Moxsimonlar bo’limi - Bryophyta. Bularga pakana ko’p hujayrali o’simliklar kiradi. Ba’zi bir vakillarda (marshansiyada) tanasi tallomli tuzilgan. Biroq ko’pchiligida tanasi barg ildiz va poyaga ajralgan. Bu bo’limning 25000 ga yaqin turi mavjud, ular hammasi namgarchilik joylarda o’sadi. Tuproqqa rizoidlari bilan birikkan bo’ladi va rizoidlari orqali tuproqdan suv va meneral moddalarni qabul qiladi. Bu bo’limning ko’p uchraydigan vakillariga Marshansiya, Kakku zig’iri, torf moxlari (300 turi mavjud)ni misol qilib keltirish mumkin. Moxsimonlarda sporofit va gametofit nasllar gallanib turadi va bunda gametofit ustunlik qiladi. Moxlarning amaliy ahamiyati deyarlik yo’q. Biroq ekosistema tarkibida boshqa xil o’simliklarning o’sishiga ta’sir ko’rsatishi mumkin. Moxlarning intensiv rivojlanishi tuproq holatini yomonlashtirishi mumkin. Biroq torf moxlari torf boyliklarini hosil qiladi. Ba’zi bir turlari tibbiyotda dorivor o’simlik sifatida qo’llaniladi.
Moxsimonlar quruqlikda yashashga moslashgan dastlabki o’simliklar bo’lib, ular taxminan 459-500 mln yil ilgari paydo bo’lganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |