2-mavzu Tirik organizmlar to‘g‘risida ta’limot. Hayotning shakllanish darajalari. Reja


Download 162.04 Kb.
bet3/52
Sana12.12.2021
Hajmi162.04 Kb.
#180304
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52
Bog'liq
BIOLOGIYA OʻSIMLIK

Hayvon to‘qimalari. Inson va hayvonlarda tashqi tuzilishi va funksiyalariga ko‘ra 5 xil tipdagi to‘qimalar mavjud: epiteliy, biriktiruvchi, muskul, nerv to‘qimalari hamda qon va limfalar.

1. Epiteliy to‘qimasi. Bir yoki ko‘p qavatli hujayralardan tashkil topgan bo‘lib, organlarning ichki va tashqi yuzasini qoplab turadi. Epiteliy embrion varaqasining ekzoderma qavatidan hosil bo‘ladi. Epiteliy to‘qimasi o‘zi o‘rab turgan organlarni infeksiyalardan va mexanik shikastlanishdan saqlaydi. Bu to‘qimani tashkil qiluvchi hujayralar shakli va undagi hujayra qavatiga ko‘ra bir necha guruhlarga bo‘linadi:

1) Yassi epiteliy oddiy ko‘p burchakli hujayralardan tashkil topgan. Bu epiteliy terining tashqi tomonida, og‘iz bo‘shlig‘ida, qizilo‘ngach va qin dahlizida bo‘ladi.  YAssi epiteliy odam va yuqori tabaqali hayvonlarda ko‘p qavatli bo‘lib, unga ko‘p qavatli yassi epiteliy deyiladi.

2) Kubik epiteliy. Kubiksimon hujayralardan tashkil topgan bo‘lib, u ko‘pincha buyrak kanalchalarida  hamda tuxumdon va boshqa organlarning tashqi qavatida joylashgan.

3) Prizmatik yoki ustunsimon epiteliy. Bu epiteliy silindrik shakldagi hujayralardan tashkil topgan bo‘lib, u meda, ichak, bachadon va shu kabi organlarning devorlarini qoplab turadi.

4) Kiprikchali epiteliy. Ustunsimon hujayralardan tashkil topgan bo‘lib, ular hujayrasining erkin yuzasida kichik protoplazmatik o‘simtalar hosil bo‘ladi, bu o‘simtalar kiprikchalar deyiladi.

Nafas olish yo‘llarining ko‘pchilik qismida ana shunday kiprikchali epiteliy bo‘lib, ular nafas olishda  kiradigan chang va boshqa xil moddalarni ushlab qoladi.

5) Sezuvchi epiteliy (sensorlar). Ta`sirlanishni qabul qiladigan maxsus hujayralarni o‘zida saqlovchi to‘qimalar, masalan, burun bo‘shlig‘idagi hid sezuvchi qavat.

6) Ajratuvchi epiteliy. Bu epiteliy prizmatik va kubiksimon hujayralardan tashkil topgan bo‘lib, maxsus moddalarni (sekret) ajratadi. Ular bitta hujayra yoki bir nechta hujayralar yig‘indisidan tashkil topgan. Ko‘p hujayralilariga endokrin bezlarini kiritish mumkin. Bu bezlar ajratgan garmonlarni qon va limfalarga o‘tkazadi.




Download 162.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling