Paxtani dastlabki ishlash
G‘o‘zani ekib yetkazadigan fermer xo‘jaliklar, shirkatlar paxta xosili kontraktatsiya
shartnomasiga binoan davlat paxta tozalash zavodiga qarashli paxta tayyorlash punktiga
sotiladi. Paxta tayyorlash punktlari zavodga nisbatan joylashishiga qarab, zavod
qoshidagi yoki zavoddan tashqaridagi punktlarga bo‘linadi.
Paxta tayyorlash punktlari har mavsumda paxtani qabul qilish hajmiga qarab yirik,
o‘rtacha va mayda quvvatli bo‘lib guruxlarga ajratiladi.
Xar yilgi paxta tayyorlash davlat rejasini boshqarish uchun, dalalardan keltirilgan
paxtani o‘z vaqtida qabul qilib olish, markazlashgan usulda quritish-tozalash, yaxshi
saqlash uchun paxta tayyorlash punktlari, (paxta tozalash zavodlari) quyidagi talablarini
bajarishlari kerak:
- paxta ekadigan shirkatlar, xo‘jaliklari bilan har yili hamma hosilni davlatga
sotish uchun kontrakatsion shartnoma tuzishi va uning bajalishini tekshirish;
- qo‘lda va mashinada terilgan paxtaning sifatini qanday qilib saklash va
navlarga to‘g‘ri ajratish haqida tushuntirish o‘tkazish;
- paxtani qabul qilishda davlat standartida belgilangan qoida va normalarga qat
iy rioya qilish;
- quritish-tozalash sexining to‘xtovsiz va unumli ishlashini ta’minlash.
Uch qismlik (zona) tayyorlash punktlarining kirish darvozasi yoniga joylashgan
sifatini aniqlab, laboratoriya uchun namuna oladi; 2-qismda paxta tarozida tortilib,
massasi aniqlanadi, etalon asosida paxtaning sanoat navi ham aniqlanadi va katta
klassifikator qabul qilish xujjatini yozib beradi; 3-qismda qabul qilingan paxta partiyaga
qarab o‘hiq yoki yopiq omborlarga joylashtiriladi va klassifikator tomonidan qayta
sifati tekshiriladi.
Paxtani qabul qilish ikki qismlik sistemada bajarilsa, katta klassifikator
1-qismda turib paxtaning sifatini tekshiradi va tarozida tortadi. Agar paxtaning sifati
standart talabiga javob bermasa 1-qismdan nariga o‘tkazilmaydi va quritish — tozalash
uchun qaytariladi.
Paxta tayyorlash punktining laboratoriyasi qabul qilingan paxtaning har bir
Do'stlaringiz bilan baham: |