2-mavzu Tirik organizmlar to‘g‘risida ta’limot. Hayotning shakllanish darajalari. Reja
Download 162.04 Kb.
|
BIOLOGIYA OʻSIMLIK
3. Chin bakteriyalar - Bacteria. Bakteriyalar bir hujayrali mikroskopik organizmlardir. Gram bo’yog’i bilan bo’yalish usuli bo’yicha ular gramijobiy va gramsalbiy bakteriyalarga bo’linadi. Hujayra shakllariga karab bakteriyalar basillalar, streptokoklar, vibrionlar va spirillalarga bo’linadi. Ko’pchilik bakteriyalarda xivchinlari bo’lganligi sababli ular harakatchan bo’ladilar.
Bakteriyalar hujayrasi tuzilishi o’simlik va hayvonlar hujayrasi tuzilishiga o’xshash bo’ladi. Biroq ulardan farq qilib, bakteriyalarda xloroplastlar, mitoxondriyalar, yadro membranasi va yadrocha bo’lmaydi. Ular turli xil ekologik sharoitda uchraydi. Ko’payishi faqat hujayrasining ikkiga bo’linishi yo’li bilan bo’ladi. Ba’zi bir bakteriyalarda konyugasiyalarga o’xshash jinsiy ko’payishlar aniqlangan. Bakteriyalar ko’pincha geterotrof qisman avtotrof (ximosentezlovchi bakteriyalarda) usullar bilan oziqlanadi. Ular aerob va anoerob sharoitlarda xayot kechiradilar. Bakteriyalarning tabiatdagi ahamiyati ulkan. Ular bizg’ish, chirish va organik moddalarni parchalashda ishtirok etadi. Ana shu jarayonlar natijasida tuproqda karbonatlar, sulfidlar, fosfatlar, boksitlar hattoki temir rudalari ham hosil bo’lib turadi. Dukkakli o’simliklar ildizidagi tuganak bakteriyalar, tuproqdagi azotobakteriyalar hujayrasidagi simbiosomalar ishtirokida havodagi erkin azotni o’zlashtiradilar va ularni yashil o’simliklar o’zlashtiradigan holatga, ya’ni azot birikmalariga aylantiradilar (NH3 NH4+). Amaliyotda ham bakteriyalardan keng foydalanadilar. Masalan sut kislotali bakteriyalar faoliyatidan sut mahsulotlari tayyorlashda, sabzovotlarni konservalashda foydalaniladi. Bakterialardan antibiotiklar ham olinadi. Gen injeneriyasida DNK ning gibrid shakllarini olishda ham ulardan foydalanish mumkin. Odam va hayvonlarda turli xil kasalliklarni tug’diruvi bakteriyalar ham bor. Chunonchi, ular odamlarda dizenteriya, o’lat, vabo, difteriya va shu kabi kasalliklarni tug’diradi. Bundan tashqari odam va hayvonlarda uchraydigan brusellyoz, sil kasalligi, kuydirgi va shu kabi kasalliklarni ham bakteriyalar tug’diradi. Download 162.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling