2-Mavzu: Tola va ularni turlari. Paxta tolasining tuzilishi va kimoviy xossalari. Tolaning fizik-mеxanik xossalari. Kimyoviy tolalar. Tolaning xossalari uning kimyoviy tarkibi va tuzilishi paxtani dastlabki ishlash texnologiyasi


-rasm. Kimyoviy tolalarni olish usullari


Download 332.49 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana17.10.2023
Hajmi332.49 Kb.
#1706275
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2-mavzu

4.1-rasm. Kimyoviy tolalarni olish usullari. 
Eritmani filer orqali siqib o‘tkazib ip olish sxemasi quyida keltirilgan. Olingan 
tola (ip) pardozlash (aralashmalardan tozalash, moilash yoki emulsiyalash) va mexanik 
ishlovdan, ya’ni cho‘zish, qirqish, ourash va o‘rash operasiyalaridan o‘tkaziladi. 
Kimyoviy tolalarni olish usullari 4.1- rasmda ko‘rsatilgan. Viskozani xo‘l usulda 
olishda (4.1-rasm, a) viskoza eritmasi filtrlar 1 orqali nasoslar yordamida lgiruv 
mashinalariga uzatiladi. So‘ngra u filer 3 teshigi orqali o‘tib sulfat kislota eritmasi 
solingan tindirish vannasi 2 ga tushadi. Bu erda viskoza yayaa sellyulozaga aylanadi 
va ingichka egiluvchan iplar xosil bo‘ladi. Bu iplar taranglash valiklari 4 orqali bobina 
5 ga o‘raladi. 
 
 
 
 
 


Kimiyoviy iplar va shtapel tola olish sxemasi 
Yigiruv eritmasi yoki suyuqlanmasi 
xarakatlanish uchun xaydalish 
Filtrlanish 
Uzluksiz oqimlarning chiqishi 
Oqimlarning elementar iplar tarzida qotishi 
Barcha iplarning umumiy o‘rovga birikishi 
Iplarning bitta pakovkaga
o‘ralishi 
o‘rovning qirqilishi 
Buralish 
SHtapel tola 
Buralgan kompleks ip 
4.1- rasm, b da asetat tolani quruq usulda olish sxemasi ko‘rsatilgan. Bunda filer 
1 dan chiqayotgan eritma oqimlari 2 xavo ta’sirida qotadi Davo erituvchyning tez 
bug‘lanib ketishiga yordam beradi. Iplar shaxta 3 da xosil bo‘ladi, rolik da moydanadi 
va bobina 5 ga buraladi. 
4.1-rasm g, v da kapron iplarni quruq usulda olish sxemasi k¢rsatilgan. Uvoqlar 
tarzidagi kaprolaktam bunker 7 dan issiq eritish panjarasi 2 ga uzatiladi va u erda 
suyuqlanadi. Suyuqlanma fil’tr 5 orqali filer 4 ga xaydaladi va uning teshigi orqali 
o‘tkaziladi. Oqimlar puflash kamerasi ga kiritiladi, u erda bug‘lash shaxtasidan o‘tib 
qotadi, valik 7 da moylanadi, valiklar va 9 da cho‘ziladi xamda bobina 10 ga o‘raladi. 
Uzluksiz elementar Kimyoviy tolalar tayyorlashda asosan quruq usul, shtapel 
tolalar tayyorlashda esa xo‘l usul qo‘llaniladi. SHtapel tolalar tayyorlashda 1200-5000 
yoki xatto 12000-15000 teshikli, uzluksiz tolalar tayyorlashda esa 100-200 teshikli 
filerlar ishlatiladi. 
Sun’iy va sintetik tolalar ko‘pincha kalta shtapel tolalar tarzida paxtaga 
aralashtirib ishlatiladi. Bunday aralash kalava ipdan to‘qilgan gazlamalar ajoyib 
kompleks iste’mol xossalariga ega bo‘ladi. Kompleks iplar asosan kombinasiyalangan 
xajmiy ip, shakldor shnur yoki teksturalangan chirmov tarzida (mebelbop-dekorativ 
gazlamalar to‘qish uchun) ishlatiladi. Ular paxta iplarga qo‘shib buraladi yoki 
gazlamadagi iplar sistemasidan birida (tanda yoki arqoqda) ishlatiladi. 


To‘qimachilik maxsulotlarini ishlab chiqarishda ishlatiladigan xom ashyo. 
To‘qimachilik tolalari. To‘qimachilik maxsulotlarini ishlab chiqarishda ishlatiladigan 
tolalarni to‘qimachilik tolalari deb ataladi. 
To‘qimachilik tolalari ko‘ndalang kesimi uzunligiga nisbatan juda kichik va 
uzunligi cheklangan, qayishqoq xamda pishiq jismlar bo‘lib yigirilgan ip va 
to‘qimachilik buyumlari tayyorlash uchun ishlatiladi. To‘qimachilik sanoatida tabiiy 
va kimyoviy tolalar ishlatiladi. Tabiiy tolalarni o‘simlik (paxta, zig‘irpoya) tolalari
xayvonlardan olinadigan tolalar (ipak)ga xamda anorganik, mineral tolalar (asbest)ga 
ajratish mumkin. 
Zavodlarda ishlab chiqariladigan va asosan organik geterosen va karbsen sintetik 
yuqori molekulyar birikmalar xamda bir oz tabiiy anorganik birikmalardan iborat 
bo‘lgan tolalar Kimyoviy tolalar xisoblanadi. ¤z navbatida Kimyoviy tolalar: sun’iy va 
sintetik tolalar gruppasiga bo‘linadi. 
Paxta-issiq iqlimli joylarda etishtiriladigan g‘o‘za o‘simligi chigitini qoplab 
turadigan eng muxim to‘qimachilik tolasi. Paxta tolasi ko‘pgina ajoyib xossalarga ega-
juda qayishqoq, ilashuvchan, ingichka, lekin pishiq va eyilishga chidamli, yaxshi 
bo‘yaladi. Paxta tolasini uzunligi nisbatan tekis bo‘lib 25-40 mm.ga etadi. 
SHu xossalari tufayli paxta tolalaridan turli tuman yigirilgan iplar, kiyim va 
ro‘zg‘orbob gazlamalar, texnik maqsadda ishlatiladigan matolar, trikotaj buyumlar, 
noto‘qima matolar, to‘qimachilik-attorlik buyumlar ishlab chiqariladi. 
Lub tolalari xar xil o‘simliklarning poyalarida, barglarida yoki mevalarning 
po‘stlog‘ida bo‘ladi. To‘qimachilik sanoatida asosan poyadan olinadigan lub tolalari 
ishlatiladi. Ulardan eng muximi zig‘ir tolasidir. 
Lub tolalari zig‘ir, nasha va boshqa o‘simliklarning po‘stlog‘ida dasta-dasta 
bo‘lib joylashadi. Tolalarni po‘stloqdan ajratib olish uchun o‘simliklar uzoq muddat 
tabiiy ivitilishi, keyin ularga Kimyoviy yoki issiqlik ishlov berish, so‘ngra ezish va 
savash kerak. Bu jarayonlar ancha mushkul bo‘lib uzoq davom etadi. 
Jun va ipak, xayvonlardan olinadigan eng qimmatbaxo tabiiy tolalar jumlasiga 
kiradi. Jun-qo‘y, echki va tuya terisini qoplab turgan tola. Jun tabiiy, zavodda 
olinadigan va tiklangan xollarga bo‘linadi. Tabiiy jun bevosita xayvonlarning junini 
olish yo‘li bilan, tiklangan jun esa ikkilamchi jun xom ashyosini qayta tiklash yo‘li 
bilan olinadi. 
Jun tolalari paxta tolalaridan uzunroq, pishiqligi pastroq, lekin qayishqoqroq 
bo‘ladi. SHu tufayli jun gazlamalar qator qimmatli xossalarga ega bo‘ladi, ya’ni uncha 
g‘ijimlanmaydi, eyilishga chidamli va draplanuvchandir, ya’ni jun gazlamadan tikilgan 
buyumlarning dastlabki shakli yaxshi saqlanadi. Jun tolalaridan ikki xil yigirilgan ip 
uncha pishiq bo‘lmagan yo‘g‘on yumshoq movut ip xamda ingichka, tekis, pishiq 
ingichka (kamvol) ip tayyorlanadi. 
Movut iplar paltobob va drab gazlamalar ishlab chiqarishda, ingichka iplar esa 
ko‘ylak va kostyumbob gazlamalar xamda trikotaj buyumlari ishlab chiqarishda 
ishlatiladi. 
Tabiiy ipak-ipak qurti o‘ragan pilladan ingichka ip, ipak qurti o‘z taraqqiyotini 
uch ma’lum bosqichda ingichka ip chiqarib pilla o‘raydi. SHu pilladan ipak ip olish 
uchun pillani xo‘llash, so‘ngra unda ipakni chuvab olish kerak. 
Ipak iplar qimmatbaxo xom ashyo bo‘lib u ajoyib xossalarga ega: ular pishiq bir 
tekis, qayishqoq va ko‘rkam bo‘ladi». Ulardan to‘qimachilik iplari olish uchun bir 
nechta pilladan chiqqan yakka iplar qo‘shilib kalavalarga o‘raladi. Biroq pillalarda 


ipakni to‘liq tortib olib bo‘lmaydi. Pillalarda qolgan ipaklar va tabiiy ipakni qayta 
ishlashdagi chiqindilarda yigiruv korxonalarida yigirilgan ipak ipi olinadi. 
Sun’iy va sintetik tolalarini barcha turlari to‘qimachilik korxonalariga shtapel 
(ma’lum uzunlikdagi kalta tolalar) ko‘rinishida yoki bir-nechta yakka ipni burab xosil 
qilingan uzluksiz kopmleks iplar ko‘rinishida keltiriladi. 
Sun’iy tolalar tabiiy xom ashyo-yogoch sellyulozasi, paxta momig‘i va paxta 
chiqindilarini qayta ishlab olinadi. Bu tolalarni ichida keng tarqalgani viskoza tolasi 
bo‘lib, sanoatda 36-40 mm. uzunlikdagi shtapel ko‘rinishida tayyorlanadi. Viskoza 
tolalari bir tekis, ularni qayta ishlash oson, yaxshi bo‘yaladi, uncha qimmat emas, lekin, 
ayniqsa, xo‘llanganda pishiqligi kamayadi. 
To‘qimachilik korxonalarida sun’iy tolalar, asetat, triasetat tolalari xam 
ishlatiladi. Barcha sun’iy tolalar yuqori molekulyar organik birikmalar xisoblanadi. 
Sintetik tolalar neft, toshko‘mir va tabiiy gazni qayta ishlash maxsulotlarini 
sintez qilib olinadi. 
To‘qimachilik tolalarini asosiy xususiyatlari 
4.1-jadval. 
Ko‘rsat-
kichlar 
O‘lcho
v bir-
ligi 
Paxta 
tolasi 
Zig‘ir (lub) 
Jun 
Tabii
y ipak 
Kimyoviy 
tolalar 
o‘rta 
tola 
-li 
Ingichk
a tolali 
Texni
k tola 
Elemen
-tar tola 
In-
gich
-ka 
Da-
g‘al 
sun’iy 
tolala

Sinte-
tik 
tolala

Tola 
uzunligi 
Mm 
28-
35 
35-45 
150-
1200 
1-60 
30-
120 
120-
150 
500-
900 
CHeki yo‘q 
CHiziqiy 
zichligi 
Teks 
0,16
-
0,22 
0,12-
0,16 
0,05-
0,05 
0,16-
0,33 
0,33
-
0,66 
0,66
-3,3 
0,16
-5,5 
0,1gacha 
va kichik 
Nisbiy 
pishiqligi 
Sn/teks 
22-
23 
29-38 
35-45 
40-65 
10-
16 
8-12 
22-
35 
18-
30 
40-55 
Uzishdagi 
uzayishi 

4-7 
5-8 
1-3 
1-3 
20-
40 
15-
35 
14-
18 
15-
25 
18-25 
Olinadiga
n ip 
chiziqiy 
zichligi 
Teks 
12-
125 
3-12 
12,5-
1000 
70-
1000 
10-
100 
50-
100

2-
16,5 
2-25 
2-25 
Sintetik tolalar ichida poliamid birikma - kapron eng keng tarqalgan. Bu tola 
juda pishiq, uni xar xil chiziqiy zichlikda tayyorlash mumkin, nam xolatda pishiqligi 
deyarli o‘zgarmaydi. Kapron tolasi sof xolda xam boshqa tabiiy tolalar bilan 
aralashtirib ishlatiladi. 
Lavsan tolasi yuqori molekulyar poliefir birikma xisoblanadi va asosan shtapel, 
ba’zan ip ko‘rinishida ishlab chiqariladi. Keyingi vaqtlarda shtapel tolasi - lavsan 
ko‘pincha tabiiy yoki kimyoviy tolalarga aralashtirilib ishlatilmokda. Natijada ulardan 
to‘qilgan gazlama uncha g‘ijimlanmaydi, pishiqlashadi va ko‘rkamlashadi. 
Nitron tolasi poliakrilonitril birikma bo‘lib, asosan tabiiy tolalarga 
aralashtirilgan shtapel ko‘rinishida ishlatiladi. Nitron kapron va lavsanga qaraganda 
uncha yirik emas, lekin tukli bo‘ladi. Bu xossasi uni jun tolasi bilan aralashtirilgan 
xolda ishlatilishini taqozo etadi. Sof nitron tolalari asosan texnik gazlamalar to‘qish 
uchun ishlatiladi. 


Ip gazlamalar ishlab chiqarishda sintetik xlorin tolasi va sun’iy tolalar - yuqori 
modulli viskoza va polinoz tolalar xam ishlatiladi. 
Ular viskoza tolalarining modifikasiyasi xisoblanadi. 

Download 332.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling