Yuqori o’simliklar - Embryobionta yoki kormophyta. Bu xil o’simliklarning tanfcb barg, poya va ildizga ajralgan, shu sababli ularni ba’zan barg poyalilar ham deb ataladi. Tarixiy rivojlanish davrida yuqori o’simliklar quruqlikka moslashgan guruh o’simliklar hisoblanadi. Ularda jinsiy va jinsiz ko’payishlar gallanib turadi. Moxsimonlarda bu xil ko’payishda jinsiy (gametofit) jinsiz (sporofitdan) nasldan ustun tursa, qolgan barcha yuqori o’simliklarda esa sporofit nasl gametofit nasldan ustun turadi. Yuqori o’simliklar sporalilar va urug’lilarga ham bo’linadi, birinchi guruhlarga bir hujayrali sporalar bilan ko’payadigan o’simliklar (moxsimonlardan tortib to paporotniklargacha) kirsa, ikkinchi guruh urug’lilarga urug’ hosil qiladigan (ochiq urug’lilar va yopiq urug’lilar) o’simliklar kiradi. Yuqori o’simliklar quyidagi bo’limlarga bo’linadi,
1 bo’lim. Riniofitlar – Rhyniofyta - vakillari riniye asteroksimon va shu kabilar bo’lib, ular hozir faqat qazilma holida mavjud.
2 bo’lim. Psilofitlar – Psylofyta - bu bo’limning ko’pchilik vakillari bizgacha yetib kelmagan.
3 bo’lim. Moxsimonlar – Briofyta.
4 bo’lim. Plaunsimonlar – Licofyta.
5 bo’lim. Qirqbo’g’imlilar – Equisetofyta.
6 bo’lim. Paporotniksimonlar – Pterophyta.
7 bo’lim. Ochiq urug’lilar yoki qarag’aylar - Gumneospermaye.
8 bo’lim. Yopiqurug’lilar yoki magnoliyalilar – Angiospermae yoki Magnoliofyta.
Shulardan bazi bir vakillarini ko’rib o’taylik.
Do'stlaringiz bilan baham: |