2-Mavzu; Turli jabxalarda psixologik xizmatning o’ziga xosligi. Reja
Download 17.82 Kb.
|
2-maruza
2-Mavzu; Turli jabxalarda psixologik xizmatning o’ziga xosligi. Reja 1.Turli jabxalarda psixologik xizmatning o’ziga xosligi: 2.Psixologik xizmatning mazmuni 3. Psixologik xizmat to`g`risida Nizom. Psixologik xizmat MTT ta’limining zaruriy tarkibiy qismidir. Bu xizmatning zaruriyligi bolalar extiyojlaridan kelib chiqadi. har bir bolada xayotga ijobiy munosabat va individual xususiyatlarning taraqqiyotini ta’minlaganligini psixologik xizmat to’g’ri tashkil etilgan deyish mumkin. Psixolog o`zining inson xulq atvori va psixik faoliyati, psixik taraqqiyotning yosh qonuniyatlari xaqidagi kasbiy bilimlariga, ularning o’quvchilar va kattalar, tengdoshlari bilan o`zaro munosabat xususiyatlariga, o`quv – tarbiya jarayonini tashkil etishga bog’liqligiga tayanib, bolaga individual yondashuv imkoniyatlarini ta’minlaydi, uning qobiliyatlarini aniqlaydi, normadan chetlashishlarning bo’lishi mumkin bo’lgan sabablarini psixologik-pedagogik korreksiya qilish yo`llarini aniqlaydi. Bu bilan psixologik xizmat bog`chada o’quv tarbiya ishining maxsuldorligini oshirishga, ijodiy faol shaxsni shakllantirishga imkon beradi. Psixologik xizmat uch asosiy bo`g’indan tuzilgan: 1) Aniq o`quv muammosida ishlaydigan bolalar amaliy psixologi, 2) Tuman bo`limi qoshidagi tashxis markazi. 3) Respublika kasb-xunarga yo`naltirish va psixologik-pedagogik tashxis markazi. Psixologik xizmat xodimlari barcha muammolarni xal qilishda bolani xar tomonlama va garmonik rivojlanish vazifalariga va uning ishlariga tayanadilar. Amaliyotchi psixolog o’z faoliyatini pedagogik jamoa va ota-onalar bilan yaqin aloqada amalga oshiradilar. Psixologik xizmat o’z faoliyatida tibbiy, defektologik va boshqa xizmat turlari bilan, bola tarbiyasida yordam ko’rsatuvchi jamoachilik xodimlari bilan yaqin aloqada ish olib boradi. Barcha mutaxassislar bilan munosabat tenglik asosida va fikrlarning bir-birini o’zaro to’ldirishi asosida quriladi. Psixologik xizmatning maqsadi-shaxsning xar tomonlama garmonik kamoloti, to’laqonli psixologik taraqqiyotni ta’minlovchi qulay shart-sharoitlar yaratishdan iboratdir. Psixologik xizmatda tadqiqot va ta’sir o’tkazish obyekti maktabgacha yoshdagi tarbiyalanuvchilar, o’quvchilar, maxsus o’quv yurti va oliy maktab, kollej talabalari, o’quvchilar, ota-onalar bo’lib xisoblanadi, ularni aloxida yoki guruxiy shaklda tadqiq qilish mumkin. Psixologik xizmatning mazmuni: a)psixoprofilaktika, b) psixologik maorif va ma’rifat, v) psixodiagnostika, g) psixik rivojlanitirish va psixokorreksiya, d) psixologik konsultasiya. Psixologik xizmat xaqida Nizom 1996 yil Xalq ta’limi Vaziri J.G. Yo’ldoshev tomonidan tasdiqlangan. 2001 yilda bu Nizomga o’zgartirish kiritildi. Psixologik xizmat metodlari turli tuman bo’lishi mumkin: a) ta`lim tizimidagi, mtt, o’rta maxsus kasb-xunar ta’limi xodimlari, o’quvchilar, talabalar bilan ma’ruzalar turkumi va trenning mashg’ulotlari o’tkazish va axolining psixologik madaniyatini o’stirish maqsadida, b) ilmiy ommabop adabiyotlarni yaratish va ularni tarqatish, v) ommaviy axborot vositalarida chiqishlar uyushtirish, g) psixodiagnostik tadqiqotlar o’tkazish, metodikalar ishlab chiqish test savol varaqasi, tajriba, kuzatish, suxbat va boshqalar, d) psixologik maslaxat berish, ye) psixologik konsiliumlar o’tkazish, j) ta’lim va tarbiya beruvchi dasturlardan foydalanib psixodrama, psixokorreksion treninglarni amalga oshirish, z) psixologik tadqiqot obyektining psixologik xususiyatlarini xisobga olgan xolda o’quv dasturi, o’quv tarbiya rejalarini taxlil qilish va xakozolar. Psixologik xizmat xaqida Nizom 6 bo’limdan iborat. Ular: Umumiy qoidalar. Psixoprofilaktik ishlar. Psixodjiagnostik ishlar Rivojlantiruvchi va korreksion ishlar. Psixologning maslaxat berish ishlari. Psixologik xizmat xodimlarning mas’uliyati aks etgan. Umumiy qoidalar quyidagi bandlarni o’z ichiga olgan. Psixologik xizmat xalq ta’limi va oliy o’rta maxsus ta’lim tizimining muxim tarkibiy qismi xisoblanadi. Psixologik xizmat mutaxassislari barcha muammolarni xal qilishda har qaysi shaxsning pedagog, o’quvchi, talaba, ota-ona manfaati va uning xar tomonlama garmonik rivojlanishidan kelib chiqqan xolda yondoshadi. Psixologik xizmat mutaxassislari o`z faoliyatilarini tibbiyot xodimlari, defektologik xizmat, muxofaza qilish tashkilotlari, muayyan komissiyalar, balogatga yetmagan o`smirlar inspeksiyasi, ota-onalar qo`mitasi, ishlab chiqarish, jamoasi, jamoatchilik bilan uzviy aloqada amalga oshiradilar. Amaliyotchi psixologlar o’qituvchiga berilgan barcha imtiyozlardan foydalanish xuquqiga ega. Ularning mexnat ta’tili muddati barcha o’qituvchilar bilan barobardir. Bolalar soni 500 gacha bo’lgan muassasalar 1 shtat birligi psixolog ishlashi zarur. Kasb hunar kollejlarida o’quvchilar soni 250 ta bo’lsa, 1 shtat birligi psixolog ishlashi zarur. Bogchalarda xar 2 bogchada 1 psixolog ishlashi maqsadga muvofiq. Oliy va o’rta maxsus, xalq ta’limi tizimidagi, maktabgacha ta`lim psixologlarning faoliyati, psixologik maslaxat va muammolaning ijtimoiy-psixologik faol usullari, psixokorreksion, psixodiagnostika, ijtimoiy, pedagogik, bolalar psixologiyasi soxalari bo`yicha umum psixologik tayyorgarlik olgan, psixologik ixtisosga ega bo’lgan mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. Download 17.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling