Yadroviy tuzilishga ega bo’lgan organizmlar – Procaryota. Prokariotlarga mikroskopik organizmlar kirib, hujayrasining tarkibida shakllangan yadro va membranasi bo’lmaydi. Ular asosan bir hujayrali organizmlar bo’lib, qisman koloniya shaklida uchrovchilari ham bor. Ularda yadro o’rnida genetik material bo’lib DNK hisoblanadi.
Prokariotlar faqatgina oddiy bo’linish yo’li bilan ko’payadi. Ba’zi bir vakillarida konyugasiyaga o’xshash jinsiy jarayonlari uchraydi. Ular hujayrasida mitoxondriyalar, plastidalar, Goldji apparatlari va sentriolalar bo’lmaydi. Biroq ribosomalar uchraydi. Prokariotlarning xarakterli xususiyatlaridan bir — hujayrasi hujayra po’sti bilan o’ralgan. Ba’zi bir prokariotlar atmosferadagi erkin azotni o’zlashtirish xususiyatiga ega. Bularga quyidagilar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |