2-mavzu Tirik organizmlar to‘g‘risida ta’limot. Hayotning shakllanish darajalari. Reja


Ochiq urug’lilar yoki qarag’aylar


Download 162.04 Kb.
bet29/52
Sana12.12.2021
Hajmi162.04 Kb.
#180304
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   52
Bog'liq
BIOLOGIYA OʻSIMLIK

Ochiq urug’lilar yoki qarag’aylar. Bular urug’ beruvchi o’simliklar bo’lib, urug’ida murtagi bo’ladi. Murtagida boshlang’ich ildizcha, poyacha va bargchalar joylashadi. Biroq urug’lari tashqi tomondan meva qati bilan qoplanmagan, yalong’och bo’ladi va shu sababli bu o’simliklarni ochiq urug’lilar deyiladi. Ochiq urug’lilarga mukul daraxt va buta o’simliklar kiradi, ular orasida o’tsimon vakillari uchramaydi. Ochiq urug’lilarning 850 dan ortiq turi bo’lib, yer yuzida keng tarqalgan, ayniqsa shimoliy yarim shardan ularning vakillari cheksiz o’rmonlarni hosil qiladi. Eng ko’p uchraydigan vakillariga qarag’ay, pixta, yel, tilog’och, archa, sarv daraxtlari kiradi. Ularning ko’pchiligi bargga ega. Poya tuzilishida ksilema kuchli rivojlangan bo’lib, ular asosan traxeidlardan tuzilgan. Ochiq urug’lilar ham boshqa urug’li o’simliklar singari har xil sporali o’simliklar hisoblanib, ularning ko’payish organlari erkak va urg’ochi qubbalarga ajraladi. Qubbalari ko’pincha bitta o’simlikda joylashadi.

Urg’ochi qubbalarida makrosporangiylarni olib yuruvchi yirik makrosporofillari bo’ladi. Har bir makrosporofilda bittadan makrosporasi bo’lgan 2 ta makrosporangiy joylashadi. Makrosporongiy tashqi tomondan integuliyet bilan qoplangan. Makrosporangiyni urug’kurtak ham deb ataladi. Urug’kurtakning Mikropile tomonida bittadan tuxum hujayrasi bo’lgan 2 ta arxeogoniy joylashadi.

Erkak qubbasining mikrosporofillarida 2 tadan mikrosporangiy joylashib, uning ichida mikrosporalar yetishadi. Hosil bo’lgan mikrosporalar yetishib erkak gametofitini (changni) hosil qiladi. Chang mikrosporangiydayoq o’sa boshlaydi. Chang yadrosi bo’linib, ikkita parallel hujayra hosil qiladi. Biroq ular keyinchalik reduksiyalashib nobud bo’ladi. Ma’lum vaqt o’tgach mikrospora yadrosi yana ikkiga bo’linib, ikki yangi anteridial va vegetativ hujayralarni hosil qiladi. Anteridial hujayradan ikki erkak jinsiy hujayra - spermiy, vegetativ hujayradan esa spermalarni tuxum hujayraga etuvchi chang naychasi hosil bo’ladi. Urug’kurtakka tushgan chang rivojlanib, chang naychasi mikropila orkali endospermdagi arxigoniyga borgach yoriladi. Ichidan chiqqan spermiylardan biri arxegoniydagi tuxum hujayra bilan qo’shiladi. Bu esa urug’lanish deyiladi. Tuxum hujayra shu tarzda urug’lanadi va undan murtak vujudga keladi.

Urug’ yetilgandan so’ng qubbadan tushib tarqaladi. Ochiq urug’lilarning xo’jalikda ahamiyati ulkan. Ulardan yog’och, qurilish materiallari, medisina sanoati uchun xom ashyo olinadi. Ko’pchilik vakillaridan dekorativ o’simlik tariqasida foydalaniladi. Ochiq urug’lilar ham devon davrida paydo bo’lib, (350 mln yil oldin) poleazoy erasining oxiri mezazoy erasining boshlarida paporotniklarni siqib chiqarib, yer yuzida keng tarqaldilar.




Download 162.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling