2-Mavzu: Tola va ularni turlari. Paxta tolasining tuzilishi va kimoviy xossalari. Tolaning fizik-mеxanik xossalari. Kimyoviy tolalar. Tolaning xossalari uning kimyoviy tarkibi va tuzilishi paxtani dastlabki ishlash texnologiyasi


Download 332.49 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana17.10.2023
Hajmi332.49 Kb.
#1706275
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2-mavzu

Tolaning fizik-mexanik xossalari. 
Paxta tolasining fizik-mexanik xossalariga chiziqli zichligi (yo‘g‘onligi), uzunligi, 
pishiqligi, uzayishi va qayishqoqligi, yeyilishga, egilishga, qisilishga, buralishga xamda 


tolaning tola ustida sirpanishga qarshiligi, gigroskopikligi, rangi, elektr va issiqlik 
o‘tkazuvchanligi kiradi. 
Chiziqli zichlik — tolaning eng muxim xossalaridan biri. Bu kattalik ma’lum 
uzunlikdagi tola qanday massaga ega ekanligini ko‘rsatadi. Chiziqli zichlik teks deb 
ataladigan birliklarda o‘lchanadi. 
Teks — 1 km tolaga (kalava ipga) keltirilgan, grammda yoki 1 m tolaga 
keltirilgan, milligrammda ifodalanadigan massa (g/km; mg/m). 
T=g/l 
bu yerda: - tolaning, kalava ipning chiziqli zichligi, teks, - tola massasi, g 
yoki mg; l - tola uzunligi, km yoki m. 
Juda ingichka tolani o‘lchash uchun ba’zan milliteks kattaligi ishlatiladi. U 1 km 
tolaning milligrammdagi massasini ko‘rsatadi. Demak, milliteks (mteks) birliklari teks 
birliklaridan ming marta kichik. Shuning. uchun tolaning mteks da ifodalangan 
ko‘rsatkichi teksda ifodalanganidan 1000 marta katta bo‘ladi. 
Tolaning chiziqli zichligi natijasida uning ko‘ndalang o‘lchamlarini belgilaydi. 
Shuning uchun, bir qarashda, tolaning ko‘ndalang kesimi diametri yoki yuzini aniqlash 
kerak. Biroq buni qilish qiyin. Birinchidan, shunday ingichka jism tolaning diametrini 
amalda o‘lchash qiyin; ikkinchidan, uning diametri butun uzunligi bo‘yicha bir xil 
emas; uchinchidan, tolaning ko‘ndalang kesimi butun uzunligi bo‘yicha xar xil shakl.va 
o‘lchamda bo‘ladi. Shuning uchun to‘qimachilik tolalarining ko‘ndalang o‘lchamlari 
nisbiy kattaliklar bilan o‘lchanadi. Ilgarilari shunday kattaliklardan biri (kalava ip) 
ning nomeri xisoblanar, u bilan tolaning ingichkaligi baxolanar edi. Nomer f) - tola 
uzunligining massasiga nisbati kattaligi. xozirgi vaqtda mamlakatimizning 
to‘qimachilik sanoatida nomer o‘rniga chiziqli zichlik (teks) ishlatiladi. Ular orasida 
quyidagi bog‘liqlik mavjud.
N=1000/T. 
 
Nomerdan teksga o‘tilishiga sabab shuki, teks to‘g‘ri kattalik xisoblanadi, ya’ni 
tolaning ko‘ndalang o‘lchamlari qancha katta bo‘lsa, uning chiziqli zichligi yoki teks 
kattaligi xam shuncha katta bo‘ladi. Aksincha, nomer ko‘ndalang o‘lchamlarga teskari 
kattalik: tolaning ko‘ndalang o‘lchamlari qancha katta bo‘lsa, nomer shuncha past 
bo‘ladi. 
Tolaning uzunligi l mm, ko‘ndalang kesimining yuzi g‘ mm
2
, paxta moddasining 
zichligi 

g/sm
3
bo‘lsin. Tolaning xajmi V mm
3
tola uzunligining ko‘ndalang kesimi 
o‘rtacha yuziga ko‘paytmasiga teng: 
V=lF 
Berilgan tola xajmining massasi g (mg) tola xajmining zichligiga ko‘paytmasidan 
aniqlanadi: 
g=V

=lF

 
Tolaning chiziqli zichligi massasining uzunligiga nisbatidan iborat, demak, 
yoki o‘lchamlikka rioya qilinsa, 
Shunday qilib, tolaning ko‘ndalang kesimi yuzi qancha katta bo‘lsa chiziqli 
zichligi shuncha katta bo‘ladi. Paxta moddasining zichligi 1,5 g/sm
3

l
g
T

.
1000
1000
001
,
0
F
l
lF
l
g
T









Tolalarning chiziqli zichligi katta axamiyatga ega. Tolalardan tayyorlangan 
kalava ipning pishiqligi shu tolalarning pishiqligiga va ular orasidagi ishqalanish 
kuchiga bog‘liq. Tolaning ko‘ndalang kesimida tolalar orasidagi kontaktlar qancha ko‘p 
bo‘lsa (bu esa, o‘z navbatida, tolalar soniga bog‘liq), ishqalanish kuchi shuncha katta 
bo‘ladi. Demak, tola qancha ingichka, ya’ni chiziqli zichligi qancha kichik bo‘lsa, 
berilgan kalava ipning ko‘ndalang kesimida tolalar shuncha ko‘p va kalava ip shuncha 
pishiq bo‘ladi. Boshqa tomondan, tola qancha ingichka bo‘lsa, ulardan normal 
pishiqlikdagi shuncha ingichka kalava ip olish mumkin. 
Tolaning uzunligi ham paxtaning sifatini belgilaydigan juda muxim 
xarakteristikadir. Tola qancha uzun bo‘lsa, u kalava ipdagi boshqa tolalar bilan shuncha 
ko‘proq tutashadi va ularni ajratib olish shuncha qiyinlashadi. Demak, uzun tolalardan 
chiziqli zichligi bir xil bo‘lgan pishiq kalava ip olish mumkin, boshqa tomondan, ancha 
uzun tolalardan normal pishiqlikdagi ingichka kalava ip olish mumkin. Bu xolda gap 
ixtiyoriy uzunlikdagi tola xaqida ketyapti. 
Amalda paxtaning xar bir kichik massasida xar xil uzunlikdagi (7-8 dan 40-45 
mm gacha) tolalar bo‘ladi. SHuning uchun, odatda, tolalarning uzunligi bir necha kattalik 
bilan: o‘rtacha uzunlik, o‘rtacha kvadratik og‘ish yoki variatsiya koeffitsienti, modal va 
shtapel uzunliklar bilan xarakterlanadi. Bundan tashqari, namunada tolalar gruppasining 
uzunlik bo‘yicha taqsimlanishini xarakterlash uchun grafik tasvir — tolalarning uzunlik 
bo‘yicha taqsimlanish diagrammasidan foydalaniladi. Keyingi vaqtlarda paxta 
tolalarining uzunligini xarakterlash uchun o‘rtacha, modal va shtapel massa-uzunlik 
kattaliklaridan foydalaniladi. 
O‘rtacha uzunlik — o‘rtacha arifmetik uzunlik bo‘lib, sinalayotgan tolalarning 
umumiy uzunligini ularning soniga bo‘lib aniqlanadi. o‘rtacha kvadratik og‘ish xamda 
variatsiya koeffitsienti tolalarning uzunlik bo‘yicha notekisliligini xarakterlaydi va paxta 
sifatiga katta ta’sir ko‘rsatadi. 
Tolaning pishiqligi deb, uning cho‘zuvchi kuchlarga qarshilik qilish 
xususiyatiga aytiladi. Pishshiqlikni baxolash uchun uzilish nagruzkasn 
kattaligidan, ya’ni tola uzilguncha chidaydigan eng katta kuchdan 
foydalaniladi.
Chiziqli zichligi xar xil tolalarning pishiqligini taqqoslash uchun absolyut 
pishiqlikdan emas, nisbiy pishiqlikdan foydalaniladi. Buning uchun uzilish 
nagruzkasini tola ko‘ndalang kesimi yuzining birligiga yoki uning chiziqli 
zichligiga keltirish lozim. Tolalarning nisbiy pishiqligi
baxolashda tolaning 
uzilish uzunligi kattaligidan, ya’ni tolaning massasi son jixatidan uning uzilish 
nagruzkasiga teng bo‘lgan uzunlikdan foydalaniladi. 
Paxta tolalarining sifatini kalava ip ishlab chiqarish uchun xom ashyo 
sifatida baxolashda asosiy xossalarining bir tekisligi katta axamnyatga ega. 
Ip gazlama sanoatida ko‘p yillardan beri Kimyoviy tolalar sof xolda xam, paxta 
bilan aralashtirilgan xolda xam qayta ishlab kelinmoqda. Keyingi vaqtlarda tarmoqni 
Kimyolashtirish protsessi jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda. SHuning uchun ip gazlama 
korxonalarida qayta ishlanadigan Kimyoviy tolalar ulushi ko‘paymoqda. 
Kimyoviy tolalarning xossalari tabiiy tolalarnikiga qaraganda bir tekisroq bo‘ladi, 
shu bilan birga ularning ba’zi xossalari - uzunligi, chiziqli zichligi, pishiqligini rostlab 
turish mumkin. Kimyoviy tolalar ishlab chiqarishni kengaytirishga yordam beradigan 
omillarning boshqa gruppasi Kimyoviy tolalar ishlab chiqarishni iqlim sharoitlariga 
bog‘liq emasligi, ba’zi xil tolalarni ishlab chiqarishda ish unumining yuqoriligi, 
xomashyo resurslarining mo‘lligi va ularni ishlab chiqarish ekin maydonlarini 


kengaytirkshga bog‘liq emasligidir. Tabiiy tolalar ishlab chiqarishda esa buning aksini 
ko‘ramiz. 
Kimyoviy tola ishlab chiqarish sun’iy tolalar - viskoza tolalar ishlab chiqarishdan 
boshlandi. Keyinchalik sellyulozadan boshqa tolalar ishlab chiqarila boshlandi. xozirgi 
vaqtda sun’iy tolalar ishlab chiqarish barcha Kimyoviy tolalar ishlab chiqarishning 
yarmidan ko‘pini tashkil etadi. 
Barcha Kimyoviy tolalar tabiiy polimerlardan olinadigan sun’-iy xamda eng 
oddiy birikmalar - monomerlardan Kimyoviy sintez yo‘li bilan olinadigan sintetik 
xillarga bo‘linzdi. Ko‘pgina Kimyoviy to‘qimachilik tolalari yuqori molekulyar organik 
birikmalar xisoblanadi. Shisha va metall tolalar anorganik tolalar jumlasiga kiradi. 
To‘qimachilik tolalari ishlab chiqarishda foydalaniladigan Kimyoviy yuqori 
molekulyar birikmalar tuzilishiga ko‘ra karbotsiklik va geterotsiklik xillarga bo‘linadi. 
Karbotsiklik birikmalar shunday birikmalarki, ularda sikllar-ga faqat uglerod 
atomlari kiradi. Ularga polietilen, polipropilen, polivinil xlorid kiradi. 
Geterotsiklik birikmalar — sikllari (xalqalari) da, uglerod atomlaridan tashqari, 
boshqa atomlar: kislorod, azot atomlari va xokazo atomlar bo‘ladigan birikmalar. Ular 
jumlasiga ko‘pgina Kimyoviy tolalar kiradi. 
Barcha Kimyoviy tolalar suyuq yoki suyuqlantirilgan polimerni. fil erlar — 
yigiruv voronkalarining kichik teshiklari orqali siqib o‘tkazish va xosil bo‘lgan ipni 
suyuqlik eki gaz bilan qotirish yo‘li bilan olinadi. 
Kimyoviy tolalar ishlab chiqarishning butun siklini quyidagi bosqichlarga bo‘lish 
mumkin: xom ashyo olish va uni dastlabki tayyorlash; iigiruv eritmasi yoki suyuqlanmasi 
xosil qilish (unga bo‘yovchi moddalar qo‘shib tayyor bo‘yalgan tola olish mumkin). 
3.2-rasm. Kimyoviy tolalarni olish usullari. 
Eritmani fil er orqali siqib o‘tkazib ip olish sxemasi quyida keltirilgan. Olingan tola 
(ip) pardozlash (aralashmalardan tozalash, moilash yoki emul siyalash) va mexanik 
ishlovdan, ya’ni cho‘zish, qirqish, ourash va o‘rash operatsiyalaridan o‘tkaziladi. 
Kimyoviy tolalarni olish usullari 3.2- rasmda ko‘rsatilgan. Viskozani xo‘l usulda olishda 
(6-rasm, a) viskoza eritmasi fil trlar 1 orqali nasoslar yordamida lgiruv mashinalariga 
uzatiladi. So‘ngra u fil er 3 teshigi orqali o‘tib sul fat kislota eritmasi solingan tindirish 
vannasi 2 ga tushadi. Bu erda viskoza yayaa sellyulozaga aylanadi va ingichka 
egiluvchan iplar xosil bo‘ladi. Bu iplar taranglash valiklari 4 orqali bobina 5 ga 
o‘raladi. 
6- rasm, b da atsetat tolani quruq usulda olish sxemasi ko‘rsatilgan. Bunda fil er 1 
dan chiqayotgan eritma oqimlari 2 xavo ta’sirida qotadi Davo erituvchyning tez 
bug‘lanib ketishiga yordam beradi. Iplar shaxta 3 da xosil bo‘ladi, rolik 4 da 
moylanadi va bobina 5 ga suraladi. 


6-rasm g, v da kapron iplarni quruq usulda olish sxemasi k¢rsatilgan. Uvoqlar 
tarzidagi kaprolaktam bunker 7 dan issiq eritish panjarasi 2 ga uzatiladi va u erda 
suyuqlanadi. Suyuqlanma fil’tr 5 orqali fil er ga xaydaladi va uning teshigi orqali 
o‘tkaziladi. Oqimlar puflash kamerasi ga kiritiladi, u erda bug‘lash shaxtasidan o‘tib 
qotadi, valik 7 da moylanadi, valiklar va 9 da cho‘ziladi xamda bobina 10 ga o‘raladi. 
Uzluksiz elementar Kimyoviy tolalar tayyorlashda asosan quruq usul, shtapel 
tolalar tayyorlashda esa xo‘l usul qo‘llaniladi. SHtapel tolalar tayyorlashda 1200-5000 
yoki xatto 12000-15000 teshikli, uzluksiz tolalar tayyorlashda esa 100-200 teshikli fil 
erlar ishlatiladi. 
Sun’iy va sintetik tolalar ko‘pincha kalta shtapel tolalar tarzida paxtaga 
aralashtirib ishlatiladi. Bunday aralash kalava ipdan to‘qilgan gazlamalar ajoyib 
kompleks iste’mol xossalariga ega bo‘ladi. Kompleks iplar asosan kombinatsiyalangan 
xajmiy ip, shakldor shnur yoki teksturalangan chirmov tarzida (mebelbop-dekorativ 
gazlamalar to‘qish uchun) ishlatiladi. Ular paxta iplarga qo‘shib buraladi yoki 
gazlamadagi iplar sistemasidan birida (tanda yoki arqoqda) ishlatiladi. 

Download 332.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling