2-mavzu Tirik organizmlar to‘g‘risida ta’limot. Hayotning shakllanish darajalari. Reja


Oksifotobakteriyalar (Oxyphotobacteria)


Download 162.04 Kb.
bet22/52
Sana12.12.2021
Hajmi162.04 Kb.
#180304
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   52
Bog'liq
BIOLOGIYA OʻSIMLIK

4. Oksifotobakteriyalar (Oxyphotobacteria). Bularga sianobakteriyalar va xloroksibakteriyalar kiradi.

Sianobakteriyalar – Cyanobacteria, eski klassifikasiya bo’yicha ular ko’k yashil suvo’tlari hisoblanib, tuzilishiga ko’ra bakteriyalarga o’xshaydi. Bu bo’limning 2500 ga yaqin turi mavjud. Ular asosan bir hujayrali organizmlardir. Biroq uzun ipsimon va hattoki koloniya shaklda uchrovchilari ham bo’ladi. Ularning bakteriyalardan farq qiluvchi belgilari bo’lib, quyidagilardan iborat.

1) Hujayra po’sti sellyulazali;

2) Sitoplazmasida xlorofillari bo’lib fotosintez jarayonini bajaradi. Xromotoplazmasida xlorofilldan tashqari har xil rang beruvchi karotin, ksantofil, fikoeritrin pigmetlari ham bo’ladi. Ular chuchuk va sho’rlangan suvlarda, hamda tuproqda hayot kechiradilar. Dengizlarda yashaydigan vakillari ham uchraydi. Sianobakteriyalar hujayrasining ikkiga bo’linish yo’li bilan ko’payadilar. Ularning chirimagan qoldiqlari davolanish loyqalarini hosil qilishda ishtirok etishini hisobga olmaganda, xo’jalik ahamiyati deyarli yo’q.

Sianobakteriyalar ham eng qadimgi paydo bo’lgan organizmlar bo’lib, moxlar, poporotniklar va urug’li o’simliklar paydo bo’lganga qadar ham yashaganlar. Ularning yoshi bir necha milliard yil hisoblanadi.

Xloroksibakteriyalar juda kam miqdorda uchrab, ular ham fotosentez qilish jarayoniga ega bo’lib, kelib chiqishlari ham noma’lum. Vakili Proxloron (prochloron)dir.




Download 162.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling