazsimon (atmosfera), suyuq (gidrosfera), qattiq (litosfera) qobiqlarida joylashgan. Keyingi ma’lumotlarga qaraganda biosferaning yuqorgi chegarasi dengiz sathidan 22 km balandlikda troposferada va paski chegarasi (litosferaning) 3 - 5 km chuqurlikda ham uchraydi va xatto okeanning (gidrosfera) 11 km chuqurligida ham hayot mavjuddir. Biosferaning eng yuqori chegarasida noqulay sharoitlarga o’ta chidamli bakteriyalar va zamburug’lar sporalari uchraydi. Biosferaning chegarasi okeanlarning eng chuqur joylariga va litosferada neft bor bo’lgan anoerob bakteriyalar yashaydigan qismlarigacha tarqalgan. Biosferaning o’lik tarkibiga atmosferaning, gidrosferaning va litosferaning moddalar va energiya almashinuvi jarayonida qatnashuvchi qismlari kiradi (7-rasm).

7-rasm. Biosfera chegaralari




Download 162.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling